O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
Magistratura bo`limi
Qo`lyozma huquqida
UDK: 519.644.2, 519.644.3
KARIMOV FERUZ RAIMOVICH
INTEGRALLARNI TAQRIBIY HISOBLASHDA OPTIMAL KVADRATUR FORMULALAR
Mutaxasislik: 5A130202-“Amaliy matematika va axborot texnologiyalari”
Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan
DISSERTATSIYA
Ilmiy rahbar: f.-m.f.n, dotsent, O.I. Jalolov
Buxoro – 2021
Dissertatsiya Buxoro davlat universiteti “Amaliy matematika va dasturlash texnologiyalari” kafedrasida bajarilgan. Ilmiy rahbar f.-m.f.n, dotsent, O.I. Jalolov Kafedra mudiri f.-m.f.n, dotsent, O.I. Jalolov Magistratura bo`limi boshlig`i f.-m.f.n, dotsent, A.A.Turayev “Integrallarni taqribiy hisoblashda optimal kvadratur formulalar” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi ANNOTATSIYASI
Tayanch so`zlar: Gauss, Chebishev, Eyler, Nyuton, kvadratur, kubator, algoritm, interpolyatsiya, integral, Kroneker.
Tadqiqot obyektlari: Kvadratur va kubatur formulalar, kubatur formulaning xatolik funksionali, optimal interpolyatsion formulalar.
Ishning maqsadi: Kvadratur formulalarni o`rganish, kubatur formulalarni o`rganish, algoritm va dasturlar yaratishni o`rganish, optimal interpolyatsion kvadratur formulalar qurishni o`rganish.
Tadqiqot metodlari: Tadqiqotning metodologik asosi sifatida hisoblash matematikasining asosiy metodlari, umumlashgan funksiyalar va ularning qo`llanilishi, kvadratur va kubatur formulalar qurish metodlari, xatolik funksionali uchun norma va ekstremal funksiyani topish va optimal interpolyatsion formulalar qurish algoritmlari asos qilib olindi.
Olingan natijalar va ularning yangiligi: Interpolyatsion kadratur va kubatur formulalar uchun algoritm va dasturlar tuzildi. Ushbu formulalarning xatoliklari baholandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |