Kechirganlari


Download 6.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/63
Sana05.10.2023
Hajmi6.67 Mb.
#1692653
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   63
Bog'liq
Tom Soyerning boshidan kechirganlari. Mark Tven

0 ‘N BIRINCHI B O B
TOM VIJDON AZOBINI 
BOSHIDAN KECHIRADI
Kun tushga yaqinlashgan paytda butun shaharga 
birdaniga dahshatli xabar tarqaldi. Buning uchun 
o'sha vaqtlarda hech kimning xayolida bolmagan 
telegraf ham kerak emas edi. Bu xabar xuddi telegraf 
bilan baravar tezlikda og‘izdan-og‘izga, qo‘shnidan 
qo‘shniga, hovlidan hovliga otib yurar edi. Albatta,
99


o‘z-o‘zidan maTumki, shu kuni muallim maktab 
bolalarining hammasini bo‘shatib yubordi, agar 
shunday qilishga muallimning farosati yetmagani- 
da, albatta bu ishga butun shahar hayron qolardi. 
Olikning yonida qonga boyalgan bir pichoq topilib, 
kishining so‘ziga ko‘ra, bu pichoq Meff Potterniki 
emish. Yana shunday so‘zlar bolganki, bir kishi 
kechikib qolib, kechasi soat ikkilarda uyiga qay­
tib kelayotganida, anhor boyida yuvinib o'tirgan 
Potterni ко‘rib qolgan. Potter bu kishini ко‘rib 
qochib ketgan emish. Bu hoi, ayniqsa, uning 
suv bo'yida qollarini yuvib o'tirishi - ancha shub- 
hali dalil edi. Potter uchun bu odatdagi bir ish 
emas edi. Politsiyalar qotilni axtarishib butun 
shaharni titib yuborishgan, lekin hech qayerdan 
topisha olmagan. Har tomonga otliq choparlar 
jo ‘natilgan. Sherif13 bolsa kun kech bolmasdanoq 
gunohkorning qolga tushishiga ishonib o'tirar 
emish, degan so‘zlar ham yurar edi.
Shahardagi barcha xalq qabristonga qarab 
jo ‘nadi. Tom ham o‘zining yuragi siqilganligini 
unutib, olomonga qo‘shilib bordi; uning bunday 
qilishi, shu ishni xohlashidan emas edi; u bun­
day ishlardan o'zini ming milcha nariroqqa olib 
qochishni afzal ko'rar, lekin shunday bo lsa-da, 
qandaydir nomalum bir kuch uni o‘sha tomonga 
tortib turar edi. U qabristonga yetib borar ekan
kishilar orasidan siqilib oldinga o‘tib, yana o'sha 
dahshatli manzaraga ko‘zi tushdi. Uning nazari- 
da o‘zining shu yerga kelib ketganiga go у о ancha 
zamonlar bolganga o'xshar edi. Kimdir uning qoli- 
ni chimchilab oldi. U orqasiga qayrilib qaragan edi, 
yonida turgan Geklberrini ko‘rdi. Ular bir-birlariga 
qarab oldilar va shu qarashlarida har qaysilari

Download 6.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling