Jizzax davlat pedagogika instituti jizzax politexnika instituti qoshidagi akademik


Ilm-fan yutuqlari qadriyat sifatida


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/22
Sana05.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#202999
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
Bog'liq
3380-Текст статьи-15061-1-10-20201031

Ilm-fan yutuqlari qadriyat sifatida. Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan 

yaratilgan  eng  qadimgi  toshyozuv  va  bitiklar,  xalq  og’zaki  ijodi  namunalaridan 

tortib,  bugungi  kunda  kutubxonalarimiz  xazinasida  saqlanayotgan  ming-minglab 

qo’lyozmalar,  ularda  mujassamlashgan  tarix,  adabiyot,  san’at,  siyosat,  axloq, 

falsafa,  tibbiyot,  matematika,  mineralogiya,  kimyo,  astronomiya,  me’morlik, 

dehqonchilik va boshqa sohalarga oid qimmatbaho asarlar bizning buyuk ma’naviy 

qadriyatlarimizdir. 

 

Bu murakkab dunyoning azaliy va abadiy muammolari, shu bilan birga, har 



bir  davrning  dolzarb  masalalariga  har  tomonlama  asosli  ilmiy  javoblar  topilgan 

taqdirdagina  ma’naviyat  olami  yangi  ma’no-mazmun  bilan  boyib  boradi. 

Boshqacha aytganda, har bir ilmiy yangilik, yaratilgan kashfiyot - bu yangicha fikr 

va  dunyoqarashga  turtki  beradi,  ma’naviyatning  shakllanishiga  o’ziga  xos  ta’sir 

o’tkazadi. 

 

O’zbekistonda  fan  tarixi  juda  qadim  zamonlarga  borib  taqaladi,  u  chuqur 



ildizga ega. O’rta Osiyo, xususan, O’zbekiston hududida olib borilgan arxeologik 

qazishlar  va  tadqiqotlar  bu  zaminda  odamlar  juda  qadimdan  yashaganligini  va 

ularda dastlabki empirik bilimlar shakllana boshlaganligini ko’rsatadi. Amudaryo, 

Sirdaryo  va  Zarafshon  daryolari  sohillari  o’troq  dehqonchilik  qilishga,  sug’orish 

inshootlari  qurishga  imkon  bergan.  Aholi  don  ekinlari  va  paxta  ekkan,  ovchilik 

 

1



 

Karimov I.A.O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida, T.. “O’zbekiston, 1993, 7-b. 

 



 

12 


qilgan,  turli-tuman  kasb-hunar:  yigiruvchilik,  to’quvchilik,  kulolchilik  bilan 

shug’ullangan,  ma’danlar  qazib,  metall  eritishni  o’rgangan,  zargarlik  bilan 

shug’ullana  boshlagan.  O’troq  hayot  odamlarni  boshpana  va  boshqa  inshootlar 

qurishga majbur qilgan, yo’llar qurilgan. Fasllarning o’zgarishi, kechaning kunduz 

bilan  almashinishi,  osmon  yoritqichlarining  sirli  harakatlari  kishilarni  vaqtni 

hisoblashga,  sanoq  bilan  shug’ullanishga,  yulduzlarning  harakat  qonuniyatlarini 

o’rganishga  undagan.  Turli  tabiiy  hodisalar  odamlarni  ularga  qarshi  kurashish 

choralarini izlab topishga majbur qilgan. Shu tariqa asta-sekin tafakkur kurtaklari 

paydo  bo’la  boshlagan,  ular  jamlashtirilib,  yozma  yodgorliklar  yaratilgan  (mas., 

Avesto  va  b.).  Astronomiya,  matematika,  tibbiyot,  me’morlik  asoslari  paydo 

bo’lgan.  O’rta  Osiyodan  insoniyat tamadduni  taraqqiyotiga  ulkan  hissa  qo’shgan 

ensiklopedist  olimlar,  mutafakkirlar  (Muhammad  Xorazmiy,  Ahmad  Farg’oniy, 

Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino va b.) yetishib chiqqan. 

 

IX-XI  asrlarda  O’rta  Osiyo  Sharqning  ilmiy  va  madaniy  markazlaridan 



biriga  aylandi.  Sharq  mamlakatlarida  akademiya  tarzidagi  muassasa  va 

jamiyatlar  tashkil  qilindi.  Masalan,  Xorun  Rashid  hukmronligi  davrida  (786—

809)    «Bayt  ul-Hikmat»  («Bilim  uyi»)ga  asos  solindi,  xalifa  Ma’mun  davrida 

(813-  833)  «Bayt  ul-Hikmat»ning  faoliyati  yanada  rivojlandi.  O’rtaosiyolik 

buyuk  olimlar  Muhammad  Xorazmiy,  Ahmad  Farg’oniy,  Abbos  ibn  Said 

Javhariy,  Ahmad  ibn  Abdulloh  Marvaziy  va  boshqalar  tadqiqotlarini  shu 

akademiyada olib borganlar. 

 

XI  asrda  Xorazm  poytaxti  Urganch  obod    va  madaniy  shahar  edi. 



Xorazmshoh  Abdulabbos  ibn  Ma’mun  bilimli  hukmdor  bo’lib,  olim,  shoir, 

san’atkor,  naqqosh  va  musavvirlarga  homiylik  qilar  edi.  Urganchda 

xorazmshohlar  saroyida  buyuk  mutafakkirlar  Ibn  Sino  va  Beruniydan  tashqari, 

tarixchi  Ibn  Miskavayh,  matematik  Abu  Nasr  Iroq,  faylasuf  Abu  Sahl  Masihiy, 

tabib Ibn Hammor va boshqalar to’plangan edi. Urganchda «Bilim uyi» - Ma’mun 

akademiyasi  tashkil  etilib,  u  yerda  Xorazmshoh  Ma’mun  homiyligida  falsafa 

riyoziyot va tib ilmlariga oid masalalar muhokama qilinar edi. 

 

Yana  bir  ulug’  ajdodimiz  -  Ahmad  Farg’oniy  insoniyat  tarixidagi  ilk 



Uyg’onish  davrining  eng  zabardast  va  kuchli  namoyandasi,  o’z  zamonasining 

fundamental  fan  asoschilaridan  biri  sifatida  bashariyat  dunyoqarashi  va 

ma’naviyatining  rivojlanishiga  beqiyos  ta’sir  ko’rsatdi.  Uning  bebaho  merosi  o’z 

davri  olimlari  uchun  dasturilamal  bo’lib  xizmat  qilgani  tarixiy  manbalar  orqali 

yaxshi ma’lum. Allomaning «Astronomiya asoslari haqida kitob» nomli asari o’n 

ikkinchi asrdayoq lotin va ivrit tillariga tarjima etilgani ham bu fikrning dalilidir. 

 

Yevropada Al-Fraganus nomi bilan mashhur bo’lgan bu allomaning ilm-fan 



rivojidagi  nufuzi  shu  qadar  yuksak  ediki,  uning  ismi  sharifi  yer  kurrasidagina 

emas,  balki  samoda  ham  shuhrat  topdi.  O’n  oltinchi  asrda  Oydagi  kraterlardan 

biriga  uning  nomi  berilgani  bu  fikrni  isbotlaydi.  Atoqli  astronom  Yan  Geveliy 

tomonidan 1647 yili nashr qilingan «Selenografiya» kitobida Oydagi kraterlardan 

ikkitasi  ikki  buyuk  vatandoshimiz  -  Ahmad  Farg’oniy  va  Mirzo  Ulug’bek  nomi 

bilan ataladi. 

 

Milliy  tariximizning  yana  bir  yorqin  yulduzi  Abu  Rayhon  Beruniy 



faoliyatiga  haqqoniy  baho  berar  ekan,  amerikalik  fan  tarixchisi  Sarton  XI  asrni 

«Beruniy  asri»  deb  ta’riflaydi.  Bunday  yuksak  va  haqli  baho  avvalo  qomusiy 




 

13 


tafakkur sohibi bo’lmish buyuk vatandoshimizning ilm-fan taraqqiyotiga qo’shgan 

beqiyos  hissasi  bilan  izohlanadi.  Shu  o’rinda  ta’kidlash  joizki,  Beruniy  ilmiy 

masalalarda  ham,  tarixiy  voqea-hodisalarga,  o’z  zamondoshlariga  baho  berishda 

ham o’ta xolislik va haqqoniylik bilan fikr yuritgan. Shu bois ham u hayotda ko’p 

aziyatlar  chekkan,  hatto  umrining  oxirida  turmush  qiyinchiliklariga  duchor 

bo’lgan,  ammo  har  qanday  og’ir  sharoitga  qaramasdan,  e’tiqodidan  qaytmagani 

uning o’z ma’naviy ideallariga naqadar sodiq bo’lganidan dalolat beradi. 

 

Ana shunday noyob fazilatlar sohibi bo’lmish mashhur alloma Ibn Sinoning 



«Tib qonunlari» asari necha asrlar davomida Yevropaning eng nufuzli oliy o’quv 

yurtlarida  asosiy  tibbiyot  darsliklaridan  biri  sifatida  o’qitib  kelingani,  dunyo 

miqyosida  «Meditsina»,  «Sog’lom  turmush  tarzi»  degan  tushunchalarning 

fundamental asosi bo’lib xizmat qilgani, albatta, chuqur hayotiy va ilmiy zaminga 

ega.  Aniqroq  qilib  aytganda,  bu  benazir  allomaning  butun  ilmiy  faoliyati  dunyo 

taraqqiyotini insonparvarlik ruhida, ya’ni, ma’naviy negizda rivojlantirishga ulkan 

ta’sir o’tkazdi, deb aytishga barcha asoslar bor. 

 

Yoki  o’rta  asrlarda  Xorazm  diyoridan  olis  Arabistonga  borib,  arab  tili 



grammatikasini  mukammal  tarzda  ishlab  chiqqan,  ilm-fanning  ko’plab  boshqa 

sohalarida  ham  shuhrat  qozongan  Mahmud  Zamahshariy  bobomizni  esga  olaylik. 

O’zining  jismoniy  nogironligiga  qaramay,  dunyoning  ko’plab  mamlakatlariga 

mashaqqatli  safarlar  qilgan,  teran  bilimi  va  ilmiy  salohiyati  bilan  butun  islom 

olamini  lol  qoldirgan  bu  zot,  hech  shubhasiz,  xalqimiz  uchun  ma’naviy  yetuklik 

timsoli bo’lib qolaveradi. 

 

Agarki mana shu muqaddas zaminimizda tavallud topib, voyaga yetgan, o’z 



hayoti  va  faoliyati  bilan  nafaqat  tarixda,  ayni  vaqtda  bashariyatning  bugungi 

taraqqiyot  sahifalarida  ham  o’chmas  iz  qoldirgan  buyuk  mutafakkir  va 

allomalarimiz,  aziz-avliyolarimizni  ta’riflashda  davom  etadigan  bo’lsak, 

o’ylaymanki, bu borada uzoq gapirish mumkin. 

 

Bizning  o’z  oldimizga  qo’ygan  maqsadimiz  esa,  bunday  ulug’  zotlarning 



hayot yo’li va qoldirgan merosini to’liq tasvirlash emas, balki ularning eng buyuk 

namoyandalari  timsolida  ma’rifat,  ilmu  fan,  madaniyat,  din  kabi  sohalarning 

barchasini  o’zida  uyg’unlashtirgan  xalqimizning  ma’naviy  olami  naqadar  boy  va 

rang-barang  ekanini  isbotlab  berishdan  iboratdir.  Bunday  noyob  va  bebaho 

boylikni  har  tomonlama  chuqur  o’rganish,  uning  ma’no-mazmunini 

farzandlarimizga yetkazish masalasi barchamiz, birinchi galda, ziyolilarimiz, butun 

jamoatchiligimiz uchun ham qarz, ham farz bo’lishi shart, deb hisoblayman. Nega 

deganda, o’zimiz - bugun shu yurtda yashayotgan vatanparvar insonlar bu vazifani 

o’z  zimmamizga  olmasak,  chetdan  kelib  hech  kim  hech  qachon  bu  ishni  qilib 

bermaydi. 

 

Shu  o’rinda  buyuk  bobolarimizning  ma’naviy  olami  xususida  fikr 



yuritganda,  Sohibqiron  Amir  Temur  haqida  alohida  to’xtalishimiz  tabiiydir. 

Chunki tengsiz azmu shijoat, mardlik va donishmandlik ramzi bo’lgan bu mumtoz 

siymo  buyuk  saltanat  barpo  etib,  davlatchilik  borasida  o’zidan  ham  amaliy,  ham 

nazariy  meros  qoldirdi,  ilmu  fan,  madaniyat,  bunyodkorlik,  din  va  ma’naviyat 

rivojiga keng yo’l ochdi. 

 

Sharqda,  shu  jumladan,  O’rta  Osiyoda  ilmiy  ishlarni  akademiya  shaklida 



tashkil  etish  an’anaga  aylandi.  Urganchdagi  kabi  akademiyalar  Marv,  Buxoro, 


 

14 


Xo’jand  va  boshqa  shaharlarda  ham  barpo  qilingan.  XV  asrda  Mirzo  Ulug’bek 

Samarqandda  akademiya  tashkil  qildi.  Uning  qoshida  yaxshi  jihozlangan 

rasadxona,  boy  kutubxona  va  oliy  o’quv  yurti  —  madrasa  bor  edi.  Madrasada 

diniy fanlar bilan bir qatorda dunyoviy fanlar — riyoziyot (matematika), handasa 

(geom.),  ilmi  hay’at  (astronomiya),  tibbiyot,  surat  al-ard  (geografiya)  kabi  fanlar 

o’qitilardi.  Ulug’bek  akademiyasida  mashhur  olimlar  Qozizoda  Rumiy, 

G’iyosiddin  Jamshid  Koshiy  va  Ali  Qushchi  xizmat  qilishgan.  Bu  akademiyada 

turli  fan  sohalari  bo’yicha  ilmiy  ishlar  olib  borilgan.  Ulug’bekning  Samarqand 

akademiyasi, ayniqsa, riyoziyot va ilmi hay’at taraqqiyotiga katta hissa qo’shdi. 

 

Buyuk  muhaddis,  islomshunos  olim  Imom  Buxoriy  (810—870)ning  hadis 



ilmiga  oid  asarlari  ahamiyati  beqiyosdir.  Uning  «Al-Jomi’  as-sahih»  asari  butun 

dunyo  musulmonlari  tomonidan  e’tirof  etilgan  Islom  manbaidir.  Bu  davrda  yirik 

muhaddis olim Imom Termiziy  (824—892) hadis ilmiga oid «Al-Jomi’ as-Sahih» 

(«Ishonarli  to’plam»;  ilmiy  manbalarda  «Sahihi  Termiziy»),  “Ash-Shamoil  an-

nabaviya»  yoki  «Ash-shamoyil  an-nabiy  sallolohu  alayhi  va  sallam” 

(«Payg’ambar  alayhissalomning  shakl  va  sifatlari»),  «Risola  fil-xilof  val-jadal» 

(«Hadislardagi ixtilof va bahslar haqida risola»), «at-Tarix» («Tarix»), «Kitob uz-

zuhd»  (  “Zohidlik  kitobi»),  «Kitob  ul-asmo    val-kuno»  («Ismlar  va  kunyalar 

kitobi”) kabi asarlarini yaratdi va hadis taraqqiyotiga munosib hissa qo’shdi.            

 

Fiqh olimi, kalom ilmining moturidiylik oqimi asoschisi, imom Abu Mansur 



Moturidiy  (870—944)  esa,  o’zining“Kitob  at-tavhid»  («Yakkaxudolik  haqidagi 

kitob»), «Ta’vilot ahl as-sunna”( “ Sunniylik an’analari sharhi») asarlarini yozdi. 

«Kitob 

at-tavhid» 

bilish 

nazariyasi 

bayon 

qilingan 



musulmon 

ilohiyotshunosligining  birinchi  asari  hisoblanadi.  Moturidiy  ilohiyotchi  sifatida 

muhim  aqidaviy  masalalar  —  juz’iy  ixtiyor,  e’tiqod,  oxirat  hayoti  kabilarni 

qamrab oluvchi “Ma’xaz ash-shari’a» («Shariat asoslari”), “Kitob al-usul» («Diniy 

ta’limot  asoslari  kitobi»),  «Kitob  al-jadal”  (“Dialektika  haqidagi  kitob») 

risolalarini  bitdi.  Moturidiy  Abu  Hanifa  qarashlarini  tushuntirib  berib,  uni 

rivojlantirdi.  Abul  Hasan  al-Ash’ariy  (873-935)  ishlab  chiqqan  islom  aqidasi 

asoslarini  takomillashtirib,  uni  sunniylik  e’tiqodiga  kirib  qolgan  noto’g’ri,  g’ayri 

sahih aqidalardan tozaladi. Moturidiy qarashlari o’z davrida  mintaqaning madaniy 

va ilmiy ravnaqiga sabab bo’lgan. 

 

IX-XV  asrlarda  aniq  va  tabiiy  fanlar  sohalari(matematika,  astronomiya, 



geodeziya,  mineralogiya,  tibbiyot,  botanika  va  boshqalar)dagi  ishlar  ancha 

taraqqiy  etdi.  Platon,  Aristotel,  Gippokrat,  Galen,  Arximed,  Ptolemey,  Evklid  va 

boshqalarning  asarlari  arabchaga  tarjima  qilindi.  Muhammad  Xorazmiy,  Ahmad 

Farg’oniy,  Abu  Nasr  Forobiy,  Abu  Rayhon  Beruniy,  Mahmud  Koshg’ariy,  Abu 

Ali  ibn  Sino,  Qozizoda  Rumiy,  Jamshid  Koshiy,  Ulug’bek,  Ali  Qushchi  va 

boshqalarning  asarlari  ancha  keyingi  davrlarda  boshqa  mamlakatlarning  olimlari 

amalga  oshirgan  ilmiy  ishlarning  natijalaridan  ham  ustunlik  qilardi.  XI  asrda 

turkshunoslik  ilmining  asoschisi,  filolog  olim,  etnograf  Mahmud  Koshg’ariy 

o’zining mashhur «Devoni lug’otit turk» («Turkiy so’zlar devoni») asarini yaratdi 

va  bu  asar o’z  muallifini  dunyoga  ulug’  adabiyotchi,  tarixchi, geograf  va  boshqa 

ko’p  fanlardan  yaxshi  xabardor  bo’lgan  yirik  fan  arbobi,  qomusiy  olim  sifatida 

tanitdi.  Ushbu  asarda  olim  turkiy  qabila  va  urug’lar  (xalqlar)  tillaridagi  so’zlar 

ma’nosini  arab  tilida  izohlab  berdi.  Asarga  o’zi  tuzgan  va  mamlakat,  shahar, 



 

15 


qishloq,  tog’,  cho’l,  dengiz,  ko’l,  daryo  kabilarning  nomlari  yozilgan  dunyo 

xaritasini ilova qildi. 

 

Hozirgi  zamon  matematikasi,  astronomiyasi  va  geografiyasini  Muhammad 



Xorazmiy  (783—  850)siz  tasavvur  etish  qiyin.  U  algebra  faniga  asos  soldi.  XII 

asrda  Xorazmiy  asarlari  Yevropa  mamlakatlarida  algebra  bo’yicha  asosiy 

qo’llanma bo’lib xizmat qildi. 

 

Xuddi  shu  davrda  astronom,  matematik,  geograf  Ahmad  Farg’oniy  (taxm. 



797—865) o’zining asosiy astronomik asari — «Kitob al-harakat as-samoviya va 

javomi’  ilm  an-nujum»  («Samoviy  harakatlar  va  umumiy  ilmi  nujum  kitobi»)ni 

yaratdi.  Bu  asar  unga  olamshumul  shon-shuhrat  keltirdi  va  astronomiyaning 

rivojlanishiga  katta  ta’sir  ko’rsatdi.  Farg’oniy  Yevropada  Alfraganus  nomi  bilan 

mashhur bo’lgan. 

 

Taraqqiyparvar faylasuf, ensiklopedist-olim, sharq aristotelchiligining asosiy 



vakillaridan  biri,  160  dan  ortiq  asarlar  muallifi  Abu  Nasr  Forobiy  (873-950) 

Aristotel  ta’limotiga  tayanib,  ontologiya,  gnoseologiya,  mantiq  masalalari  va 

ijtimoiy  bilimlarni  o’z  ichiga  olgan  yagona  falsafiy  tizimni  yaratdi.  Aristotel 

asarlarini  sharhlab  berganligi  uchun  Forobiy  «Ikkinchi  muallim»  (Aristoteldan 

keyin), «Sharq Arastusi» deb atalgan. 

 

Xorazmlik mashhur olim Abu Nasr ibn Iroq Mansur (? - 1036) falakiyot va 



riyoziyotga  oid  bir  qancha  asarlar  yozgan.  Shulardan  12  tasini  shogirdi  Abu 

Rayhon Beruniyga bag’ishlagan. Beruniy ham ustozining ismini hamma vaqg zo’r 

hurmat bilan tilga olgan. Abu Nasr ibn Iroq Mansur o’z davrida «Batlimusi soniy» 

(«Ikkinchi Ptolemey») degan faxriy nom olgan. 

 

Bu davrda somoniylar amiri Nuh ibn Mansur saroyida xizmat qilgan tarixchi 



Abu  Abdulloh  Muhammad  Xorazmiy  (10-asr)  somoniylar  vaziri  Utbiyga  atab 

qomusiy asar — «Mafotih al-ulum» («Ilmlar kaliti»)ni yozgan. Asarda arab tilida 

ko’p  ishlatiladigan  atamalarning  izohlari  berilgan.  Bu  asar  muhim  tarixiy 

ahamiyatga ega bo’lgan. 

 

Mutafakkir olim  Abu  Rayhon  Beruniy  (973—1048)  O’rta  Sharqda  birinchi 



bo’lib  Yerning  Kuyosh  atrofida  aylanishi  to’g’risidagi  fikrni  aytdi.  Geologiya, 

geodeziya,  astronomiya,  matematika,  mineralogiya,  farmakognoziya  bo’yicha 

muhim  tadqiqotlari  bilan  mashhur  Beruniy  10-asrda  Xorazmda  tashkil  etilgan 

«Ma’mun akademiyasi» faoliyatida muhim rol o’ynagan.  Bu yerda u o’z atrofiga 

o’sha  zamonning  yi  rik olimlarini  to’plab,  ular bilan  birga  ilmiy kuzatishlar  olib 

bordi. 


 

Olim, tabib, faylasuf, musiqashunos Abu Ali ibn Sino (980-1037) tamaddun 

tarixida  chuqur  iz  qoldirdi.  Falsafada  arab  aristotelchiligi  an’analarini  davom 

ettirdi.  Uning  asarlari  Sharq  va  G’arbda  nihoyatda  mashhur  bo’lgan.  Uning  ko’p 

jildli «Tib qonunlari» kitobi ko’p asrlar davomida butun dunyodagi vrachlar uchun 

asosiy  dastur  bo’lib  kelgan,  uning  lotinchadagi  «Avisenna»  nomi  donishmand 

shifokor ramzi sifatida zikr etiladi. 

 

Buyuk  faqih,  imom  Burhoniddin  Marg’inoniy  (1123—1197)  fiqh 



bo’yichabir qancha asar, jumladan «Bidoyat ul- mubtadi’» («Boshlovchilar uchun 

qo’llanma»),  «Kitob  al-Hidoya»  (qisqacha  nomi  «Hidoya»  —  «To’g’ri  yo’l») 

asarlarini yaratdi. U o’z asarlarida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, mulkchilikning 

turli shakllari, moliyaviy faoliyat, jinoyat va jazoning huquqiy asoslarini, fuqarolik 




 

16 


huquqi nazariyasi va amaliyoti, qozilik muassasalari tarkibi, tartibi va jinoiy ishni 

ko’rish masalalarini batafsil yoritib berdi. 

 

Matematik  va  astronom  Qozizoda  Rumiy  (Salohiddin  Muso  ibn 



Muhammad,  taxm. 1360—1437)  Mirzo  Ulug’bekning  ustozi  edi.  Ulug’bek  ilmiy 

maktabining  yaratilishida  uning  hissasi  katta.  Rumiy  «Aflotuni  zamon»  (o’z 

davrining  Platoni)  nomini  olgan  edi.  Atoqli  matematik  va  astronom  Koshiy 

(G’iyosiddin  Jamshid  Koshiy,  taxminan  1430  yil  vafot  etgan)  birinchi  bo’lib 

matematikaga  pozision  asosda  o’nli  kasrlarni  kiritdi  va  nazariy  asosladi. 

Astronomiyaga oid risolalar yozdi. Koshiy Qozizoda Rumiy bilan birga Ulug’bek 

rasadxonasi  qurilishiga  rahbarlik  qilgan.  Mirzo  Ulug’bekdan  katta  ilmiy  va 

madaniy  meros  qolgan.  Shulardan  biri  «Ulug’bek  ziji»  («Ziji  Ko’ragoniy»)dir. 

Ulug’bek  Samarqandda  rasadxona,  madrasa  qurdirdi.  Shogirdlari  bilan  mingdan 

ortiq  yulduzlar  ro’yxatini  tuzdi.  Samarqandda  o’z  akademiyasini  tashkil  qildi. 

Olimlar  astronomiyadan  tashqari,  matematika,  falsafa,  tarix  va  boshqa  sohalarga 

doir  ilmiy  ishlar  bilan  ham  shug’ullanishgan.  Mashhur  astronom  Ali  Qushchi 

(Mavlono  Alouddin  Ali  ibn  Muhammad  Qushchi  Samarqandiy,  1403-1474) 

matematika va astronomiyaga doir risolalar yozgan. U fasllar almashinuvi Yerning 

Quyoshga  yaqinlashuvi  va  Quyosh  nuri  harorati  ta’sirining  natijasi,  deb 

hisoblagan, Oy va Quyosh tutilishini ilmiy-tabiiy jihatdan to’g’ri tushuntirgan. Ali 

Qushchining  asarlari  XVI-XVII  asrlarda  O’rta  va  Yaqin  Sharq  mamlakatlarida 

matematika  va  astronomiya  fanlari  taraqqiyotiga  ancha  ta’sir  qilgan.  Ulug’bek, 

Koshiy,  Ali  Qushchi  sonlar  nazariyasiga  muhim  hissa  qo’shdilar  va  kuzatish 

astronomiyasini yuqori pog’onaga ko’tardilar. 

 

Yuqorida  nomlari  tilga  olingan  va  boshqa  mutafakkirlarning  astronomiya, 



matematika,  falsafa,  tibbiyot,  kimyo,  musiqa,  tilshunoslik,  geodeziya, 

mineralogiya,  farmakognoziya  va  boshqa  sohalardagi  ilmiy  tadqiqotlari, 

kashfiyotlari butun dunyoda ilm-fanning yangi tarmoqlari paydo bo’lishida, ayrim 

fan sohalarining yuqori bosqichga ko’tarilishida muhim ahamiyat kasb etdi. 

 

Ulkan  davlat  arbobi,  shoir,  olim  Zahiriddin  Muhammad  Boburning 



«Boburnoma»  asari  XVI  asr  ilmiy  tafakkurining  buyuk  yodgorligi  hisoblanadi. 

Asarda Movarounnahr, Afg’oniston, Xuroson va Hindiston o’tmishi va zamonaviy 

holati,  xalqlari,  qabilalari,  ularning  tili,  madaniyati,  kasbu  hunari,  urf-odatlari, 

rasm-rusumlari,  an’anaviy  tadbirmarosimlari bayon  etilgan. Kitobda,  shuningdek, 

Farg’ona,  Andijon,  Samarqand,  Kobul,  Hirot,  Agra  kabi  yirik  shahar-

viloyatlarning  geografik-ma’muriy  tuzilishi,  madaniy  hayoti,  aholisi,  qishloq 

xo’jaligi,  daryo  va  suv  havzalari,  cho’l-adirlari,  tog’-sahrolari,  bog’u  rog’lari, 

tabiati, iqlimi, hayvonot va o’simliklar dunyosi, tabiiy boyliklari haqida mufassal 

ma’lumotlar berilgan. 

 

XVI-XVII  asrlarda  tib  ilmiga  qiziqish  kuchaydi,  tibbiy  fanlar  rivojlandi. 



Buxoro  shahrida  maxsus  shifoxona  qurildi.  Unda  ilmiy  tadqiqotlar  ham  olib 

borildi.  Bu  yerda  maxsus  tibbiy  adabiyotlar  kutubxonasi  tashkil  qilindi. 

O’zbekiston hududida xalqtabobati rivojlandi. Bu davrda ham kasb-hunar taraqqiy 

etdi,  to’qimachilik,  dehqonchilikda  yangi-yangi  usullar  qo’llandi.  To’qimachilik 

dastgohlari  yasaldi,  to’g’on  va  ko’priklar  qurildi,  binolar  qad  ko’tardi.  Bularni 

amalga  oshirish  uchun  ma’lum  bilimlar  talab  qilinardi,  albatga.  Masalan,  bino 

kurish uchun joy tanlash (uni kungay qilib qurish), bino tarhini tuzish, poydevorini 



 

17 


hisoblash,  gumbazlari  shakli  chizmasini  chizish  ishlari  astronomiya,  matematika, 

geodeziya,  chizmachilikka  oid  bilimlarni  talab  qilardi.  O’zbekistonhududida 

buning uchun o’sha davrda bilimlar negizi yetarli edi. 

    


 XVIII  asr  –XIX  asr  boshlarida  rus  sayyohlariridan  iborat  ekspedisiyalar 

tomonidan  O’zbekiston  hududini  tadqiq  qilish  boshlandi.  Bu  ekspedisiyalarning 

asosiy maqsadi Rossiya iqtisodi uchun zarur bo’lgan mahalliy moddiy boyliklarni 

o’rganish bo’lgan. XIX asrning 2-yarmida  O’rta Osiyoni Rossiya bosib olganidan 

so’ng rus olimlarining o’lka tabiati va tabiiy boyliklarini o’rganish ishlari ko’lami 

kengaytirildi.  1867  yil  Turikiston  harbiy  topografiya  bo’limi  tashkil  qilindi.  Bu 

bo’lim  o’lkaning  topografik    xaritasini  tuzish  bilan  shug’ullandi.  Bu  ishlarning 

natijasi  o’laroq  O’rta  Osiyoning  bosh  xaritasi  tuzildi.  1867  yil  Toshkentda 

meteorologiya  stansiyasi  ochildi;  bu  stansiya  o’lka  iqlimini  o’rganish  va  iqlim 

xaritasini tuzish bilan shug’ullandi. 

 

1868  yilda  Turkiston  statistika  qo’mitatasi  tashkil  qilindi.  1887  yil  1 



yanvardan viloyat statistika qo’mitalari tuzildi. 

 

O’zbekistondagi  birinchi  ilmiy  muassasa  –  Toshkent  astronomiya  va  fizik 



rasadxonasi  (hozirgi  O’zbekiston  FA  Astranomiya  instituti)  1873  yil  tashkil 

qilindi.  Bu  rasadxona  o’lkadagi  mingga  yaqin  joyning  koordinatalarini  aniqlash 

uchun  ekspedisiyalar  uyushtirdi.  Faqat  XX  asr  30-yillaiga  kelib  sof  ilmiy 

masalalar bilan shug’ullana boshladi. 

 

XIX  asrning 



2-yarmi  va  XX  asr  boshlarida  Toshkentda  quyidagi 

muassasa  va  tashkilotlar  tuzildi:  Turkiston  o’lkasi  yer  ishlari  va  davlat  mulki 

boshqarmasi  (1897)  va  uning  qoshida  gidrometrik  qism,  Turkiston  qishloq 

xo’jalik  tajriba  stansiyasi  (1897,  hozirgi  R.R.Shreder  nomidagi  Bog’dorchilik, 

uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituti), entomologiya stansiyasi. 1895 

yil  Rossiya  Geografiya  jamiyatining  Turkiston  bo’limi  tashkil  etildi.  XX  asr 

boshida Toshkent, Samarqand, Jizzax va Qo’qonda seysmik stansiyalar tuzildi. 

 

O’lkani  ilmiy  jihatdan  har  tomonlama  o’rganishga  kirishildi.  Birin-ketin 



Tabiat,  antropologiya  va  etnografiya  havaskorlari  jamiyatining  Turkiston  bo’limi 

(1870),  O’rta  Osiyo  ilmiy  jamiyati  (1870),  Farg’ona  tibbiyot  jamiyati  (1892-

1910),  Turkiston  vrachlar  jamiyati  (1899—1900),  Turkiston  tibbiyot  jamiyati 

(1900-08),  Turkiston  o’lkasi  tabiatshunoslar  va  vrachlar  jamiyati  (1908-17), 

Samarqand vrachlar jamiyati (1913—22) va boshqalar tashkil qilindi. O’rta Osiyo 

ilmiy  jamiyatining  asosiy  maqsadi  o’lka  tarixi,  geografiyasi,  etnografiyasi, 

statistikasi,  iqtisodiga  doir  ma’lumotlarni  to’plash,  ularni  o’rganish  va 

tarqatishdan  iborat  bo’lgan.  Tabiat,  antropologiya  va  etnografiya  havaskorlari 

jamiyati  Turkiston  bo’limi  o’z  tadqiqotlari  natijalarini  maxsus  to’plam  tarzida 

nashr ettirdi. 

 

O’lkada  ishlayotgan  arxeologlar  1895  yilda  Turkiston  arxeologiya 



havaskorlari to’garagiga birlashdilar. Bu to’garak shug’ullangan arxeologik ishlar, 

asosan,  yozma  manbalar  asosida  qadimgi  yodgorliklarni  tavsiflash  va 

o’rganishdan,  ayrim  arxeologik  obyektlarni  izlash  va  tiklashdan  iborat  bo’lgan; 

arxeologik  qazish  ishlari  kam  o’tkazilgan.  XIX  asr  oxiri    XX  asr  boshlarida 

Geografiya  jamiyatining  Turkiston  bo’limi  a’zolari  tomonidan  Orol  dengizi, 

muzliklar,  o’lkaning  o’simliklar  va  hayvonot  dunyosi,  seysmik  jarayonlar  tadqiq 




 

18 


etildi,  foydali  qazilma  konlari  ochildi.  Rus  olimlarining  ayrim  ekspedisiyalari 

tuproqshunoslik va gidrologiyaga oid tad qiqotlar o’tkazdi. 

 

1918 yil mustamlaka Turkistonda xo’jalikning turli tarmoqlari va madaniyat 



o’choqlari  uchun  kadrlar  tayyorlaydigan  maxsus  muassasalar  ishga  tushirildi. 

Shulardan  biri  1918  yil  21  aprelda  ochilgan  Turkiston  xalquniversiteti  edi. 

Andijon, Qo’qon, Samarqand, Farg’ona, Jizzax va boshqa  

shaharlarda  uning 

bo’limlari  ham  tashkil  etilgan.  1919  yil  Toshkentda  Fizioterapiya  ilmiy-tadqiqot 

instituti  tashkil  qilindi.  20-yillarda  tarix,  tibbiyot,  tabiiy  fanlar  va  boshqa 

sohalarda  bir  necha  ilmiy-tadqiqot  institutlari  ochildi.  1920  yil  Turkiston  davlat 

universiteti  (1923  yildan  O’rta  Osiyo  davlat  universiteti,  1960  yildan  Toshkent 

davlat  universiteti,  2000  yildan  O’zbekiston  Milliy  universiteti)  tashkil  qilindi. 

Keyinchalik universitet negizida o’lkaning tabiiy boyliklarini o’rganish va ulardan 

foydalanish  uchun  har  xil  sohalar  bo’yicha  mustaqil  oliy  o’quv  yurtlari  va 

dastlabki  ilmiy  muassasalar  tashkil  qilindi.  Universitet  qoshidagi  ilmiy 

muassasalardan tashqari boshqa ilmiy tadqiqot institutlari ham tashkil etildi. 1921 

yil Farg’ona va Toshkentda ipakchilik bo’yicha birinchi ilmiy tadqiqot stansiyalari 

ochildi. 

 

20-yillar  oxiri  –  30-  yillar  boshida  Tropik  tibbiyot  instituti  (1924),  Tibbiy 



parazitologiya  va  gelmintologiya  ilmiy  tadqiqot  instituti  (1924),  Suv  xo’jaligi 

tajriba-tadqiqot  institutiti  (1926),  Geologiya  fakultetining  O’rta  Osiyo  bo’limi 

(1926),  O’zbekiston  veterinariya  ilmiy  tadqiqot  instituti  (1926),  O’zbekiston 

pediatriya  ilmiy  tadqiqot  instituti  (1927),  Butunittifoq  paxtachilik  ilmiy  tadqiqot 

instituti  (1929),  O’rta  Osiyo  paxtachilik-irrigasiya  politexnika  instituti  (1929), 

O’zbekiston  pedagogika  ilmiy  tadqiqot  instituti  (1929),  O’rta  Osiyo  ipakchilik 

instituti  (1929),  O’zbekiston  paxtachilik  instituti  (1929),  O’rta  Osiyo  qishloq 

xo’jaligi instituti (1930), O’rta  Osiyo  geologiya-qidiruv  instituti,  Temir  yo’l 

transporti  muhandislari  instituti(1931),  Gidrometeorologiya  instituti  (1931),

 

Qoraqalpog’istonda Kompleks ilmiy tadqiqot. instituti (1931), Toshkent va 



Samarqand  davlat  tibbiyot  institutlari,  Toshkentda  farmasevtika  instituti, 

geliotexnika  laboratoriyasi,  O’zbekiston  Sil  kasalliklari  ilmiy  tadqiqot  instituti 

(1932),  O’zbekiston  Teri  va  tanosil  kasalliklari  ilmiy  tadqiqot  instituti  (1932), 

O’zbekiston Sanitariya va gigiyena ilmiy tadqiqot instituti (1934), Qorako’lchilik 

ilmiy  tadqiqot  instituti  (1935),  Paxta  sanoati  instituti  (1936)  va  boshqa  ilmiy 

muassasalar tashkil qilindi. 

 

Ilmiy tadqiqot muassasalari tarmog’i va ilmiy kadrlar sonining jadal o’sishi, 



olimlar  oldiga  yangi-yangi  vazifalarning  qo’yilishi  ilmiy  tadqiqot  ishlariga 

rahbarlik  qilish  va  ularni  muvofiqlashtirib  turish  ishlarini  takomillashtirishni 

taqozo  etdi.  Shuning  uchun  1932  yil  Fan  qo’mitasi  ta’sis  qilindi.  1940  yil  Fan 

qo’mitasi negizida Itgifoq FA O’zbekiston filiali (O’zFAN) tuzildi. Shu davrdan 

O’zFAN O’zbekistonning ilmiy tadqiqot markaziga aylandi. O’sha davrda uning 

tarkibiga  geologiya,  botanika,  kimyo,  suv  xo’jaligi  muammolari  (1941  yildan 

energetika),  tarix,  til  va  adabiyot  institutlari;  tuproqshunoslik,  zooloiya,  fizika  va 

matematika  (geliotexnika  laboratoriyasi  bilan  birga)  sektorlari;  Toshkent 

astronomiya  rasadxonasi  (Kitob  kenglik  stansiyasi  bilan  birga);  iqtisodiy 

tadqiqotlar  va  xaritagrafiya  byurosi  kiritildi.  1940  yil  O’zbekistondagi  ilmiy 




 

19 


tadqiqotinstitutlari va oliy o’quv yurtlarida 3 mingdan ortiqilmiy va ilmiy pedagog 

xodim ishlagan. 

 

Urush davrida respublikada 40 dan ortiq ilmiy tadqiqot institut va oliy o’quv 



yurtlari ishlab turdi. 

 

1943  yilda  O’zFAN  asosida  O’zbekiston  Fanlar  akademiyasi  (O’zFA) 



tashkil  qilindi.  O’sha  paytda  uning  tarkibida  10  ilmiy  tadqiqot  instituti  faoliyat 

ko’rsatgan.  Akademiyada  11  haqiqiy,  18  muxbir,  3  faxriy  a’zo  bo’lgan.  Uning 

muassasalarida  210  ilmiy  xodim,  shu  jumladan  28  fan  doktori,  80  fan  nomzodi 

ishlagan. 

 

40-yillarning  2-yarmida  respublika  olimlarining  faoliyati  xo’jalik, 



madaniyat,  tibbiyot  va  boshqa  sohalarni  rivojlantirishga  qaratildi.  40-  va  50-

yillarda  O’zbekistonda  Travmatologiya  va  ortopediya  institutiti,  Energetika 

instituti  (hozirgi  O’zbekiston  energetika  va  avtomatika  instituti),  Matematika 

instituti,  Inshootlar  instituti  (hozirgi  M.T.O’rozboyev  nomidagi  Mexanika  va 

inshootlarning  seysmik  mustahkamligi  instituti),  Chorvachilik  instituti,  O’rta 

Osiyo  geologiya  va  mineral  xom  ashyo  instituti,  O’rta  Osiyo  o’rmon  xo’jaligi 

instituti,  Gematologiya  va  qon  quyish  instituti,  Qoraqalpog’iston  dehqonchilik 

ilmiy  tadqiqot  instituti,  O’zbekiston  FA  Neft  va  gaz  konlari  geologiya  va 

razvedkasi instituti (hozir «O’zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi qoshida), 

O’lka  tibbiyot  instituti  (hozirgi  Endokrinologiya  instituti),  Onkologiya  va 

radiologiya  instituti,  O’rta  Osiyo  o’simliklarni  muhofaza  qilish  instituti,  O’rta 

Osiyo  qishloq  xo’jaligini  mexanizasiyalash  va  elektrlashtirish  instituti,  Ilmiy-

texnika axboroti instituti, Sud ekspertizasi instituti, O’rta Osiyo iqtisod va qishloq 

xo’jaliginini  tashkil  qilish  instituti  ochildi,  Farg’ona  va  Namangan  shaharlariida 

seysmik  stangsiyalar  tashkil  qilindi.  1958  yil  Toshkent  shahri  yaqinida  yadro 

reaktori qurildi. 

 

1960-va  1970-yillarda  O’zbekistondagi  ilmiy  muassasalarning  tabiiy  va 



ijtimoiy  fanlar  sohalaridagi  butun  faoliyati  respublika  iqtisodi  va  madaniyatini 

rivojlantirishning  dolzarb  masalalarini  hal  qilishga  qaratildi.  Paxtachilik, 

sug’orish,  energetika,  rangli  metallurgiya  va  boshqalar    bilan  bog’liq  kompleks 

tadqiqotlarni  rivojlantirishga  katta  ahamiyat  berildi.  G’o’za  seleksiyasi  va 

urug’chiligi instituti (1960), Sabzavot-poliz va kartoshka ekinlari instituti (1960), 

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar instituti (1961), Hisoblash 

markazli Kibernetika instituti (1966), Akusherlik va ginekologiya instituti (1974), 

Kardiologiya instituti (1976) va boshqalar tashkil qilindi. 

 

1987  yil  Toshkent  viloyatining  Parkent  tumanida  nihoyatda  noyob  ilmiy-



eksperimental  majmua  –  bizerkal  optika-energiteka  qurilmasi  foydalanishga 

topshirildi. 1991 yilda  FA  tarkibida  Suv  muammolari  instituti    tashkil  etildi.  Fan 

bilan  ishlab  chiqarishni  yaqinlashtirish  maqsadida  ba’zi  institutlar  qoshida  ishlab 

chiqarish birlashmalari, markazlari ochila boshladi. 

   

Sho’rolar  tuzumi  davrida  ilmiy  tadqiqot  institutlari  soni  qanchalik  ko’p 



bo’lmasin,  yuqoridan  rejalashtirish  tartibi,  davlatga  moliyaviy  qaramlik  fanning 

erkin  rivojlanishini  muayyan  darajada  cheklab  qo’ydi.  Fanning  dolzarb 

muammolari  sirasiga  paxta  va  butun  qishloq  xo’jalik  majmuasini  rivojlantirish 

hamda  takomillashtirish,  ilmisy  priborsozlik,  elektronika  sohasini  kengaytirish, 

mineral  xomashyo  boyliklaridan  samarali  foydalanish,  energiyani  tejash,  tabiat 



 

20 


muhofazasi,  ijtimoiy-iqtisodiy  va  ilmiy  texnika  taraqqiyotini  kompleks  bashorat 

qilish va shu kabilar birinchi o’rinda turardi.Jadal, qisqa vaqt faoliyat yurgizadigan 

innovasiya  sikli  (tadqiq  qilish  –  ishlab  chiqish  –  ishlab  chiqarish)  masalasini  hal 

qilish eng dolzarb masala bo’lib qolgan edi. 

 

O’zbekiston  mustaqillikka  erishganidan  so’ng  mamlakatda  ilm-fanga 



alohida  e’tibor  berildi.  Xalq  xo’jaligi  va  madaniy  hayotning  tobora  ortib 

borayotgan  talablaridan  orqada  qolayotgan  ilmiy  tadqiqot  institutlari  tugatildi. 

Turmush  taqozo  etgan  yangi  institutlar  ochildi.  Fan  tuzilmasi  keskin  o’zgardi: 

ma’naviy  fanlar  hisoblanuvchi  tasavvuf  ilmi    tiklandi,  hadis  bilimlariga  yo’l 

ochildi,  ziyolilar,  talabalarning  ruhiy  dunyosi  ancha  boyidi,  yangi  oliy  o’quv 

yurtlari,  universitetlar  tashkil  qilindi;  ilm  ahli  chet  ellardagi  olimlar  bilan 

mustahkam ilmiy aloqalar o’rnatdi.Buning natijasida tabiat va texnika-texnologiya 

haqidagi fanlar ham jahon andozasi darajasiga ko’tarila boshladi. 

 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  1992  yil  8  iyuldagi  “Fan  va 



innovasiya  faoliyatini  rivojlanishini  davlat  tomonida  qo’llab-quvvatlash 

to’g’risida”  farmoni  hamda  uni  amalga  oshirish  yuzasidan  O’zbekiston 

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  «Fan  rivojlanishini  davlat  tomonidan 

qo’llab-quvvatlash tadbirlari va innovasiya faoliyati haqida»gi qarori mamlakatda 

fanni  rivojlantirishda  katta  ahamiyatga  ega  bo’ldi.  Respublika  olimlarini  xorijiy 

mamlakatlarga tajriba oshirishga yuborishga alohida e’bor berildi. 

 

Ilmiy ishlanmalarni bozorda tijorat yo’sinida o’zlashtirish bosqichiga qadar 



kengaytirish  va  jadallashtirirish  imkonini  beradigan  kichik  tatbiqiy  va  ishlab 

chiqarish tashkilotlari, hamkorlikdagi korxonalar tashkil etildi. 

 

Ilmiy-tashkiliy  faoliyatni  rivolantirishning  eng  samarali  yo’llarini,  shakl  va 



usullarini  qatiy  va  muntazam  izlamay  turib,  respublikanig’  chinakam  iqtisodiy 

mustaqilligiga erishishi uchun uning oldida turgan xalq xo’jaligining eng dolzarb 

fan-texnika  va ijtimoiy-iqtisodiy  muammolarini  hal  etishda kuch  va  mablag’larni 

real  jalb  etish  imkonini  beradigan  barcha  yangiliklarni  qo’llab-quvvatlamay  va 

eskirgan  barcha  usullardan  voz  kechmay  turib,  FA  yangi  sharoitlarda  yanada 

rivojlana  olmasligini  nazarda  tutib  uning  ilmiy  muassasalari  faoliyatining 

mavzulari qayta ko’rib chiqildi. 

 

1992  yil  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  farmoniga  binoan 



Respublika  Vazirlar  Mahkamasi  huzurida  Oliy  attestasiya  komissiyasi  (OAK) 

tashkil etilishi munosabati bilan FA ning mavqyei ortdi. O’zbekiston Respublikasi 

Vazirlar  Mahkamasining  2000  yil9  iyundagi  qarori  bilan  O’zbekiston 

Respublikasi  FAning  yangi  Ustavi  tasdiqlandi.  O’zbekiston  Respublikasi 

Prezidentining  «Ilmiy  tadqiqot  faoliyatini  tashkil  etishni  takomillashtirish 

to’g’risida»  2002  yil  20  fevraldagi  farmoni  va  bu  farmonni  bajarish  yuzasidan 

O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  «Ilmiy  tadqiqot  faoliyatini 

tashkil  etishni  takomillashtirish  chora-tadbirlari  to’g’risida»  2002  yil  4  martdagi 

qarori  ilmiy  tadqiqotlar  va  texnologik  ishlanmalar  sifatiga  qo’yilgan  talablarga 

muvofiq  ilmiy-texnika  va  innovasiya  faoliyatini  yanada  rivojlantirishda, 

shuningdek, mamlakatnin ilmiy salohiyatidan samarali foydalanishni ta’minlashda 

muhim  ahamiyatga  ega  bo’ldi.  Respublikaning  ilmiy  tadqiqot  majmuasi 

akademiya,  oliy  ta’lim  va  boshqa  tarmoqlardagi  350  dan  ortiq  muassasani, 

jumladan,  ilmiy  tadqiqot  institutlari,  oliy  o’quv  ortlaridagi  ilmiy  tadqiqot 




 

21 


bo’linmalari,  loyiha  konstruktorlik  tashkilotlari,  ilmiy  ishlab  chiqarish 

birlashmalari  va  tajriba  korxonalari,  axborot-hisoblash  markazlarini  o’z  ichiga 

oladi.  Hozirgi  kunda  34  mingdan  ortiq  ilmiy  xodim  fanning  turli  tarmoqlarida 

faoliyat  ko’rsatmoqda;  ulardan  2,4  ming  kishi  fan  doktori  va  8,4  ming  kishi  fan 

nomzodidir. 

  

Mamlakat  olimlari  zamonaviy  fanning  ko’p  yo’nalishlari  bo’yicha  muhim 



va amaliy tadqiqotlar olib bormoqdalar. Jahon darajasidagi ilmiy maktablar tashkil 

etilgan  va  ular  fanning  yirik  yo’nalishlari  bo’yicha  muvaffaqiyatli  tadqiqotlarni 

amalga  oshirmoqdalar.  Matematika,  ehtimollik  nazariyasi,  tabiiy  va  ijtimoiy 

jarayonlarni  matematik  modellash,  informatika,  hisoblash  texnikasi,  matematik 

statistika,  differensial  va  matematik  fizika,  funksional  tahlil  bo’yicha  erishilgan 

yutuqlar ma’lum. O’zbek olimlarining astranomiya, osmon yoritqichlari harakatini 

o’rganish  bo’yicha  ishlari  butun  dunyoda  e’tirof  etildi.  Ular  tomonidan  birinchi 

marta  yulduzli  osmonning  eng  aniq  xaritasi  tuzildi.  Kitob  xalqaro  kenglik 

stansiyasida  ishlayotgan  olimlar  Italiya  hamda  Yaponiya  olim  va  mutaxassislari 

bilan birgaliqda Yer qutblari o’rnining o’zgarishini o’rganmoqdalar. Mineral xom 

ashyo resurslari hosil bo’lishiga olib keladigan geologik jarayonlar qonuniyatlarini 

o’rganish  bilan  bog’liq  bo’lgan  tadqiqotlar,  shuningdek,  tektonika,  geofizika, 

seysmologiya va Yer to’g’risidagi fanning boshqa sohalari bo’yicha olib borilgan 

tadqiqotlar  tahsinga  sazovor.  Respublika  geologlarining  yer  qatlamini  geologik-

geofizika va geokimyo nuqtai nazaridan kompleks o’rganish bo’yicha olib borgan 

ishlari  O’zbekistonda  kuchli  mineral  xom  ashyo  bazasini  vujudga  keltirish 

imkoniyatini yaratdi. Geolog olimlar yirik foydali qazilma konlarini qidirib topish, 

o’rganish va o’zlashtirishda bevosita ishtirok etdilar. 

 

O’zbekiston  seysmik  faol  zonada  joylashganligi  uchun  seysmologiya  va 



inshootlarning  zilzilabardoshligi  bo’yicha  nazariy  hamda  amaliy  ishlar 

tadqiqotlarning  yetakchi  yo’nalishlaridan  hisoblanadi.  O’zbekiston  olimlari 

tomonidan  yer  osti  inshootlari  (kommunikasiya  tarmoqlari,  metropoliten  va 

boshqa qurilmalar)ning seysmodinamika nazariyasi yaratildi. 

 

Qishloq  xo’jaligi,  mikrobiologiya  sanoati,  atrof  muhit  muhofazasida  ilmiy-



texnika taraqqiyotini ta’minlashning zarur asosi hisoblangan molekulyar genetika, 

genhujayra  injeneriyasi,  biotexnologiya  bo’yicha  tadqiqotlar  olib  borilmoqda. 

Respublikada  kimyo,  o’simlik  moddalar  kimyosi,  biologiya  va  genetika, 

biotexnologiya  yo’nalishlari  bo’yicha  bir  qancha  ilmiy  maktablar  shakllandi  va 

rivojlandi.  Ular  tomonidan  yuksak  samarali,  ekologik  jihatdan  toza  o’g’itning 

yangi  turlari,  kam  zaharli  defoliantlar,  yangi  dori-darmonlar,  o’simliklarning 

o’sishini  tezlashtiruvchi  preparatlar  va  ularni  himoya  qilish  vositalarini  ishlab 

chiqarishning  nazariy  asoslari  va  texnologiyalari  tadqiq  qilindi.  O’zbek 

seleksionerlari  g’o’za  biologiyasi  va  uning  genetik,  molekulyar-genetik, 

fiziologik-biokimyoviy  masalalarini  o’rganish  va  ular  asosida  yuqori  sifatli, 

kasalliklarga  chidamli  yangi  g’o’za  navlarini  yaratish  usullarini  ishlab  chiqish 

bo’yicha tadqiqotlar olib bormoqdalar. Keyingi yillarda 30 dan ortiq yangi g’o’za 

navlari yaratildi. 

 

Moddalarning fizik-kimyoviy xususiyatlari majmuini o’rganish bilan bog’liq 



tadqiqotlar  amalga  oshirilmoqda.  Respublikada  yadro  va  elementar  zarralar 

fizikasi,  radiasion  fizika  va  materialshunoslik  bo’yicha  yirik  tadqiqotlar  keng 




 

22 


taraqqiy  etdi.  Yangi,  relyativistik  yadro  fizikasi  ilmiy  yo’nalishi  shakllandi. 

O’zbekiston hozirgi vaqtda radiasion materialshunoslik va geliomaterialshunoslik 

yo’nalishlari  bo’yicha  jahon  miqyosida  yuqori  mavqyega  ega.  Respublika 

radioaktiv izotoplar, jumladan, farmasevtika preparatlari ishlab chiqarish bo’yicha 

yetakchi  markaz  hisoblanadi.  O’zbekistonda  yuqori  energiyalar  fizikasi  bo’yicha 

ilmiy maktab vujudga keldi. Bu maktab doirasida yuqori darajadagi o’tga chidamli 

juda sof materiallar olish, yeyilishga o’ta chidamli, issiqbardosh, korroziyabardosh 

hamda  qimmatbaho  konstruksion  materiallarning  o’rnini  bosish  xossasiga  ega 

bo’lgan  yuqori  haroratli  materiallarni  ishlab  chiqarishning  yangi  texnologiyasini 

yaratish  bo’yicha  ilmiy  asos  vujudga  kelgan.  Energiyaning  noan’anaviy  turini 

yaratish  —  Quyosh  energiyasini  kompleks  va  samarali  energiyaga  aylantirish 

hamda o’zlashtirish bo’yicha ishlar faol olib borilmoqda. Fanning yangi sohasi — 

nanotexnologiya  bo’yicha  samarali  ishlar  amalga  oshirilmoqda.  Xususan, 

O’zbekiston  FA  Issiqlik  fizikasi  bo’limida  nanotexnologiya  markazi,  Axborot 

texnologiyalari universitetida nanolaboratoriya faoliyat ko’rsatmoqda. 

 

Jahon  va  Vatan  tarixi,  madaniy  va  ma’naviy  meros,  o’zbek  tili,  adabiyoti, 



xalq  og’zaki  ijodining  tarixi  hamda  ularning  hozirgi  taraqqiyoti  bo’yicha  ilmiy 

tadqiqotlar  amalga  oshirilmoqda.  Respublika  intellektual  imkoniyatlarini 

rivojlantirish, xalqaro ilmiy-madaniy aloqalarni kengaytirishda tarixchi, arxeolog, 

etnograf,  tilshunos  va  adabiyotshunos  olimlar  o’zlarining  muayyan  hissalarini 

qo’shib kelmoqdalar. 

 


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling