Mavzu : Zararli hasvaning populyatsiyasi miqdorini cheklashda uning tabiiy


Tadqiqot ob’ekti va qo’llanilgan metodlar


Download 79.1 Kb.
bet2/6
Sana17.06.2023
Hajmi79.1 Kb.
#1551861
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
diplom ishi

Tadqiqot ob’ekti va qo’llanilgan metodlar
Zararkunandaning parazit entomofaglarini o`rganish maqsadida Toshkent viloyatining bir qator tumanlari g`alla maydonlaridan va xasvaning qishlash makonlaridan biologik materiallar yig`ildi hamda ularning miqdorini hisoblash ishlari 25x25 sm2 li (50 sm x 50 sm) o‘lchamli maydonlardan namunalar olish orqali bajarildi. Bunda har 0,2 gektar maydondan 15 tadan namunalarda hisoblash ishlari olib borildi. Tadqiqotlarda dala sharoitlaridan yig‘ib olingan zararli xasva imagolari va uning tuxumlaridan foydalanildi.
Zararli xasvaning parazit entomofaglarini o`rganish maqsadida olib kelingan materiallar laboratoriya sharoitida G.A.Viktorov uslubiga asosan o`rganildi.

Olingan natijalar va uning muhokamasi
Tadqiqotlar natijasida Toshkent viloyati sharoitida zararli xasvada parazitlik qiladigan faziya pashshalarining 2 ta turi, ya`ni Helomiya lateralis (qoramtir faziya) va Phasia subcoleoptrata (kulrang faziya) turlari tarqalganligi aniqlandi.
Faziya pashshalarining paydo bo`lishi qishlash makonlaridan bug`doy dalalariga tomon migratsiyalanuvchi voyaga yetgan xasva individlar tanasida kuzatildi. Lichinkalar bunda xo`jayinning tana bo`shlig`ida paydo bo`ladi va tuproqda g`umbak o`raydi. Voyaga yetgan holatdagi faziya pashshalari aprel va may oylarida kuzatildi. Ularning urg`ochisi o`z tuxumini voyaga yetgan zararli xasvaning bosh va ko`krak sohasi o`rta qismiga qo`yadi. Har ikkala tur faziya pashshalarining yoppasiga uchib chiqishi aprel oyining oxiri va may oyining boshlariga to`g`ri keldi.

Helomiya lateralis pashshasi qishlab chiqqan xasva imagosi tanasida lichinka holatida bo`lishi aniqlandi. Lichinka turli rivojlanish bosqichlarida xasva qorin qismida rivojlanib, uning gemolimfasi suyuqligi bilan oziqlanadi. Zararlangan xasva parazit lichinkasi uning tanasini yorib chiqqandan song` nobud bo`ladi (1-rasm).



1-rasm. Zararli xasva tanasidan ajratib olingan Helomiya lateralis pashshasining lichinkasi (chapda), zararlangan xasva va hosil bo`lgan g`umbak (o`rtada), faziya pashsha imagosi (o`ngda)
Toshkent viloyati sharoitida zararli xasva tanasidan Helomiya lateralis faziya pashshasining g`umbakka aylanishi aprel oyi birinchi o`n kunligidan boshlandi va may oyi uchinchi o`n kunligiga qadar davom qildi. Ushbu faziya pashshasining g`umbaklik davri 16-18 kun davom etdi. Uchib chiqqan faziya pashshalarni shakar eritmasi bilan parvarish qilinganda, ularning o`rtacha 9 kun yashashi kuzatildi. Tadqiqotlar natijasida Toshkent viloyati sharoitida zararli xasvaning o`rtacha 1.82% qismi Helomiya lateralis tomonidan zararlangani kuzatildi. Ushbu faziya pashsha aprel oyining birinchi o`n kunligida paydo bo`ladi va xasva imagosi tanasiga tuxum qo`ya boshlaydi. Helomiya lateralis faziya pashshasi bir mavsumda 2 marta avlod beradi va lichinka bosqichida qishlaydi.
Ikkinchi tur Phasia subcoleoptrata faziya pashshasi lichinkasi qishlab chiqqan xasva tanasida parazitlik qiladi va aprel oyining ikkinchi o`n kunligiga kelib tabiiy sharoitda Helomiya lateralis faziya pashshasiga nisbatan kech, ya`ni o`rtacha 6-7 kundan so`ng g`umbakka aylandi. G`umbagi Helomiya lateralis faziya pashshasi g`umbagiga nisbatan kattaligi bilan ajralib turadi.
G`umbaklardan faziya pashshalarining uchib chiqishi o`rtacha 10-12 kundan keyin amalga oshadi va bu tabiiy sharoitda aprel oyi oxirlariga to`g`ri keldi. Phasia subcoleoptrata faziya pashshasi bir mavsumda 2 marta nasl beradi va lichinka bosqichida qishlaydi.
Tabiiy sharoitda Phasia subcoleoptrata bilan zararli xasvaning zararlanishi o`rtacha 6.04 % ni tashkil qildi. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida Phasia subcoleoptrata faziya pashshasining biologik samaradorligi zararli xasvada Helomiya lateralis faziya pashshasiga nisbatan ancha yuqoriligi (6.04 %) aniqlandi.
Zararli xasva parazit entomofaglarining ayrim turlari uni tuxumlik bosqichida ham zararlaydi. Ular asosan sug`oriladigan yer maydonlari hududlarida uchraydi. Tadqiqotlar natijasida telenomuslarning Toshkent viloyati sharoitida ham parazit tuxumxo`r sifatida muhim ahamiyatga ega ekanligi to`g`risida ma`lumotlar yig`ildi. Tuxumxo`r parazitlar bilan zararlangan xasva tuxumlari miqdori dala sharoitida yig`ib olingan namunalar asosida baholandi. Bunda parazitlar bilan zararlangan tuxumlar daladan yig`ib olinib, o`simlik qoldiqlari bilan birgalikda shisha idishlarga solindi va idishning og`zi doka bilan yopildi. Bu ko`rinishdagi idishlar laboratoriya sharoitida, 24±2ºC haroratda tuxumlardan parazitlar chiqqunga qadar saqlandi. Zararlanish foiz ko`rsatkichlari turli xil vaqtlarda va turli xil hududlardan yig`ib olingan namunalar bo`yicha hisoblab chiqildi. Zararli xasvaning Trissolcus va Telenomus avlodlariga mansub bo`lgan parazitlari tuxumlari bilan zararlanish holatlari Toshkent viloyatining turli hududlarida aprel va may oylarida davomida qayd qilinib, bunda parazitizm darajasi mos ravishda 86.4-91.2 % ni tashkil qilishi aniqlandi. Hududlar bo`yicha parazitlarning faollik darajasi asosan iqlim sharoitlariga bog`liq holatda o`zgarishlarga ega hisoblanadi.
Tuxumxo`rlar aprel oyining oxiri va may oyining birinchi o`n kunligiga kelib, xasva tuxumlarini yoppasiga zararlaydi. Zararlanmagan xasva tuxumlaridan o`rtacha 9 kundan so`ng xasva lichinkalari ochib chiqishi kuzatilsa, zararlangan xasva tuxumlaridan telenomuslarning uchib chiqishi o`rtacha 12-14 kundan keyin qayd qilindi. Trissolcus sp. turi odatda o`rtacha 80 ta tuxumni zararlaydi va ulardan voyaga yetgan urg`ochi individlarning paydo bo`lishi 98.2% ni tashkil qildi. Laboratoriya sharoitlarida zararli xasva tuxumlarining o`rtacha 177 tasi o`rtacha hayot sikli 26 kun davom etdi. Bunda parazitlarning samarali tarzda ta`siri xo`jayin tuxumining 1-3 kunlik tuxumlarida qayd qilindi. Parazit bilan zararlangan xasva tuxumining rangi qora bo`lishi bilan xasvaning zararlanmagan tuxumlaridan yaqqol farq qiladi (2-rasm).





Download 79.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling