Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
XV bob. SANOAT KORXONALARINI QURISH VA 
ISHLATISHDA MEHNATNI MUHOFAZA 
QILISHGA QARATILGAN CHORA-TADBIRLAR 
 
XV. 1. Sanoat korxonalarini qurish va ishlatishga qo'yiladigan 


275 
asosiy talablar 
 
Sanoat korxonalarini qurishda birmuncha ijtimoiy, iqtisodiy va 
siyosiy masalalarni yechibgina qolmasdan, ushbu sanoat korxonasi 
qurilayotgan aholi yashaydigan maskanning ekologiya muvozanatiga ham 
e'tibor berish juda muhim masalalardan biri ekanligiga ahamiyat berish 
zarur. 
Har qanday sanoat korxonasi xalq xo'jaligiga zarur bo'lgan sanoat 
mollarini ishlab chiqarishdan qat'i nazar, birinchidan, uni o'rnashtirilishi 
mumkin bo'lgan joyning asosiy xususiyatlarini o'rganishni taqozo qiladi. 
Chunki sanoat korxonasi har qancha bezarar deb topilgani bilan, uning 
ishlab chiqarishi tarkibida ma'him miqdorda xavfli holatlar ham mavjudki, 
bularni hisobga olmaslikning mutlaqo iloji yo'q. Masalan, hozirgi 
zamonaviy texnologiya jarayonlari butunlay chiqindilarsiz ishlashi 
mumkin emas. Bu chiqindilar ma'lum miqdorda suv havzalarini, ko'pgina 
qismi esa atrof-muhitni ifloslaydi. Albatta hozirgi zamon texnologik 
jarayonlarida ifloslangan suvni tozalash vositalari, shuningdek, changli 
havoni tozalash qurilmalari mavjud. Lekin shuni unitmaslik kerakki, bu 
havo tozalash qurilmalarining samaradorligi nihoyatda past, suv tozalash 
vositalari esa ma'him bir qancha kamchiliklardan holi emas. Bundan 
tashqari suv tozalash qurimalarining aksarisi ma'lum miqdorda yig'ilgan 
suvni tozalaydi. Shuning uchun bu suvlar biror bir falokat yoki tabiiy ofat, 
masalan, suv toshqini, jala yog'ishi natijasida suvlarni ifloslanganlarini 
oqizib ketishi, atrofdagi serhosil yerlarni, bog'-rog'larni vayron qilishi, 
zaharlashi va odam yashashi mumkin bo'lmagan holatni vujudga keltirishi 
mumkin. 
Yuqorida 
taxmin 
qilinganlardan 
ko'rinib 
turibdiki, 
sanoat 
korxonalarini aholini suv bilan ta'minlaydigan daryolar, ariqlar va ko' liar 
yaqiniga qurish mumkin emas. 
Bundan tashqari sanoat korxonalaridan faqatgina ifloslangan suv 
emas, balki atrof-muhitni ifloslantiruvchi ko'pgina kimyoviy moddalar
masalan, bo'yash sexlaridan ajraladigan bo'yoqlar tarkibidagi parchalanib 
ketuvchi moddalar: kselol, toluol, atseton, uayt-spirt va boshqalarni 
ko'rsatish mumkinki, bular uchun hozirgi vaqtda samarali havo 
tozalagichlar yo'q. 
Bunday moddalar birmuncha miqdordagi tozalanmagan havo 
tarkibidagi changlarga qo'shilib mutlaqo salbiy holatlarga olib kelishi 
mumkin. 
Yuqorida aytilganlarga xulosa qilib, sanoat korxonalarini qurishda 


276 
ushbu aytilgan zararliklarni hisobga olgan holda ish olib borish, har bir 
mutaxassisning muqaddas burchidir. Bu ishga sovuqqonlik bilan qarash 
butun tabiatga, ekologik muvozanatga, bu bilan birga kishilarning 
yashayotgan maskanlarining umumiy sog'lomligiga va bu bilan butun 
avlodlar oldida javobgarlik hissiga sovuqqonlik bilan qarash demakdir. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling