Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd
XIV. 3. Ma'muriyatning xavfsiz va sog'lom ish sharoitini
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
hayotfaoliyatixavfsizligi
XIV. 3. Ma'muriyatning xavfsiz va sog'lom ish sharoitini
tashxil qilish majburiyatlari 264 Sanoat korxonalarida, tashkilotlarida xavfsizlikni ta'minlash va ish sharoitini yaxshilash ma'muriyatning asosiy vazifasi sifatida mehnat qonunlari kodeksiga yozib qo'yilgan. Ma'muriyat tarkibiga rahbar xodimlar, ya'ni sanoat korxonalari, tashkilotlarida tashkilotchilik, ma'muriy-xo'jalik ish-larini amalga oshiruvchi, ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil qi-luvchi, ishlab chiqarishdagi xodimlarni boshqaruvchi, moddiy mablag'larni taqsimot bilan ishlatish va uni nazorat qilish ishlarini olib boruvchi shaxslar kiritiladi. Ma'muriyat xodimlariga quyiladigan asosiy talablar shundan iboratki, ular davlat siyosati va uni amalga oshirish, davlat va xalq manfaatlarini yaxshi tushungan bo'lishi, mehnat sharoiti tartibini saqlay bilishlari, ishchilarni mehnat intizomini saqlash va ishga rag'batlantirish, ish unumini oshirish va darajasini bir necha o'n yil oldindan ko'ra biluvchi shaxs bo'lishlari kerak. Ma'muriyat zimmasiga yuklatiladigan majburiyatlar asosan ishchilar bilan ma'muriyat o'rtasida tuziladigan mehnat bitimidan kelib chiqadi. Mehnat bitimini tuzish majburiyati O'zbekiston Respublikasining Mehnat vazirligi tomonidan belgilangan. Bu qonun sifatida quyidagicha tahlil qilinadi. Ishchi ma'him mutaxassislik bo'yicha belgilangan ishni korxona ichki tartib-qoidalariga rioya qilgan holda bajarishni, ma'muriyat esa mehnat qonunlariga asosan va jamoat bitimida ko'zda tutilgan ma'lum miqdordagi majburiyatlar mundarijasini o'z zimmasiga oladi. Mehnat qonunlarida ko'zda tutilgan majburiyatlar quyidagi-lardir: har bir ishchi, xizmatchini mutaxassisligi va malakasiga qarab ma'lum mashina, stanok va boshqalardan iborat ish joyi, sog'olom va xavfsiz ish sharoiti, sifatli ish qurollari bilan ta'minlash, sanoat va mehnat intizomini har taraflama mustahkam-lash, ish sharoitini kundan-kunga yaxshilab borishni ta'minlash maqsadida zarur texnik jihozlar o'rnatish, shuningdek, mehnatni muhofaza qilishning nomenklatura chora-tadbirlarini amalga oshirish. Bundan tashqari rahbar xodimlarga xizmat vazifalari ham yuklanadi. Bu vazifalar boshqaradigan lavozimga doir tavsiyanomada belgilangan bo'ladi. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling