Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


XIV. 6. Mehnatni muhofaza qilish qoidalari, me'yor va


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

XIV. 6. Mehnatni muhofaza qilish qoidalari, me'yor va
yo'riqnomalarni buzganlik uchun javobgarlik 
 
Ba'zi bir rahbar shaxslarning o'z ishiga sovuqqonlik va loqaydlik 
bilan qarashi natijasida mehnatni muhofaza qilish tartib qoidalari buzilib, 
baxtsiz hodisa yuz bersa, bu baxtsiz hodisaning og'ir-yengilligi va 
oqibatini hisobga olib, javobgarlik chora-tadbirlari belgilanadi. 
Intizomiy javobgarlik. Hozirgi zamon mashinasozlik sanoati fan va 
texnika taraqqiyotining hamma yutuqlarini o'zida jamlagan murakkab 


269 
dargoh hisoblanadi. Unda oddiy tokarlik stanogidan tor-tib zamonaviy 
programmalashtirilgan agregat stanoklarigacha, oddiy yig'ish maydonidan 
boshlab, mukammallashtirilgan konveyer liniyalarigacha ishlaydi. Bunday
mashinasozlik zavodlari sexlarida bir necha yuzdan tortib, bir necha ming
nafargacha ishchilar mehnat qilishi mumkin. 
Bunday katta sanoat korxonasida mehnat intizomini saqlash, xavfsiz 
ish olib borishning asosi hisoblanadi. Chunki bu yerda mehnat qilayotgan 
ishchining vazifasi va bajaradigan ishi mutaxassisligi bo'yicha texnika 
xavfsizligi me'yorlari darajasida bo'lishi kerak va uni buzgan shaxslarga 
nisbatan ma'muriy javobgarlik tartibida ogohlanitirish, jamoat tartibidagi 
choralar va ma'lum miqdorda jarima to'lash belgilanadi. 
Bunday holatlarda jarima va ogohlantirish buysunish tartibidagi 
rahbar xodimlar tomonidan emas, balki mehnatni muhofaza qil-ishning 
davlat nazorat organlari yoki shahar va tuman kengashi ijroiya qo'mitasi 
tomonidan tashkil qilingan komissiyalarning qarori bilan belglanadi. 
Jinoiy javobgarlik. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarining qo'pol 
buzilishi natijasida og'ir jarohatlanish sodir bo'lsa, bir necha kishi og'ir 
jarohatlansa yoki baxtsiz hodisa o'lim bilan tugasa, bun-day holatda rahbar 
xodim jinoiy javobgarlikka tortiladi. Rahbar xodim vazifasidan chetlatiladi 
va ma'lum muddatga ozodlikdan mahrum qilinadi. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling