Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


Kasaba uyushmasining texnik nazorati


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

Kasaba uyushmasining texnik nazorati. Har bir sanoat 
korxonasiga kasaba uyushmasining texnik nazoratchisi biriktirib qo'yilgan. 
U korxonada mehnatni muhofaza qilish masalalarini ku-zatib turuvchi 
davlat nazoratchisi hisoblanadi. Uning asosiy vazifa-lari qatoriga baxtsiz 
hodisalarni tekshirish va hisobga olishni korxona ma'muriyati tomonidan 
to'g'ri olib borilayotganligini ku-zatib borish, o'lim bilan tugagan hamda 
og'ir va bir guruh, ki-shilarning baxtsiz hodisaga uchrashi hollarini 
tekshirishga qat-nashadi va tekshirish materiallari bo'yicha baxtsiz 
hodisaga aybdor bo'lganlar haqidagi ma'lumotlarni, aybdorlarni jinoiy 
javobgarlikka tortish maqsadida tekshirish organlariga jo'natish ham 
kiradi. Kasaba uyushmasining texnik nazoratchisi yangi uskunalarni va 
yangi korxonalarni qabul qilish va foydalanish uchun topshirish davlat 
qabul komissiyasining a'zosi hisoblanadi. Shuningdek, u mehnatni 
muhofaza qilish nomenklatura chora-tadbirlarining amalga oshirilishini 
kuzatib boradi. 
O'zbekiston Respublikasining sanoatda xavfsiz ish olib borish 
va kon nazorati. Bu nazoratning asosiy vazifasi kon ma'dan sanoati, neft 
qazib chiqarish, metalluigiya, geologiya-qidiruv nazoratidan tashqari, 70 
kPa (0,7 atm) dan ortiq bosimda ishlaydigan bug' qozonlari va idishlarni, 
115 °C dan ortiq haroratdagi suv isitish qozonlari, bug va issiq suv 
o'tkazish quvurlari, yuk ko'tarish kranlari, liftlar, eskalatorlar, osma yo'llar 
ishlarini nazorat qillish. Shuningdek, ular qozon va ko'tarish qurilmalarini 
hisobga oladi, foydalanish uchun ruxsat beradi, texnik jihatdan xizmatga 
yaroqli ekanini tasdiqlaydi. 
Respublika sanoatda xavfsiz ish olib borish nazorati xodimlari 
kapital qurilish korxonalarini va yangi sanoat uskunalarini qabul qilish va 
foydalanish uchun topshirishda davlat komissiyasi qatorida qatnashadi. 
Nazorat olib borayotgan korxonada yuz bergan o'lim bilan tu-gagan, 
og'ir va guruh bilan yuz bergan baxtsiz hodisalarni tek-shirishda 
qatnashadi. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling