Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

To'fonlar. Tinch okeanida paydo bo'ladigan va kuchi eng kuchli 
dovul kuchidan qolishmaydigan hodisa bo'lib, kuchli jalalar bilan keladi. 
U dengizda nihoyatda katta to'lqinlar hosil qiladi va bu to'lqinlar sohillarga 
toshib ketadi va yaqin o'rtadagi qishloqlarni suv bosadi hamda bir necha 
rayonni qamrab olishi mumkin. To'fonlar quruqlikka yetib kelgandan 
keyin tezda so'nadi. Uning boshlanishi havo bosimining keskin pasayishi 
bilan belgilanadi. 
To'fonlarning yemirish va buzish kuchi nihoyatda katta 
bo'lganligini hisobga olib, ba'zi bir davlatlarda uni o'rganish va-bashorat
qilish ishlarini amalga oshirish uchun maxsus davlat tashkilotlari
tuzilgan. Bundan hosil bo'ladigan energiya o'nlab yadro zaryadlari
portlashidan hosil bo'ladigan energiyaga teng bo'ladi. To'fonlar 
Yaponiya, Xitoy va AQSh hududlarida tez-tez bo'lib turadi (yiliga 120 
martagacha). 
Kuchli bo'ronlar Bofbit shkalasi bo'yicha 9—11 ballni tashkil
qiladi. Ular suvda kuchli to'lqinlar hosil qiladi, quruqlikda birmuncha uy-
joylarni buzadi, daraxtlarni sindiradi va qurilish kranlarini ag'darib 
yuboradi va h. k. 
Bo'ronlar. Kuchli bo'ronlar va dovullarning quruqlikdagi turi bo'lib, 
uyurma harakat qiluvchi va chang-to'zon ko'taruvchi turlarga bo'linadi. 
Ular qora, qizil, sariq-qizil, oq, chang, qum va qor bo'ronlariga bo'linadi. 
Yer sharining turli burchaklarida ular turlicha nomlanadi (masalan, 
O'zbekiston janubiy rayonlarida afg'on bo'roni deb yuritiladi). Bo'ronlar 
tezligi 20-30 m/sek ga boradi. Bu bo'ronlarning o'ziga xos xususiyati 
shundaki, ularning havosining nisbiy namligi juda past bo'lganligi sababli, 
yerni quritib uni erroziyaga uchrashga olib keladi va bunday bo'ronlar 
bo'lib turadigan joylarga ekilgan ekinlarning urug'larini tuproq bilan birga 
uchirib ketadi yoki unib chiqqan ekinlarning ildizi ochilib qolganligi 
uchun hosil olish umidini yo'qqa chiqaradi. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling