«Kelishildi» O`zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyat hududiy filiali bosh vrachi R


Hamkorlikning asosiy vazifalari va funksiyalari


Download 22.3 Kb.
bet3/4
Sana24.10.2023
Hajmi22.3 Kb.
#1718031
1   2   3   4
Bog'liq
dermatovenerologiya

Hamkorlikning asosiy vazifalari va funksiyalari

5.1 Institut talabalariga maxsus xona ajratgan holda dermatovenerologiya va kosmetologiya yo`nalishida profilaktika, diagnostika va davolashning yangi zamonaviy usullarini muntazam ravishda ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etishni o`rgatish;


5.2 Institut talabalariga Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyat hududiy filiali xodimlari rahbarligi ostida nazariy haamda amaliy mashg`ulotlarni o`tkazishi uchun zarur bo`lgan sharoitlar bilan ta`minlash;
5.3 Institut talabalariga Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyat hududiy filiali xodimlari rahbarligi ostida bemor bilan ishlashning amaliy ko`nikmalari shakllantiriladi, kasallik tarixi, kasallik belgilari, kasallikni tashxislashning nazariy va amaliy asoslari tushuntiriladi;
5.4 Davolash ishiga mas`ul yo`nalish rahbari davolash-diagnostika ishining darajasi va sifatiga javobgar hisoblanib, bularga guruh talabalarini jalb etadilar, tibbiyot xodimga qo`yiladigan talablarni tushuntiradilar hamda tegishli tavsiyalar beradilar va Talabaga baho qo`yadi.



  1. Institut talabalariga mas`ul rahbarlarining asosiy vazifalari va funksiyalari

6.1 Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyat hududiy filialidagi bo`lim boshliqlari, vrachlar hamda talabalarga mas`ul rahbarlar:


-bo`limlarni rejali ravishda aylanib chiqadilar;
-bemorlarga maslahat beradilar va ularni holatidan kelib chiqqan holda, keyinchalik tekshirish va davolash rejasini belgilab oladilar (Institut talabalari kuzatib o`rganishadi);
-boshqa davolash-profilaktik, o`quv va ilmiy muassasalarning mutaxassislarini jalb etgan holda Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyat hududiy filiali vrachlarining ilmiy-amaliy anjumanlarini tashkil etadilar.
6.2 Institut talabalarining mas`ul rahbari ilmiy tadqiqot faoliyati bilan bir qatorda ishlab chiqilgan grafiklar va maslahat berishning me`yorlariga muvofiq yo`nalishli bemorlarga (shu jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyat hududiy filialining boshqa bo`limlaridan) maslahat beradilar (talabalar kuzatib o`rganishadi).
6.3 Institut talabalariga mas`ul rahbar bilan institut talabalari “Ustoz-Shogird” tizimi asosida hamda Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyat hududiy filiali materiallariga tayanib ishlab chiqilgan ilmiy ishlari mos ravishdagi institut va Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyat hududiy filiali nomidan chop etiladi.
6.4 Ichki tartib qoida, ichki mehnat intizomi qoidalariga Institut talabalari va ularga mas`ul rahbar to`liq bo`ysunadi.




  1. Download 22.3 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling