Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd
Shamollar, bo'ronlar va uyurma bo'ronlar
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
hayotfaoliyatixavfsizligi
Shamollar, bo'ronlar va uyurma bo'ronlar. Shamollar tabiatning
oddiy hodisasi sifatida qaraladi. Ammo ular kuchayganda tabiatning haqiqiy ofatiga aylanadi va bu ofat minglab odamlarning umriga zomin bo'lishi, uylarning tomini va hattoki, o'zini ham yakson qilishi, avtomobillarni ag'darib tashlashi, dengizlardagi kemalarni cho'ktirib yuborishi, ba'zi hollarda kuchli tayfunlar butun shaharlarni vayron qilishi va keltirib chiqaradigan vayronaliklari bilan zilziladan qolishmaydigan tabiiy ofatlar sirasiga kiradi. Ular katta kuchdagi siklon sifatida tabiatning asosiy harakatlantiruvchi kuchi sifatida katta maydondagi antisiklonlar tevaragida vujudga keladi. Shamollarning tezligi bo'ronlar davrida nihoyatda katta tezlikni hattoki, tovush tezligidan ham oshib ketishi mumkin (tovush tezligi havoda 331,8 m/s==1194 km/soatni tashkil qiladi). Ma'lumki bo'ronlar okeanlar va dengizlar bo'ylarida joylashgan mintaqalar va mamlakatlarga katta zarar yetkazadi. 21-jadval al lar Tezlig i Shamo l tavsifi Ta'sir darajasi m/s km/ soat 0 0 0 0 Shamol butunlay sezilmaydi. Trubalardan chiqayotgan tutun vertikal ko'tarilmoqda 1. 0,9 3,24 Tinch Trubadan chiqayotgan tutun qisman bir tomonga og'adi 305 2 2,4 8,64 Yengil shabad a Odam yuziga yengil shabada seziladi. Daraxtlar barglarida shitirlash eshitiladi. 3 4,4 15,84 Kuchsi z shamol Daraxtlarning novdalari va barglari tinmay harakat qila boshlaydi, Osilgan bayroqlar hilpiraydi 4 6,7 24,12 O'rtach a kuchda gi Daraxtlarning ingichka novdalari va shoxlari harakatga keladi. Shamol yerdagi xas-xashaklarni ko'tarib to'zg'itadi 5 9,3 33,48 Kucha y-gan shamol Ingichkaroq daraxtlarning tanalari egila boshlaydi. Dengizlarda kichik to'lqinlar paydo bo'ladi va suv yuzida ko'piklar hosil bo'ladi 6 12,3 43,3 Kuchli shamol Daraxtlarning yo'g'onroq shoxlari ham tebrana boshlaydi. Telefon simlari guvillab ovoz chiqaradi. Dengizlarda to'lqinlar kattalashadi 7 13,5 55,8 Juda kuchli shamol Daraxtlarning tanalari harakatlana boshlaydi. Odamlarning shamolga qarshi yurishi qiyinlashadi. Dengizlarcfe ko'pikli to'lqinlar paydo bo'ladi 8 18,9 68,4 O'ta kuchli shamol Daraxtlarning shoxlari sina boshlaydi. Shamolga qarshi yurish juda qiyinlashadi. Dengizlarda to'lqinlar balandlshadi va uzunlashadi 9 22,6 79,4 Bo'ron Binolarning tomlari va ba'zi joylari yemiriladi. Daraxtlar egilib sinishi boshlanadi. Dengiz kuchli to'lqinlanadi. To'lqinlar to’ntarila boshlaydi 10 26,4 95 Kuchli bo'ron Binolarning ko'pchiligi anchagina zararlanadi. Daraxtlar sinadi yoki ildizi bilan yulinib chiqadi. Dengiz to'lqinlari juda kattalashib ketadi. 11 30,5 109,8 Juda kuchli bo'ron Binolarga jiddiy zarar yetadi. Uvlarning tomlari uchib ketadi. To'lqinlar shunchalar kattaki o'rtacha hajmdagi kemalar ko'rinmay ketadi 12 34,8 122,2 8 Dovul Hamma narsaga katta zarar yetkazadi. Yog'och uylarni batomom buzadi voki ularni uchirib ketadi 13 39,2 144,6 Kuchli dovul Hamma narsaga kuchli zarar yetkazadi 14 43,8 157,6 8 Juda kuchli dovul Yo'lida uchragan Jiamma narsani buzib yuboradi 306 15, 16, 17 48,6 3 0,6 undan ortiq 74,9 2,6 210,9 6 unda n ortiq O'ta kuchli dovul Yo'lida uchragan hamma narsani buzib yuboradi Shamollar kuchi 1806-yilda Angliyalik admiral Bofort tomonidan taklif qilingan 12 balli shkala bo'yicha belgilanar edi. 1946-yilda 12 nchi bal uchun bo'ronning oltita bo'limi kiritildi va bu shkalaga Xromov va Momontovlar tomonidan metr birliklarida aniqlik kiritildi va bu Butun dunyo obi-havo xizmati tashkilotlari tomonidan qabul qilindi. Hozir shu shkaladan foydalaniladi va u 20-jadvalda berilgan. Dovullar yetkazgan zararlarni aniqlash injenerlik hisoblarida bu shkala talabiga javob bermaydi. Atlantika okeanida tezligi 245,5 km/soatni tashkil qiladigan dovullar tez-tez bo'lib turadi. Bundan katta tezlikdagilari, ya'ni 402 km/soat va hattoki 644 km/soatga yetgan dovullar uchragan. Uyurma harakat hosil qiluvchi bo'ronlarning tezligi tovush tezligidan oshib 1200 km/soatni tashkil qilgani ma'lum. Uyurma dovullar (bular siklonlar deb ataladi, tropik va ichki siklonlarga bo'linadi). bu havoda konussimon aylanma harakat hosil qilib, bu aylanma harakat shimoliy rayonlarda soat strelkasiga teskari va janubiy rayonlarda soat strelkasi bo'yicha bo'ladi. Tropik bo'lmagan kengliklarda paydo bo'lgan va rivojlanayotgan siklonning kengligi boshlanishida taxminan ming kilometrlar atrofida bo'lsa, rivojlangandan keyin uning o'rtalarida bir necha ming kilometrni tashkil qiladi va shamol tezligi 6-8 ballni tashkil qiladi. Shamol tezliklari o'ta kuchli bo'ronlardan quturgan bo'ronlargacha bo'lishi mumkin. Tropik siklonlar tropik mintaqalarda vujudga kelib, uning o'rtacha kengligi bir necha yuz kilometrni va balandligi 6-15 km ni tashkil qilishi mumkin. Siklonning markazida havo bosimi nihoyatda past kuchsiz shamol va past suzib yurgan bulutlardan tashkil topadi. Bu qalin bulutlar bilan o'ralgan bo'ladi va bu o'ram quturgan bo'ron tezligida aylanma harakat qiladi. Atlantika okeanida hosil bo'ladigan tropik siklonlar «quturgan bo'ronlar» (uragan) va Tinch okeanidagilari «to'fonlar» (tayfunlar) deb yuritiladi. Dovul—shamolning kuchi 12 ballga yetadi. Uning tezligi 32 m/sek dan ortiq bo'ladi. U o'z yo'lida uchragan hamma narsani yemirib buzib yuboradigan kuchga ega. Dovul kuchini bir necha termoyadro qurolining portlash kuchiga tenglashtirish mumkin. AQSh gidrometeorologiya xizmatining 1900-1950-yillardagi statistika 307 ma'lumotlarida ko'rsatilishicha, quturgan bo'ron kinetic energiyasi markazidan 160 km radius bo'yicha 151—188 Mt yadro zaryadining portlash quwatiga teng bo'lgan. Xalq xo'jaligi binolari va qurilishlariga dovullarning ta'siri zilzilalar ta'siridan kam emas. Bunda shuni ham aytib o'tish kerakki, yer silkinishi 10 yilda bir marta bo'lishi mumkin. Quturgan bo'ronlar yiliga bir necha marta bo'ladi. Shuning uchun qutirgan bo'ronlar tabiatning eng kattaj quvvatli kuchi sifatida tan olinadi. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling