Kasaba uyushmasining texnik nazorati. Har bir sanoat
korxonasiga kasaba uyushmasining texnik nazoratchisi biriktirib qo'yilgan.
U korxonada mehnatni muhofaza qilish masalalarini ku-zatib turuvchi
davlat nazoratchisi hisoblanadi. Uning asosiy vazifa-lari qatoriga baxtsiz
hodisalarni tekshirish va hisobga olishni korxona ma'muriyati tomonidan
to'g'ri olib borilayotganligini ku-zatib borish, o'lim bilan tugagan hamda
og'ir va bir guruh, ki-shilarning baxtsiz hodisaga uchrashi hollarini
tekshirishga qat-nashadi va tekshirish materiallari bo'yicha baxtsiz
hodisaga aybdor bo'lganlar haqidagi ma'lumotlarni, aybdorlarni jinoiy
javobgarlikka tortish maqsadida tekshirish organlariga jo'natish ham
kiradi. Kasaba uyushmasining texnik nazoratchisi yangi uskunalarni va
yangi korxonalarni qabul qilish va foydalanish uchun topshirish davlat
qabul komissiyasining a'zosi hisoblanadi. Shuningdek, u mehnatni
muhofaza qilish nomenklatura chora-tadbirlarining amalga oshirilishini
kuzatib boradi.
O'zbekiston Respublikasining sanoatda xavfsiz ish olib borish
va kon nazorati. Bu nazoratning asosiy vazifasi kon ma'dan sanoati, neft
qazib chiqarish, metalluigiya, geologiya-qidiruv nazoratidan tashqari, 70
kPa (0,7 atm) dan ortiq bosimda ishlaydigan bug' qozonlari va idishlarni,
115 °C dan ortiq haroratdagi suv isitish qozonlari, bug va issiq suv
o'tkazish quvurlari, yuk ko'tarish kranlari, liftlar, eskalatorlar, osma yo'llar
ishlarini nazorat qillish. Shuningdek, ular qozon va ko'tarish qurilmalarini
hisobga oladi, foydalanish uchun ruxsat beradi, texnik jihatdan xizmatga
yaroqli ekanini tasdiqlaydi.
Respublika sanoatda xavfsiz ish olib borish nazorati xodimlari
kapital qurilish korxonalarini va yangi sanoat uskunalarini qabul qilish va
foydalanish uchun topshirishda davlat komissiyasi qatorida qatnashadi.
Nazorat olib borayotgan korxonada yuz bergan o'lim bilan tu-gagan,
og'ir va guruh bilan yuz bergan baxtsiz hodisalarni tek-shirishda
qatnashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |