Katta tip. Mesozoalar. Mollyuskalar tipi. Xalqali chuvalchanglar (Annelida) tipi. Reja


Download 170.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/22
Sana31.01.2024
Hajmi170.58 Kb.
#1830275
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
3 uz Zoologiya lek

Rivojlanishi. Kuptuklilar tuxumi to’liq, lekin notekis maydalanadi. Tuxumdan koptuklilar uchun xos
bolgan troxofora lichinkasi chiqadi. Lichinka tanasi yumaloq eki noksimon bolib, uning tepasida bir dasta uzun 
kipriklardan iborat kokili bor. Lichinka tanasini bir qator kipriklar belbog’ shaklida o’rab turadi. Og’iz 
teshigidan oldinda joylashgan belbog’ prototrox deyiladi. Bazan bunday belbog’ og’iz teshigidan orqaroqda 
h’am boladi. 
İchagi uch bolim-oldingi, o’rta va orqa ichakdan iborat. İchak bilan tanadevori o’rasida birlamchi tana 
bo’shlig’i boladi. İchakning ikki enida bir juft metanefridiylar joylashagn. 
Troxofora birmuncha vaqt erkin vaqt erkin yashagandan sung metamorfozga kirishadi. Uning keyingi 
qismi ch ozilib, bir necha segmentni h’osil qiladi. Segmentlarda parodiylar, qillar eki kiprikli belbog’lar 
rivojlanadi. Bu davrda mezoderma h’ujayralaridan h’ar bir segmentda bir juftan tselom xaltachalari h’osil
boladi. Metamorfoz tepa plastinkasi teri ostiga botib kirib, bosh miyani h’osil qiladi. Qorin tomanida ektoderma 
xisobidan qorin nerv stvollari, sezgi organlari-k ozlar va palpalar h’osil boladi. Ana shunday qilib, birlamchi 
bo’shliqli segmentsiz troxofora segmentli metatroxoforaga aylanadi. Metatroxofora endi bosh bolim-
prostomium, bir necha gavda bolimi va dum-pigidiyidan iborat boladi. 
Ekologiyasi. koptuklilar-turlarga eng boy bolgan h’alqali chuvalchanglar sinfi. Ular asosan dengizlarda 
yashovchi 5300 ga yaqin turni oz ichiga oladi. koptuklilar orasida suvda suzuvchi, dengiz tubida o’rmalab, 
eki balchiqqa ko’milib oluvchi h’amda ingichka nay ichida o’troq yashovchi turlari bor. ayrim turlari parazit 
h’aet kechiradi. koptuklilarning bir necha turi chuchuk suv h’avzalarida tarqalgan. 
Amaliy ah’amiyati. Ayrim tropik turlari, masalan, palolo-Eunice virides oziq-ovqat sifatida 
foydalaniladi. Suv tubida yashaydigan turlari ovlanadigan baliqlar, qisqichbaqalar va boshqa h’ayvonlarning 
asosiy ozig’i h’isoblanadi. koptuklilardan Nereis diversicolor 1939-40 yillarda Qora dengizdan Kaspiy 
dengizga akad. L.A. Zenkevich rah’barligida introduktsiya qilingan. 
koptuklilar kezib yuruvchilar va o’troq yashovchilar kenja sinflariga bolinadi. 

Download 170.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling