Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


Vaqti-vaqti bilan o'tkaziladigan yo'riqnoma


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

Vaqti-vaqti bilan o'tkaziladigan yo'riqnoma. Bu yo'riqnomani 
o'tkazish vaqtini fabrika, zavod kasaba uyushmasi qo'mitalari bilan 
kelishgan 
holda, 
sanoat 
korxonasining 
rahbari 
belgilaydi. 
Bu 
yo'riqnomaning mazmuni ish joyidagi yo'riqnoma mazmuni bilan bir xil. 
Yo'riqnomaning kirish yo'riqnomasi singari ish staji, malakasi, 
razryadidan qat'i nazar, hamma ishchilar o'tkazilishi shart. 
Rejadan tashqari yo'riqnoma. Bu yo'riqnoma texnologik 
jarayonning o'zgarishi, yangi mashina va stanoklar kiritilishi va yangi 
materiallardan 
foydalanish 
natijasida 
ish 
sharoitining 
o'zgarishi 
munosabati bilan ishchilarning mehnat xavfsizligini saqlash borasida 
bilimlari yetishmagan hollarda o'tkaziiishi mumkin. 
Bundan tashqari, bu yo'riqnoma ba'zi bir ishchilar tomonidan xavfli 
ish usullaridan foydalanilsa, mehnat intizomi yoki xavfsizlik texnikasi 
qoidalari buzilsa yoki ishchi ishlayotgan joyidan biror bir sabab bilan 
(masalan, kasallik, ta'til) uzilish ro'y bersa, shuningdek, ish joylarida kasb 
kasalliklari va baxtsiz hodisalar yuz bersa shunday yo'riqnorna o'tkazilishi 
mumkin. O'xshash korxonada avariya sa-babli baxtsiz hodisa ro'y 
berganligi haqida xabar eshitilgandan keyin ham rejadan tashqari 
yo'riqnoma o'tkaziladi. 
Kundalik yo’riqnoma. Kundalik ruxsatnoma bilan bajarilgdigan 
xavfli ishlar uchun ish boshlashdan oldin o'tkaziladi. Bu yo'riqnoma 


273 
oikazilganligi haqidagi ma'lumot kundalik ruxsatnomaga yozib qo'yiladi. 
XIV. 8. Mehnatni muhofaza qilish kabineti 
 
Sanoat korxonalarida mehnatni muhofaza qilish masalalarini 
targ'ibot qilish va xavfsizlik texnikasi yo'riqnomalaridan o’tkazish 
maqsadida mehnatni muhofaza qilish kabineti tashkil qilinadi. Bu 
kabinetlarning hajmi mashinasozlik sanoatida ushbu korxonada mehnat 
qilayotgan ishchilar soniga qarab belgilanadi. 
Mehnatni muhofaza qilish kabinetlaridan quyidagi hollarda 
foydalaniladi: 
Ishga yangi kirayotgan ishchi va xizmatchilarni xavfsizlik texnikasi 
va sanoat sanitariyasi bo'yicha yo'riqnomalardan o'tkazish, shuningdek, bu 
yerda kasb-hunar kollejlari va akademik litseylari talabalarini ishlab 
chiqarish amaliyoti vaqtida kirish yo'riqnomasidan o'tkazish. 
Xavfsizlik texnikasi bo'yicha maxsus bilim talab qiladigan ishlarda 
mehnat qilayotgan ishchilar bilan suhbatlar o'tkazish, korxona bosh 
muhandisi tomonidan tasdiqlangan dastur bo'yicha muhandis-texnik 
xodimlar va kasaba uyushmasi faollari bilan mehnatni muhofaza qilish 
masalalarida seminarlar o'tkazish. 
Mehnatni muhofaza qilish haqidagi kinofilmlar namoyish qilish
suhbatlar o'tkazish va ma'ruzalar uyushtirish. 
Sanoatda jarohatlanish va kasb kasalliklarini kamaytirish sohasidagi 
korxona yutuqlarini va turdosh korxonalar yutuqlarini ko'rsatuvchi 
vistavkalar tashkil qilish. 
Mashinasozlik sanoatida mehnatni muhofaza qilish ishlarini 
yaxshilashi mumkin bo'lgan, ishlab chiqarishning yangi usullari, yangi 
materiallar, ishlab chiqarish jarayonlari fan va texnikaning yutuqlarini 
targ'ib qilish. 
Mehnatni muhofaza qilish kabineti yangi zamonaviy modellar bilan 
jihozlanishi, ko'rgazmali qurollar (plakatlar, sxemalar, maketlar, natural 
eksponatlar, diafilmlar) bilan ta'minlanishi ishchi va xizmatchilarni kirish 
yo'riqnomasidan otkazish va muhandis-texnik xodimlar bilan seminar 
o'tkazishga kerak bo'ladigan uslubiy ko'rgazmalar, shuningdek, mehnatni 
muhofaza qilish ma'lumotnomalari va targ'ibotning texnik vositalari 
(kinoproektor, diaproektor, epidioskoz, filmoskoz va boshqalar) bilan 
jihozlanishi, o'qish-o'rgatish qurollari bo'lishi kerak. 
Mehnatni muhofaza qilish kabinetdagi ko'rgazmali qurollar sanoat 
korxonasining ishlab chiqarish xususiyati va unda mehnat qilayotgan 


274 
ishchilar soniga, shuningdek, kelajakda rivojlanish re-jasiga bog'liq. Har 
qanday holda ham mehnatni muhofaza qilish kabinetida quyidagi bo'limlar 
bo'lishi shart: 
— umumiy bo'lim, bu bo'lim mehnatni muhofaza qilishning hamma 
ishlovchilar uchun taalluqli bo'lgan asoslaridan tashkil topadi. Bu bo'limga 
mehnatni muhofaza qilish qonunlari, mehnat gigienasi va ishlab chiqarish 
sanitariyasi, sanoat korxonalarini shamollatish, sanoat korxonalarini 
yoritish masalalari, shovqin va tit-rashdan saqlanish, shaxsiy muhofaza 
vositalari, texnika xavfsizligini asosiy vositalari, elektr xavfsizligi, yong'in 
xavfsizligi; 
— maxsus bo'lim, bunda xavfsizlik texnikasi va ish sharoitini 
sog'lomlashtirishning asosiy ishlab chiqarish jarayonlari. bo'yicha aks 
ettirilishi, masalan, metallarga qirqib ishlov berish, metallaiga bosim bilan 
ishlov berish, elektr va gaz bilan payvandlash, sanoatda xavfsiz ish olib 
borish nazorati obyektlarini ishlatish va boshqalar. 
Kabinet ish rejalarini va eksponatlar tarkibini korxona bosh 
muhandisi tasdiqlashi kerak. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling