Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


XV. 4. Sanoat korxonalarining xonalari


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

XV. 4. Sanoat korxonalarining xonalari 
Sanoat korxonalarining xonalari texnologik jarayon talablariga va 
tayyorlanadigan rnahsulot katta-kichikligiga qarab quriladi. Korxonaning 
umumiy sexlarida liar bir ishchi uchun kamida 15 m
3
hajmdagi maydon 
to'g'ri kelishi, bunda minimal maydon 4,5 m
2
dan kam bo'lmasligi va 
binoning balandligi kamida 3,2 m bo'lishi sanitariya qoidalarida 


279 
chegaralab qo'yilgan. 
Har xil sanoat chiqindilari va issiqlik ajralib chiqadigan texnologik 
jarayonlar bo’lganda (bunda issiqlik ajralishi 20 kkal m
2
- 1 soatda), 
shuningdek, titrash manbalari mavjud bo'lsa, bunday sanoat korxonalari 
uchun bir qavvatli bino qurish sanitar-gigienik nuqtayi nazaridan qulay 
hisoblanadi. 
Agar ko'p qavatli binolarga joylashgan mashinasozlik sanoati 
korxonalarida yuqorida ko'rsatilgan sexlarni eng oxirgi qavatga 
joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Agar bunday sexlar qavatlar o'rtasiga 
joylashtirilsa, zararli chiqindilr va issiqlik boshqa qavatlarga ham o'tib 
ketib, ularning zararlash maydonlarini oshirib yuboradi. Zararli moddalar 
ajratadigan yoki ko'plab issiqlik chiqaradigan jihozlarni ayrim xonalarda 
iloji boricha xonaning chekka tomonlariga devorlar yaqiniga o'rnatiladi. 
Mashinasozlik sanoatida bunday xonalarga temirchilik sexlari, lak-bo'yoq 
ishlarini bajaradigan uchastkalar va detallarga galvanik ishlov berish 
sexlari joylashgan bo'ladi. 
Har xil sanitar-gigienik sharoitga ega bo'lgan ishlarni bir xonada 
joylashtirilganda, ularning zararlovchi omili ta'siri boshqalarga ham ta'sir 
qilmasligini ta'minlovchi chora-tadbirlarni amalga oshirish kerak. Bunda, 
masalan, havo dushlari, zararli mashinalarni ajratish, havo to'siqlari va 
boshqalardan foydalaniladi. Ishlab chiqarish xonalarini yerto'lalarga 
joylashtirish, texnologik jarayon uchun zarur bo'lgan ayrim hollardagina 
yo'l qo'yiladi. 
Xonalarga tabiiy yorug'lik tushishi muhim rol o'ynaydi. 
Shuning uchun ham yoruglik tushiruvchi deraza va tuynuklarning 
joylashishiga alohida e'tibor beriladi va bular albatta hisoblab chiqiladi. 
Tepa tomondan yorug'lik tushishini ta'minlovchi fonarlar holatiga alohida 
e'tibor berish zarur. Chunki sanoat korxonalarida zaharli moddalar 
chiqishini hisobga olib, sanoat korxonasi shamollatish vositalari bilan 
jihozlanishidan qat'i nazar, uni shamollatishning ma'lum vositalari bilan 
jihozlash zarur hisoblanadi. Mana shu shamollatish vazifasini yorug'lik 
tushirishni ta'minlovchi fonarlar amaiga oshiradi. Shuning uchun ham 
yorug"lik tuynuklarining 20% i ochiladigan vositalar bilan ta'minlanadi va 
shamollatish vazifasini bajaradi. Yon tomonga o'rnatilgan derazalar ham 
shu vazifani bajaradi. 
Binolarning devor va shiftlariga ham alohida e'tibor beriladi. Ular 
ishchilarni sovuq va zax havodan saqlashi bilan birga zaharli modda va 
gazlarni shimib olmasligi va bunday moddalarni undan yuvib yuborish 
oson bo’lishi kerak. Binolarning tashqi devorlari albatta qiyin yonadigan 


280 
yoki yonmaydigan qurilish konstruksiyalaridan tayyorlanadi (masalan, 
g'isht, beton, temir-beton va metall konstruksiyalar). Ular bundan tashqari 
issiqlikni saqlash qobiliyatiga ham ega. 
Namlik ko'p bo'ladigan sanoat korxonalari binolari (masalan, 
detallarni yuvish, bo'yash, galvanika uchastkalari) devorlari va shiftlari 
suv va namlikni o'tkazmaydigan qilib tayyorlanadi. 
Ba'zi bir juda zaharli va yemiruvchi xususiyatga ega bo'lgan 
moddalar bilan ish bajaradigan (masalan, simob, qo'rg'oshin, 
mishyak, benzol, kislotalar, oltingugurtli gazlar va boshqalar) 
xonalarda, bino devorlari, pollari va shiftlari bu moddalarni) o'ziga 
jamlab yoki shimib olmasligi, oson yuvib tashlash murnkin bo'lgan 
materiallar bilan qoplanadi. 
Ma'lumki ba'zi bir moddalarning bug'lari (simob, tetraetilv 
qo'rg'oshin va boshqalar) hattoki, uncha katta bo'lmagan 
miqdorlarda ham devor va shift yuzalariga o'tirib qolishi va uzoq| muddat
undan ajralib chiqib, ishlab chiqarishda band bo'lgan kishilarning 
surunkali zaharlanish hodisalari uchraydi. Shuning uchun ham bunday 
binolarning devorlari nitroemal yoki boshqa turdagi turg'in bo'yoqlar 
bilan bo'yaladi. 
Masalan, sanoat korxonalari. Binolarida galvanik ishlarini 
bajaradigan, 
simob 
bilan 
ishlatiladigan 
asboblarni 
ta'mirlashda 
foydalaniladigan, shuningdek, moy bilan ishlatiladigan qurilmalan 
yig'iladigan, akkumulatorlar zaryadlanadigan xonalarning devorlari 2 m 
gacha balandlikda sopol plitkalar bilan qoplanadi. 
Ba'zi bir ko'p chang ajralish bilan boradigan ishlar bajariladigan 
xonalarda (masalan, quymalarni qum oqimi bilan tozalash, shlifovka qilish 
va boshqalar) chang so'rish vositalarini o'rnatish, pol va bino devorlarini 
suv bilan yuvib tozalash imkonini beradigan qilib bajarish kerak. 
Demak, har bir xonani ish bajarish turi, xili va holatiga qarab 
jihozlanadi va bunda sanitariya qoida va me'yorlariga to’la amal qilinadi. 
Sanoat korxonalari xonalari pollariga ham alohida ahamiyat beriladi. 
Pollar issiq, mustahkam, tarang bo'lib, ba'zi bir zarbalarga chidash berishi 
va yetarli miqdorda yukni ko'taraolishi kerak. Undan tashqari sirpanchiq 
bo'lmasligi va tozalashga qulay bo'lishi kerak. 
Mexanika va asbobsozlik sexlarida bino pollari issiqlikni saqlovchi 
materiallardan tayyorlanadi. 
Agar ba'zi bir sexlarda polga ishqor yoki kislota to'kilishi xavfi 
bo'lsa, bunday sexlarning pollari sopol plitkalar bilan qoplanadi. 
Yong'inga xavfli sexlarda pollar yonmaydigan yoki olov ta'siriga 


281 
chidaydigan materiallardan tayyorlanadi. Shuningdek, kislota va ishqorlar 
bo'lgan sexlarda ularni yuvib yuborish imkoniyatini beradigan oqova 
uchastkalari ta'minlanadi. 
Ko'plab yog' mahsulotlari to'kilishi mumkin bo'lgan xonalarning 
poli ham sopol plitkalar bilan qoplanadi yoki betondan juda silliq qilib 
tayyorlanadi. 
Har qanday sanoat korxonasi xonalari yong'in bo'lgan taqdirda 
odamlarni u yerdan chiqarib yuborishning eng qisqa ya xavfsiz yo'llari 
bilan ta'minlanadi. Shuning uchun sanoat korxonalari har qanday binosida 
kamida ikkita chiqish yo'li bo'lishi va bular iloji boricha qarama-qarshi 
tomonga chiqishi kerak. Korxonaning hamma eshik va darvozalari albatta 
tashqariga ochilishi kerak. Har bir sanoat korxonasi uchun eng uzoq ish 
joyidan tashqariga chiqishgacha bo'lgan vaqt muddati belgilanadi. 
Ishchilarni ish joylaridan tashqariga chiqarib yuborish vaqti 3 
minutdan ortiq bo'lmasligi kerak. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling