Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

Suv toshqinlari. O'zbekiston Respublikasi hududida suv toshqinlari 
Respublikamiz hududida tashkil qilingan suv omborlaridan biror bir 
ko'ngilsiz voqea sababi bilan damba va boshqa suv to'siqlarining buzilib 
ketishi natijasida bu suv omboridan pastroq hududlarning hammasida suv 
toshqini xavfi paydo bo'ladi. Bunday suv omborlari sug'oriladigan 
hududlarning hammasida tashkil qilinganligi sababli bu xavf hamma 
viloyatlar hududlarida ham mavjud. Yana shuni ham ta'kidlash kerakki, 
Respublikamiz hududining ko'pgina qismini tog'li rayonlar tashkil qiladi. 
Bunga misol tariqasida Toshkent viloyati, Farg'ona vodiysi viloyatlarining 
bir qancha tumanlari, Surxondaryo va Qashqadaryo tumanlarini ko'rsatish 
mumkin. Bu hududlarda bahor faslida bo'ladigan yog'ingarchilik vaqtida 
do'l va sellar bo'lib turadi. Tog'li rayonlarda bo'ladigan bunday sellar 
tog'larda yig'ilgan suvlar vodiylarga yo'nalganligi sababli katta sel bo'lgan 
taqdirda suv o'z yo'lidagi toshlarni ham oqizib vodiylarga toshib ketishi va 
buning natijasida katta vayronagarchilikka sabab bo'lishi mumkin. 
Bu viloyatlarning deyarli hammasida vodiy tomonga oqadigan 
daryo va soylarning hammasi muhofaza vositalari bilan ta'minlangan. 
Shunday bo'lishiga qaramay ba'zi bir tumanlarda hisobga olinmagan 
hodisalar bo'lib turadi. Tog'li sel kelish ehtimoli bo'lgan joylardan odamlar 
xavfsiz joylarga ko'chirilgan bo'lsa ham u yerga o'rgangan ba'zi dehqonlar 
vaqtincha joy qilib, u yerdagi serhosil yerlardan foydalanishga harakat 
qilgan hollarda, sel kelishi ular uchun xavfli vaziyat paydo qilishi 
mumkin. 
Ma'lumki, agar suv omborlaridagi dambalar va to'g'oniar 
shikastlanishi natijasida suv toshqini bo'lishi xavfi sezilsa, unda suvning 


303 
aholi yashash joylarigacha yetib kelish vaqti 3—4 soatni tashkil qiladi. 
Shu davr mobaynida aholini va chorva mollarini hamda eng kerakli asbob-
anjomlarni suv bosishi mumkin bo'lgafi joydan xavfsiz joyga ko'chirish 
chora-tadbirlari ko'riladi. 
Avvalo suv toshqinlari bo'lishi ehtimoli bo'lgan joylarga xo'jalik 
binolari va bar xil sanoat inshootlari, odamlar yig'ilishi kerak bo'lgan 
binolar qurilmaydi. Ba'zi bir majburan qurilgan binolar ham xavfni 
qaytarish imkoniyatini beradigan yoki xavfning oldini olishga qaratilgan 
chora-tadbirlar ko'rilgandan keyin qurilishi mumkin. 
Suv toshqinlari vaqtida qutqaruvchiJarning asosiy vazifasi suv 
toshqini vaqtida u yerdan chiqib ketishga ulgurmagan odamlarni qutqarib 
moddiy boyliklarning iloji boricha kam zararlanishini ta'minlash, agar 
vaqtincha dambalar qurish yo'li bilan ba'zi bir xalq xo'jaligi obyektlarini 
va moddiy boyliklarni saqlab qolish imkoniyati bo'lsa, unda bu ishni 
amalga oshirish chora-tadbirlarini ishga solishdir. Undan keyingi ishlar 
bizdagi suv omborlarida saqlanayotgan suv cheksiz bo'lmaganligi sababli 
u tez orada kamaya boshlaydi. Bunda zararlangan binolarni butunlay 
buzilib vayron bo'lib ketmasligini ta'minlashga qaratilgan injener-texnik 
ishlarni amalga oshirishga to'gkri keladi. Bu ishlar qatoriga buzilmagan 
binoJarning turg'unligini ta'minlashga qaratilgan ishlar, podval va pastki 
qavatlarda yig'ilib qolgan suvlarni nasoslar va boshqa yordamchi vositalar 
yordamida chiqarib yuborish va shu joylarda bo'lgan ba'zi bir moddiy 
boyliklarni xavfsiz joylarga ko'chirish va ko'chirilgan aholini vaqtincha 
yashash joylari bilan ta'minlash kiradi. Toshqin bo'lgan hudud 
kommunikatsiyalarini tiklash ishlarini bajarish ham favqulodda hodisalar 
qutqaruvchilari zimmasiga tushadi. 
Dunyoning boshqa hududlarida, masalan, Rossiyada suv toshqinlari 
deyarli har yili bahorda bo'ladigan odatiy hoi hisoblanadi. Sibir 
daryolarining deyarli hammasi Shimoliy muz okeaniga quyiladi. Bu 
daryolarning boshlanish joylari asosan janubiy tog'li rayonlarga to'g'ri 
keladi. Bu hududlarda yog'ingarchilik ko'p bo'ladi, erigan qorlar awal 
janubdan boshlanib, undan keyin shimolga yo'naladi va bu vaqtda daryo 
o'zanlari boshdan oxirigacha muzlaganligi sababli bu suvlar muz ustidan 
harakatlana boshlaydi va shimoliy rayonlar hali isib ulgurmaganligi 
sababli bu suvlar muzlaydi va daiyo o'zanini yanada yuzalanishiga sabab 
bo'ladi. Ma'lum darajada yig'ilgan suvlar yana o'zan bo'ylab yo'naladi va 
muzlaydi. Shunday qilib, daryo o'zani to'liq muz bilan qoplanadi. Agar 
havoning isishi bir maromda borganda edi, unda ma'lum suv bosishi kerak 
bo'lgan tekisliklarni suv bosib keyin asta-sekin yo'nalish bo'ylab ketgan 


304 
bo'lar edi. Bu davrda daryoning boshlanish qismida havo isib ketsa, u 
yerdagi muzlar juda tez eriy boshlaydi va bu katta miqdordagi suvni 
muzlab yotgan daryo o'zanidan o'tkazish imkoniyatiga ega bo'lmay qoladi. 
Natijada suv butun hududni bosib ketishi mumkin va bunda hali toshdek 
qotib yotgan muzlarni sun'iy ravishda eritish chora-tadbirlari yoki ularni 
kuchli portlashlar uyushtirish yo'li bilan qo'porib suv yo'lini ochishga 
to'g'ri keladi. 
Bunga 2001-yilgi voqealarni misol tariqasida keltirish mumkinj 
Rossiya televideniyasining axborotiga qaraganda bu yilgi toshqinlarj 
Irkutsk oblastiga 9 mid rubl miqdorda zarar keltirgan, Yoqutistongaj 
yetkazilgan zarar bundan bir necha marta katta ekanligi; ta'kidlanmoqda. 
Yoqutistondagi ba'zi qishloqlar butunlay vayron! bo'lganligi sababli ularni 
boshqa joyga ko'chirish ishlari olib; borilmoqda. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling