Jizzax davlat pedagogika instituti jizzax politexnika instituti qoshidagi akademik


Madaniy  va  ma’naviy  qadriyatlarning  namoyon  bo’lishi  va  o’ziga


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/22
Sana05.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#202999
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
Bog'liq
3380-Текст статьи-15061-1-10-20201031

Madaniy  va  ma’naviy  qadriyatlarning  namoyon  bo’lishi  va  o’ziga 

xosligi.  Insonning  hayotida  madaniy-ma’naviy  qadriyatlar  katta  o’rin  egallaydi. 

Unga  ilmiy  texnikaviy  va  intellektual  imkoniyatlar,  maorif,  ta’lim-tarbiya,  tibbiy 

xizmat, milliy  meros,  turli  shakllarda  namoyoi  bo’ladigan  madaniyat  durdonalari, 

til, adabiyot, san’at, xalq hunarmandchiligi mahsulotlari, noyob tarixiy va madaniy 

yodgorliklar, arxitektura va hokazolar kiradi. 



 

11 


 

Markaziy  Osiyo  azal-azaldan  ilm-fan  va  madaniyatning  adabiyot  va 

san’atning  markazlaridan  biri  bo’lib  kelgan.  Bu  o’lkada  yetishib  chiqqan  buyuk 

mutafakkirlar  jahon  ilm-fani  va  madaniyatini  o’z  kashfiyotlari  va  o’lmas  asarlari 

bilan  ijodiy  boyitib,  yuqori  cho’qqiga  ko’tardilar,  uning  keyingi  taraqqiyotiga 

samarali  ta’sir  ko’rsatdilar.  Butun  madaniy  olamga  taniqli  olimlar  va 

mutafakkirlar, Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Xiva singari muhtasham shaharlar 

yaratuvchilari  bo’lmish  ulug’  ajdodlarimizning  ijodiyoti  o’zining  ulug’vorligi  va 

go’zalligi bilan hozirgacha hammani lol qoldirmoqda. 

  

 O’zbekistonda yuz berayotgan progressiv  o’zgarishlar, -deydi I.Karimov, -  



uning juda katta tabiiy boyliklari, ishlab chiqarish, ilmiy texnikaviy va intellektual 

imkoniyatlari, noyob milliy madaniy merosi, halqimiz tarixi va hozirgi hayoti bilan 

qiziqayotgan  dinning  barcha  mintaqalaridagi  siyosatchilar,  bizneschilar,  oddiy 

odamlarni o’lkamizga  tobora ko’proq jalb etmoqda”

1



 



Endilikda  mintaqamizning  boy  ma’naviy    madaniyati,  uning  noyob  milliy 

qadriyatlari,  bebaho  falsafiy  va  ma’naviy  merosi  xalqimizning  ruhiyati, 

ma’naviyatini yanada yuksak darajaga ko’tarish uchun xizmat qilmoqda. 

 

Ulug’  bobokalonlarimiz  Imom-at-Termiziy,  Imom  Buxoriy,  Burxoniddin 



Marg’inoniy,    Imom  Moturidiy,  Alisher  Navoiy  singari  allomalarimiz  bizga 

qoldirgan ma’naviy boyliklari, buyuk sharq miniatura san’ati, ijrochilik san’atining 

o’lmas  merosi  maqomlarimiz,  an’anaviy  mumtoz  musiqamiz,  mumtoz 

adabiyotimizning  ulmas  asarlari,  komil  inson  tarbiyasida,  ma’naviy  tarbiyada 

muxim omil bo’lib xizmat qiladi. Biz ulug’ ajdodlarimizning ma’naviy boyliklarini 

o’rgana  borganimiz  sari  ularga  yaqinlik  sezamiz.  Bularning  barchasi  bizni 

komillikka  yetaklaydi,  ma’naviy  tarbiyamizni,  fikrimizni  boyitadi,  kelajakka 

ishonch bilan qarashga undaydi. 

 


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling