Mavzu : Zararli hasvaning populyatsiyasi miqdorini cheklashda uning tabiiy


Download 79.1 Kb.
bet1/6
Sana17.06.2023
Hajmi79.1 Kb.
#1551861
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
diplom ishi


DIPLOM ISHI

Mavzu : Zararli hasvaning populyatsiyasi miqdorini cheklashda uning tabiiy


bioagentlarining o`rni

Kirish


  1. Zararli hasva nima o`zi?

  2. Tadqiqot obyektlari va qo`llanilgan metodlar

  3. Olingan natijalar va uning muhokamasi

Zararli xasva g`alla ekinlari jiddiy zararkunandasi hisoblanib, bug`doyning yosh va sog`lom barglarini so`rib oziqlanishi hamda boshog`iga sut pishish fazasida katta zarar keltirishi tufayli hosildorlik va uning sifatiga salbiy ta`sir ko`rsatadi.


Zararli xasva Sharqiy Yevropa, Rossiya, Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlarida ko‘p uchraydi .
Respublikamizda zararli xasva bilan zararlangan g`alla dalalari umumiy maydoni 2011-yil 242.7 ming ga. ni tashkil qilgan bo`lsa, 2012-yil bu ko`rsatkich 369.2 ming ga. dan oshib ketdi (Respublika o`simliklarni himoya qilish…, 2012). Bu esa zararkunandaga qarshi jiddiy kurash choralarini olib borishni taqazo etadi.
Hozirgi kunda respublikamizda zararli xasvaga qarshi, asosan, kimyoviy preparatlar qo`llanilib kelinmoqda, lekin kimyoviy vositalarni muntazam ishlatish atrof-muhitning zaharlanishi va ortiqcha ifloslanishiga, inson salomatligiga, issiqqonli hayvonlar va foydali entomofaglarga, shuningdek, ekologik toza mahsulot yetishtirishda katta salbiy ta`sirini ko`rsatadi .
Shu sababdan zararli xasvaga qarshi kurashning ekologik bezarar usullarini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. Bu borada shu kungacha bir qancha tadqiqot ishlari olib borilgan bo`lib, zararkunandaga qarshi kurashda uning tabiiy entomofaglaridan va entomopatogen mikroorganizmlardan foydalanish imkoniyatlari aniqlangan.
Zararli xasvaning parazit entomofaglari sifatida bir nechta turlar ma`lum bo`lib, ulardan hasva imagosi tanasida parazitlik qiluvchi faziya pashshalari va tuxumxo`rlar keng tarqalgan.
O`zbekiston sharoitida zararli xasvaning parazit entomofaglarini o`rganish borasida tadqiqot ishlari o`tgan asrning 50-yillarida olib borilgan bo`lib, lekin bu ma`lumotlar amaliy nuqtai nazardan ancha eskirgan, tuxumxo`rlarni o`rganish bo`yicha esa chuqur tadqiqot ishlari o`tkazilmagan, shuning uchun ham bu borada izlanishlar olib borish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.



Download 79.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling