Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


XIV. 5. Xavfsizlik texnikasi muhandisining vazifalari


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

XIV. 5. Xavfsizlik texnikasi muhandisining vazifalari 
 
Har bir sanoat korxonasi o'z masshtabiga asosan mehnatni muhofaza 
qilish bo'limini yoki xavfsizlik texnikasi muhandisi la-vozimidagi shtat 
birligini tashkil qilishi shart. Uning asosiy vazifasi sanoat korxonasida 
mehnat qilayotgan ishchi va muhandis-texnik xodimlarning mehnatni 
muhofaza qilish qoida va talablarini qanday bajarayotganliklarini nazorat 
qilishdan iborat. 
Jumladan, uning xizmat doirasiga quyidagilar kiradi: 
1. Sex va bo'lim boshliqlar tomonidan mehnatni muhofaza qilish 
qonunlarini va boshqaruvchi tashkilotlarning xavfsizlik texnikasi, sanoaf 
sanitariyasi norma hamda qoidalarini bajarish to'g'risidagi qarorlarning 
bajarilishini kuzatib boradi, shuningdek, mehnatni muhofaza qilish davlat 
tashkiloti ko'rsatmalarini to'g'ri bajarilayotganligini tekshiradi. 
2. Sanoat korxonalaridagi havo muhitining toza bo'lishiga e'tibor 
beradi va shamollatish tizimlarining to'g'ri ishlatilayot-ganligini kuzatib 
boradi. 
3. Sanoatga zamonaviy xavfsizlik texnikasi vositalarini joriy qilish 
choralarini ko'radi. 
4. Sex va bo'lim boshliqlari tomonidan «Sanoat korxonalarida ishlab 
chiqarish bilan bog'liq bo'lgan baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobiga 
olish» haqidagi qarorning bajarilayotganligini kuzatib boradi. 


267 
5. Sanoat korxonalari ishchi va xizmatchilarini belgilangan tartibda 
maxsus oziq-ovqat, kiyim-bosh, oyoq kiyimi, sut mahsu-lotlari, sovun va 
shaxsiy muhofaza aslahalari bilan ta'minlaydi. 
6. Sanoat korxonasining hamma bolimlarida xavfsizlik texnikasi 
tavsiyanomasini o'z vaqtida va sifatli o'tkazish chora-tadbirlarini amalga 
oshiradi. 
Xavfsizlik texnikasi muhandisining asosiy e'tibor berishi zarur 
bo'lgan obyektlaridan biri-texnik yechimlarning loyiha hujjatlarida to'g’ri 
hal qilinishini nazorat qilishdan iborat. Chunki muhofaza qilish asosiy 
chora-tabirlari va xavfsizlik texnikasining umumiy masalalari ana shu 
hujjatlarda hal qilinadi. Mazkur hujjatlarni qabul qilish vaqtida xavfsizlik 
texnikasi muhandisining qatnashishi shart va bu korxona raxbari 
tomonidan buyruq bilan asoslanadi: Umuman xavfsizlik texnikasi 
muhandisi sanoat korxonalarini rejalashti-rish, karta tashkil qilishda, 
sanitariya-maishiy xonalar tashkil etish ishlarida, sanoat mashina va 
mexanizmlarini o'rnatishda, yangi texnologik mashina va mexanizmlar, 
texnologik liniyalarni yig'ish va o'rnatish ishlarida qatnashishi kerak. 
Xavfsizlik texnikasi injeneri nazoratchi sifatida sanoat korxonalarida 
tuzilgan har xil komissiyalar a'zosi sifatida qatnashishi kerak. Masalan, 
yangi qurilgan yoki karta jihozlangan obyektlarni, yangi o'rnatilgan yoki 
remont qilingan sanoat ji-hozlarini qabul qilishda, muhandis texriik 
xodimlarning 
mehnatni 
muhofaza 
qilish 
sohasidagi 
bilimlarini 
tekshirishda, ishchilarni at-testasiyadan o'tkazish va boshqalarda ishtirok 
etishi zarur. 
Bundan tashqari xavfsizlik texnikasi muhandisi mehnatni muhofaza 
qilishga qaratilgan masalalarni muhokama qilishda qat-nashibgina 
qolmasdan, qabul qilingan qarorlarni rejalashtirib, amalga oshirish chora-
tadbirlarini ko'radi. 
Uning bajarishi zarur bo'lgan vazifalar qatoriga yana quyidagilarni 
kiritish mumkin: 
— ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lgan baxtsiz hodisalarni hi-sobga 
olish, uni keltirib chiqargan sabablarini tahlil qilish va baxtsiz hodisaning 
qaytarilmaslik chora-tadbirlarini ko'rish; 
— baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini kamaytirishga, ish 
sharoitlarini yaxshilash uchun ajratilgan mablag'larni o'zlashtirilishi 
haqida hisobot tuzish; 
— sanoat korxonasidagi mehnatni muhofaza qilish masalalarini 
tahlil qilish va rahbar xodimlarga o'z mulohazalarini bildirish; 
— tegishli bo'lim va xizmatchilar oldiga ishchilarni xavfli va zararli 


268 
omillar ta'siridan muhofaza qilish talablarini qo'yish; 
— zavod bo'limlari va sexlariga mehnatni muhofaza qilish ma-
salarida va ish sharoitini yaxshilash chora-tadbirlarini ishlab chiqishda 
yordam ko'rsatish; 
— zavod sexlarida ishlab chiqilgan mehnatni muhofaza qilish 
rejalarini umumiy zavod rejasiga kiritib, umumlashtirish va ularni amalga 
oshirish chora-tadbirlarini ko'rish; 
Xavfsizlik texnikasi muhandisi ishchilar xavfsizligini ta'minlash 
bo'yicha ishchilarni o'qitadi, ulanii yo'riqnomalardan o'tkazadi. Shuning 
uchun u kadrlar tayyorlash bo'limi bilan birgalikda ishchilarni maqsadli 
kurslarda o'qitish ishlarini tashkil qiladi, mehnatni muhofaza qilish 
kabinetlari, burchaklari va vitrinalarini tashkil qiladi, xavfsizlik texnikasi 
qoida va normalarini propaganda 
qilish maqsadida ma'ruzalar uyushtiradi, plakatlar sotib oladi va 
ularni tarqatadi, xavfsizlik texnikasining ogohlantiruvchi yozuvlarini va 
belgilarini keraldi yerlarga o'rnatadi. 
Mehnatni muhofaza qilish mutaxassisi sifatida xavfsizlik texnikasi 
muhandisi yangi ishga kirayotganlarni kirish yo'riqnomasidan o'tkazadi va 
ularga mehnatni muhofaza qilish qoida va normalarini tushuntiradi. 
Bundan ko'rinib turibdiki xavfsizlik texnikasi muhandisi sanoat 
korxonasi texnologiyasini a'lo darajada bilishi bilan birga xavfsizlik 
texnikasi va mehnatni muhofaza qilish masalalarida ham yuqori malakaga 
ega bo'lishi talab etiladi. 
Xavfsizlik texnikasi muhandisining huquqlarini ham aytib o'tish 
kerak. U sanoat korxonasining xohlagan sexini xohlagan vaqtda tekshirish 
va agar biror bir mashina yoki agregat ishchilar hayoti yoki sog'ligi uchun 
zarar keltirishi mumkin bo'lgan holatni sezsa, bu mashinani to'xtatishi va 
ma'muriyatdan texnika xavfsizligi qoida va normalarini buzayotgan 
rahbar-shaxslarning ishdan chetlatilishini talab qilish huquqiga egadir. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling