Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


XV. 6. Yordamchi bino va yordamchi xonalar


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

XV. 6. Yordamchi bino va yordamchi xonalar 
Sanoat korxonalarining yordamchi bino va yordamchi xonalari 
tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin: sanitar-maishiy xonalari; umumiy 
ovqatlanish joylari; sog'liqni saqlash bo'limlari; maishiy xizmat qilish, 
konstruktorlik xizmatlari; o'quv xonalari (agar kechki yoshlar bilim 
yurtlari bo'lsa); jamoat tashkilotlari joylashgan joylar va boshqalar. 
Bularni me'yoriy hujjatlarga asoslangan holda sanoat korxonasi 
yoniga qurilgan binolarda tashkil qilish tavsiya qilinadi. 
Yordamchi bino va xonalarni sanoat korxonalari asosiy binolari 
tarkibiga kiritish ham mumkin. Lekin bu hollarda sanitar-maishiy va 
boshqa xonalarning holatiga sanoat zararliklari ta'sirida sanitar-gigienik 
sharoitni yomonlashtirishni oldini olgan taqdirdagina ruxsat etiladi. 
Bunday xonalar odatda tozalikka e'tibor berilib, yaxshi jihozlangan, devor, 
shift, pol kabi qurilish yechimlari yaxshilab pardozlangan va qoniqarli 
holatda saqlash imkoniyatini berishi kerak. 
Har qanday yordamchi bino eng kamida ikkita yong'in vaqtida 
odamlarni chiqarib yuborish imkoniyatini beradigan eshik yoki darvoza 
bilan jihozlangan bo'lishi va bu vositalar iloji boricha qarama-qarshi 
tomonga o'rnatilishi kerak. Yordamchi xonalarning ichki hajm birliklarini 
belgilaganda quyidagi ma'lumotlarga asoslaniladi. Har bir qavatning 
balandligi uning yuzasi 300 m
2
gacha bo'lsa, 3,3 m dan kam bo'lmasligi 
kerak. Shu qavatda joylashtirilgan xona balandligi 2,4 m dan kam 
bo'lmasligi kerak. 
Agar shu qavatga ovqatlanish, yig'ilish zallari joylashtirilib maydoni 
300 m
2
gacha, umumiy qavatning 60% qismidan ko'prog'ini egallasa, 
uning balandligi 3,6-4,2 m qilib belgilanadi. 
Ayrim xonalarning balandligi ularda bajariladigan ish turiga binoan 
belgilanadi. Masalan, ma'muriyat xonalari boshqaruvchi shaxslar uchun 
belgilangan xonalar, jamoat ishlarini bajaruvchilar uchun, fizkultura 
mashqlarini bajarish, o'qish, o'qitish, xavfsizlik texnikasi xonasi, sexda ish 


284 
boshqaruvchilar uchun xonalar va boshqalar. Bu xonalarning umumiy 
balandligi 3 m atrofida va maydonlari ma'muriy xonalarda har bir 
ishlovchi uchun 4 m
2
, chizmakashlik ishlarini bajaruvchilar uchun 6 m 
miqdorda belgilanadi. 
Ma'muriy binolarning qurilishiga qo'yiladigan talablar ularni zavod 
hududining chekkarog'ida bir necha qavatli qilib qurish imkoniyatini 
beradi. Agar bunday imkoniyat bo'lmasa, sexlar yonida bo'sh qolgan 
maydonlarga qurish mumkin. 
Ma'muriy binolarga kunning yorug' vaqtlarida tabiiy yorug'likning 
iloji boricha ko'proq vaqt ta'minlanishini ko'zda tutish kerak. Chunki bu 
binolarda joylashtirilgan dam olish, tibbiyot xizmati ko'rsatish, ayollar 
uchun bola emizish, o'quv va maishiy dam olish xonalari joylashtirilgan 
bo'ladi. 
Sanitar-maishiy xonalar qatoriga garderoblar, dush xonalari, 
xojatxonalar, yuvinish xonalari, ish kiyimlarini zararsizlantirish, ish 
kiyimlarini quritib, changdan tozalash, ayollar shaxsiy gigienasi uchun 
mo'ljallangan xonalar, shuningdek, ayollarga bola emizish uchun 
mo'ljallangan xonalar kiradi.
Shuningdek, sanoat korxonasi hududida mehnat qilayotganlar
uchun qish kunlari asinish xonalari tashkil etiladi. Bu xonalar sanoat 
korxonasi yoniga ijoylashtirilgan yordamchi binolarda bo'lsa ham,
albatta isitilishi, agar ayrim joylashgan binoda bo'lsa, asosiy ish 
joyiga o'tish yo'llari bilan ta'minlangan va bu o'tish joylari isitiladigan 
bo'lishi kerak. 
Maishiy xonalar, albatta tabiiy yorug'lik yordamida yoritilishi va 
o'tish joylarida tabiiy yorug'lik tushishi ta'minlanishi va umuman tabiiy va 
sun'iy shamollatish vositalariga ega bo'lishi kerak. 
Garderob xonalarda, hojatxonalarda, shuningdek, dush va yuvinish 
xonalarida suv bilan yuvib tozalash imkoniyatini beradigan plitkalar 
yotqizilgan pol bo'lishi tavsiya etiladi. Ayollar shaxsiy gigiena xonalari 
ham shunday qilingani ma'qul. Ularni rangli yoki ochiq rangli plitkalar 
bilan jihozlash yaxshi natija r beradi. Devorlar 1,8 m balandlikda oq rangli 
plitkalar bilan jihozlash, ularni suv bilan (shuningdek, issiq suv bilan ham) 
yuvib tozalash imkoniyatini beradi. Shiftlarni yog'och materiallar, ba'zi 
hollarda plastmassa materiallar bilan jihozlanadi. Bu esa shiftdan suv 
tomchilari tomishini oldini oladi. Shiftlar, odatda, moyli bo'yoqlar bilan 
ochiq rang beradigan qilib bo'yaladi. 
Ish va uy kiyimlarini saqlash uchun garderoblar, hojatxonalar, 
yuvinish va dush xonalari erkak va ayollar uchun ayrim holatda tashkil 


285 
etiladi. 
Garderoblar asosan ish kiyimlari, uy kiyimlari, kishilik va maxsus 
kiyim-boshlar uchun mo'ljallanadi. Garderoblarda kiyimlar yopiq holatda 
(qo'llash asosida) yoki ochiq holatda, ya'ni kiyimlar maxsus ilgichlar 
yordamida osib qo'yilgan holda saqlanishi mumkin. 
Garderoblar hamma sanoat korxonalarida o'z-o'ziga xizmat 
ko'rsatish tartibi joriy qilingan. 
Har xil kiyimlarni saqlash uchun turlicha shkaflar tashkil qilingan. 
Bunda asosan har tomonlama berk, faqat oldi tomoni, yoki butunlay ochiq, 
yoki qulfsiz eshikchali, yoki qulfli eshikchalar o'rnatilgan bo'lishi 
mumkin. Bunday shkaflarning bo'yi 165 sm, chuqurligi 30 sm va eni 25-
40 sm atrofida tashkil etish tavsiya etiladi. 
Bunday shkaflarning soni ishchilar soniga teng bo'lishi kerak. Agar 
yopilmaydigan uzun, bo'linmagan garderoblar tashkil qilingan bo'lsa, 
bunda ularga ilinishi kerak bo'lgan ish kiyimlar soniga qarab belgilanadi. 
Bunda har bir metr masofaga 6-8 ilgich joylashadi deb hisoblanadi. 
Dush xonalari garderoblar joylashgan joyga yonma-yon joylashtirish 
kerak. Dush xonalarini tashqi devorga taqab qurishga ruxsat berilmaydi. 
Ochiq dush xonalari 0,9 x 0,9 m, bekiladiganlari esa 1,8 x 0,9 m bo'lishi 
kerak. Dush xonalari dush setkalari va sovun qo'yish tokchalari, suv ta'sir 
qilmaydigan pardalar bilan ta'minlanadi. Dush xonalari oldida maxsus 
kiyim almashtirish joylari tashkil qilish kerak. 
Hojatxonalar boshqa sanitar-maishiy xonalardan farqli o'laroq, sex 
joylashgan binoning o'zida joylashtirishga ruxsat etiladi. 
Ular ish joylaridan 75 m dan uzoq bo'lmasligi kerak. Agar hojatxona 
sanoat korxonasi hududida joylashgan bo'lsa, umumiy ish joylaridan 150 
m dan uzoq bo'lmasligi kerak. Agar sanoat korxonasi ko'p qavatli 
binolardan tashkil topgan bo'lsa, hojatxonalar har qavatda bo'lishi kerak. 
Hojatxonalardagi xonalar soni ishchilar soniga qarab belgilanadi. Bunda 
15 ishchiga bir xona tartibida joylashtiriladi. 
Yuvinish xonalarini kishilik kiyim garderoblari joylashgan 
xonalarga yondash qilib ta'minlash kerak. Umuman ba'zi bir bajariladigan 
ishlarning tavsifiga qarab, yuvinish joylarini ish joylari yaqinida tashkil 
etishga ruxsat etiladi. 
Umumiy yuvinish joylariga o'rnatilgan kranlar soni ishchilar soniga 
qarab, ya'ni erkaklar uchun 3-15 kishiga, ayollar uchun 3-12 kishiga bir 
kran hisobida ta'minlanadi. 


286 


287 
XVI bob. FUQAROLAR MUHOFAZASI 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling