Kafedrasi “sanoat korxonalarida energiya tejamkor tadbirlarni samaradorligini baholash”


Download 294.28 Kb.
bet56/62
Sana02.12.2023
Hajmi294.28 Kb.
#1780273
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   62
Bog'liq
Muqobil energiya manbalari-fayllar.org

3-bosqich. Tadqiqot natijalarini qayta ishlash va tahlil qilish.
To`plangan barcha ma`lumotlr asosida energiyadan foydalanish samaradorligi tahlil qilinadi. Tahlil quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
  1. Oxirgi 3 yildagi energiya tashuvchilar sarfi va moliyaviy harajatlarni o`zgarish dinamikasi hamda energiya istemoli energiya tashuvchilar turlarini foyiz miqdordagi salmog’i.


  2. Korxonada (tashkilotda) energiya tashuvchilar turlari bo`yicha real energiya balanslarini qurish.


  3. Energiya ta`minoti tizimlarida va ular elementlarida isroflar qiymatlari aniqlanadi va tahlil qilinadi.


  4. Korxona bo`yicha mahsulot birligiga sarflanadigan real energiya sarflarini qiymatlari aniqlanadi


  5. Korxona bo`yicha mahsulot birligiga sarflanadigan meyyoriy energiya sarflarini qiymatlari aniqlanadi.


Korxona ichki elektr ta`minoti tizimida o`tkazilgan o`lchashlar asosida korxona tsehlari bo`yicha energiya taqsimoti aniqlanadi. Quyidagi jadvalda korxona tsehlari bo`yicha elektr energiyasini sutkali taqsimoti va sutkali o`rtacha toki keltirilgan.


Elektr energiyasi sarfi texnologik jarayon bosqichlari va katta iste’molchilar bo`yicha aniqlanib texnologik, seh bo`yicha hamda korxona bo`yicha solishtirma elektr energiya sarflari aniqlanadi. Korxona bo`yicha chiqarilayotgan mahsulot turlari bo`yicha aniqlanadi. Masalan, yog’-ekstraksiya zavodida paxta urug’idan presslash orqali va ekstaksiyalash orqali yog’ olinadi. Bundan tashqari rafinatsiyalangan yog’ olinadi. Bunda ikkilamchi mahsulotlar sifatida sheluxa, shrot mahsulotlari olinadi (11-rasm).

11-rasm. Korxona energiya balansi


Korxonada chiqarilayotgan mahsulot turlari bo`yicha ularning miqdori aniqlanadi. Shu mahsulotlarga sarflanayotgan nisbiy energiya sarflari aniqlanadi. 4–jadvalda korxonada bir sutkada chiqarilayotgan mahsulot hajmi ko`rsatilgan.
Korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlarni foiz miqdori quyidagi diagrammada keltirilgan (12-rasm).

12-rasm. Korxonaning bir sutkada ishlab chiqaradigan mahsuloti



Download 294.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling