Mavzu : Zararli hasvaning populyatsiyasi miqdorini cheklashda uning tabiiy


Download 79.1 Kb.
bet3/6
Sana17.06.2023
Hajmi79.1 Kb.
#1551861
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
diplom ishi

2-rasm. Tuxumxo`r Telenomus sp. bilan zararlangan zararli xasva tuxumlari va telenomus imagosi
May oyining ikkinchi o`n kunligiga kelib, g`alla maydonlarida telenomuslar populyatsiyasi soni miqdori juda ortib ketadi va xasva tuxumlarini yoppasiga zararlashga kirishadi.
Tuxumxo`r parazitlar zararli xasva son miqdorini biologik nazorat qilishda juda yuqori biologik samaradorlik namoyon qiladi. Bu esa tabiiyki zararli xasva tuxumlarining telenomuslar bilan zararlanishi natijasida uning yangi avlodi miqdorining keskin kamayishiga olib keladi.
Tadqiqotlar davomida zararli xasva tabiiy entomofaglariga kimyoviy preparatlarni ta`sir qilishi ham o`rganildi. Dala sharoitlarida deyarli barcha qo`llaniladigan insektitsidlar xasva tabiiy entomofaglari voyaga yetgan individlarini 0,5 – 4,5 soat davomida qirib tashlashi aniqlandi. Zararli xasvaga qarshi qo`llaniladigan Ximfos-D 55% k.e (ta`sir moddasi sipermetrin va xlorpirifos), Ximfoks k.e. 400 g/l (ta`sir moddasi sipermetrin), Alfatsid em.k (ta`sir moddasi alfasipermetrin) kabi kimyoviy preparatlar yuqori darajada samarali insektitsid hisoblanib, qo`llanilganda dala sharoitida voyaga yetgan va lichinka bosqichidagi parazitlar individlarini deyarli 100% nobud qilishi aniqlandi. Qo`llanilgan insektitsidlar ta`sirida voyaga yetgan parazitlarning paydo bo`lishi kamayishi (25.9 - 93.0%) qayd qilindi.

XULOSA. Faziya pashshalari va tuxumxo`r parazitlarning rivojlanish muddatlari zararli xasva rivojlanish muddatlariga mos ravishda kechadi va tuxumxo`r parazitlar xasvaga qarshi yuqori biologik samaradorlik namoyon qiladi. Ulardan zararli hasvaga qarshi biologik kurash choralarini olib borishda foydalanish istiqbolli usul hisoblanadi.
Ushbu maqolada insoniyatning eng asosiy oziqa asosi xisoblangan
bug‘doy(g‘alla) o‘simligi xaqida so‘z boradi. G‘alla juda ko‘plab turli xil kasalliklar
va zararkunandalar bilan jiddiy, ba’zan juda kuchli darajada zararlanadigan
o‘simliklar qatoriga kiradi. Bugungi kunga kelib Respublikamiz g‘allazorlarida 50
turdan ortiq turli tuman zararkunanda hasharotlar g‘allaga zarar yetkazyotganligi
kuzatilgan. Shuningdek maqolada zararli xasvaning biologik xususiyatlari, yashash
sharoiti, zarar yetkazishi va unga qarshi kurash choralari xaqida ma’lumotlar
keltirilgan bo‘lib, shu asosida g‘allada tarqalgan xashorotlarga kimyoviy ko‘rashish
chora-tadbirlari bayon etilgan.
Kalit so‘zlar: g‘alla o‘simligi, g‘alla zararkunandalari, zararli xasva, biologik
kurash, kimyoviy kurash.
Bugungi kunga kelib Respublikamiz g‘allazorlarida 50 turdan ortiq
zararkunanda hasharotlar g‘allaga zarar yetkazishi kuzatilgan. Katta maydonlarga eng
ko‘p tarqalib, jiddiy zarar yetkazadigan asosiy zararkunandalardan zararli xasva, shira,
trips, shilimshiq qurt, shved va gessen pashshalari, vizildoq qo‘ng‘iz, ola
saraton(sikada), poya arrakashi va boshqalar xisoblanib, ayrim yillarda qulay sharoit
paydo bo‘lganida ommaviy ko‘payib, keng maydonlarga tarqaladi hamda sezilarli
darajada hosilga zarar yetkazadi.
G‘alla zararkunandalar bilan sezilarli, ba’zan kuchli darajada zararlanadigan
o‘simliklar qatoriga kiradi.
Bug‘doy bu zararkunandalar bilan zararlanganda hosildorlik 30-50% kamayishi
mumkin. Respublika sharoitida bu asosiy zararkunandalarga qarshi samarali
kurashish uchun o‘rtacha sutkalik havo harorati 8-10°S daraja bo‘lganda
maysalarning tuplanish davridan boshlab har haftada zararkunandalarning tarqalishini
nazorat qilib borish talab etiladi[1].
2020 yil Respublika miqyosida 1077.6 ming gektar g‘alla maydonlaridan 877,7
ming gektar maydon zararli xasva va boshqa zararkunandalar g‘alla xosiliga ziyon
keltirgan(1-jadval).

Download 79.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling