K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


Boshqa kreditorlar bilan hisob-kitoblarning hisobi


Download 1.67 Mb.
bet164/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов

8.7.Boshqa kreditorlar bilan hisob-kitoblarning hisobi

Korxonalarning boshqa kreditorlar bilan hisob-kitoblarining hisobi 21- son BHMS ga muvofiq quyidagi schyotlarda olib boriladi:



  • 6610 “To‘lanadigan dividendlar” – ushbu passiv schyotda korxonaning aksionerlari va ta’sischilariga hisoblangan dividendlar bo‘yicha majburiyatlarining holati va harakati hisobga olinadi. Schyotning kreditida dividendlarni hisoblanishi ( 8710 “ Hisobot davrning taqsimlanmagan foydasi ( qoplanmagan zariri) “ schyotining debeti bilan korrespondensiyalashgan holda), debetida esa dividendlarni berilishi (pul mablag‘lari schyotlari bilan korrespondensiyalangan holda) aks ettiriladi. Dividendlarga doir majburiyatlarning analitik hisobi har bir aksioner yoki ta’sischi bo‘yicha yuritiladi.

  • 6620 “ Chiqib ketgan ta’sischilarga ularning hissasi bo‘yicha qarz” – ushbu passiv schyotda korxonaning ta’sischilar safidan chiqib ketgan ta’sischilariga kiritgan ulushini qaytarib berish bo‘yicha majburiyatlarining holati va harakati hisobga olinadi. Schyotning kreditida va 8330 “ Pay va badallar “ schyotining debetida safdan chiqib ketgan ta’sischiga bo‘lgan qarz, debetida esa ushbu qarzni uzilishi (pul mablag‘lari va boshqa aktivlarni hisobga olishga mo‘ljallangan schyotlar bilan korrespondensiyalangan holda) aks ettiriladi. Tahsischilarga qarzlarga doir majburiyatlarning analitik hisobi har bir ta’sischi bo‘yicha yuritiladi.

  • 6910 “To‘lanadigan qisqa muddatli ijara”- ushbu passiv schyotning kreditida qisqa muddatga olingan ijara uchun qarzlarning hisoblanishi, debetida esa ushbu qarzni uzilishi aks ettiriladi. Ijaraga olingan mulkni foydalanish maqsadiga qarab hisoblangan ijara haqiga ishlab chiqarish harajatlari schyotlari ( 2010,2310,2510 ) yoki davr harajatlari schyotlari debetlanadi (9410,9420). Ijara bo‘yicha qarzlar uzilganda pul mablag‘lari schyotlari ( 5010,5110,5210 va boshqalar ) kreditlanadi. Ushbu schyotning analitik hisobi har bir ijaraga beruvchi bo‘yicha yuritiladi.


  • Download 1.67 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling