Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


XVI.5. Tabiiy ofatlardan muhofazalanish yo'llari


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

 
XVI.5. Tabiiy ofatlardan muhofazalanish yo'llari 
Yuqorida ta'kidlab o'tganimizdek, tabiiy ofatlar hozirgi zamon jahon 
hamjamiyatining hamma xalqlari uchun birdek xavfli bo'lgan, ayniqsa, 
tabiiy ofatlar bo'lishi mumkin bo'lgan hududlarga joylashgan xalqlar 
uchun juda katta yo'qotishlar va tashvishlar olib keladigan va keltiradigan 
zarari hattoki, yadro quroli darajasidan kam bo'lmagan ofat hisoblanadi. 
Shuni ham ta'kidlash joizki, tabiiy ofatlarning ba'zi birlarini paydo 
bo'lishidan birmuncha vaqt oldindan bilish imkoniyati bo'lsada, ba'zi 
birlari, masalan, yer qimirlashni hozirgi zamon fani birmuncha yutuqlarga 
erishgan bo'lishidan qat'i nazar, hozir aniq aytib berish imkoniyati 
chegaralangan. Agar fanda erishilgan yutuqlardan foydalanib tabiiy 
ofatlarni bo'lish muddatini oldindan aytib berish imkoniyati bo'lganda, 


317 
uning oqibatida kelib chiqadigan qurbonlar va ancha katta miqdordagi 
moddiy boyliklar saqlab qolingan bo'lar edi. Hozirgi zamon fani 
yutuqlaridan foydalanib tabiiy ofatlarning turlaridan biri bo'lgan qishloq 
xo'jaligi zararkunandalarining keng ko'lamda ko'payib ketishini va ba'zi 
bir kasalliklar tarqalishini oldini olishga qaratilgan ba'zi bir holatlarni 
oldindan bashorat qilish imkonyati tug'ildi. Buning uchun ko'p yillik 
yig'ilgan statistika ma'lumotlaridan foydalanib bunday sharoitlarning 
takrorlanish davr oraliqlari aniqlanadi va yer sun'iy yo'ldoshlari 
yordamida olingan quyosh aktivligi davriy qaytarilishi muddatlarini olib 
solishtiriladi, 
shuningdek, 
ularni 
obi-havo, 
zilzilani 
o'rganish, 
vulqonshunoslik va boshqa kuzatuv stansiya ma'lumotlari olinib, umumiy 
hisob qilib chiqiladi. Masalan, mamlakat miqyosida xalqaro kelishuvga 
asosan to'fonlar, bo'ronlar, vulqonlar otilishi va sel oqimlari haqidagi 
ma'lumotlar yerning meteorologik yo'ldoshlari yordamida olingan 
ma'lumotlar asosida bashorat qilinadi. Yer qimirlashlarni esa yer qimirlash 
xavfi bo'lgan zonalarda suvning kimyoviy tarkibini muntazam o'rganish, 
yer yuzasi holatini geodezik o'lchash, tuproqning elastiklik, elektr va 
magnik xususiyatlarini o'lchash, quduqlarda suv sathining o'zgarishini 
o'rganish va hayvonlar, sudralib yuruvchilar, baliqlar va qushlarning o'zini 
tutish holatlariga qarab bashorat qilinadi. 
O'rmonlar va cho'llardagi keng miqyosdagi yong'inlarni ularning 
obi-havo sharoiti, harorati, joylashish mintaqasi, statistika ma'lumotlari va 
boshqa qo'shimcha ma'lumotlar koeffitsiyentlari yig'indilaridan kelib 
chiqadigan xulosalar asosida bashorat qilinadi. 
Tabiiy ofatlarni kelib chiqishini oldini olishga qaratilgan chora-
tadbirlarning ba'zi bir yo'nalishlari ustida ham ish olib borilmoqda, 
jumladan, yonayotgan o'rmonlarni ustiga sun'iy yomg'ir yog'dirish, 
shuningdek, bunday yomg'irlar qurg'oqchilikka qarshi ham yaxshi natija 
beradi, do'l yog'ishini oldini olish uchun bulutlarni raketalar yordamida 
snaryadlar bilan kimyoviy moddalar sepish yo'li bilan ularni yomg'irga 
aylantirish, 
shuningdek, 
bunday 
vositalar 
yordamida 
atmosfera 
qatlamlarida paydo bo'layotgan bo'ronlar va to'fonlar hosil qilish mumkin 
bo'lgan jarayonlarni boshlang'ich etaplarida yo'qotish va uning iloji 
bolmasa, kuchini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish 
ustida butun dunyo miqyosida tinmasdan izlanishlar olib borilmoqda. 
Yer yuzidagi aholining ko'pchilik qismi yer qimirlashi xavfi ostida 
yashaydi. Shuning uchun ham bu yo'nalishdagi ishlar butun dunyo 
miqyosida olib borilmoqda. Bu sohada yer sharining har xil burchaklarida 
1200 seysmik stansiyalar faoliyat ko'rsat-moqda. 


318 
Hozirgi vaqtda yer qimirlashiga qarshi vositalar sifatida sun'iy yer 
qimirlashlar tashkil qilish masalasi asosiy masala hisoblanadi. Xalqaro 
seysmologiya institutlarining ba'zi bir ko'zga ko'ringan namoyandalari 
tabiatda hosil qilingan sun'iy yer qimirlashlar yer ostida yig'ilgan 
kuchlanishlarni tashqi turtki natijasida buzib yuborish yoki birmuncha 
oldinroq bu kuchlarni ishga solib yuborish ko'p miqdorda yig'ilgan 
potensial energiyani o'zicha yer qimirlashning tabiiy holati sifatida 
sarflanishiga qaraganda ancha kam zarar yetkazishi mumkinligi haqida 
so'z yuritmoqdalar. Bu fikr mulohazalarning dalili sifatida Simipalatinsk 
yadro poligoni seysmik hududga joylashgan bo'lishiga qaramay, u yerlarda 
o'tkazib kelingan yer osti yadro quroli sinovlari natijasida bu yerda va 
unga 
yaqin 
joylashgan 
Olma-Ota 
hududlarida 
yer 
qimirlash 
bo'lmaganligini ko'rsatmoqdalar. Avvallari bu yerlar zilzila xavfi bo'lgan
hududlar hisoblanardi. Bu keltirilgan mulohazalar munozarali
bo'lsa ham, undan taxminiy yo'nalish (gipoteza) sifatida
foydalanish mumkin. Buning uchun hozirgi ilm-fan rivojlanishi 
natijasida olingani bashorat bilan yer osti, jarayonlari kuchaygan va zilzila 
yuz berishi muqarrar bo'lib qolgan hududda uncha katta bo'lmagan yadro 
zaryadini yer ostida portlatish u yerda yig'ilgan kuchlanishlarni 
kuchsizlantirishga olib kelishi mumkin. Bu ehtimol zilzilani oldini
olishning yaqin kelajakdagi imkoniyat darajasi bo'lishi mumkin. 
Zilzila oqibatlarini susaytirishning sinalgan va ishlatib-kelinayotgan 
usuli ham mavjud. Bu zilzila bo'lishi mumkin bo'lgan hududlarda 
qurilayotgan binolarni zilzilaga bardoshli qilib qurishdir. Zilzila vaqtida 
asosan zilzilaga bardoshliligi hisobga olinmay, qurilgan imoratlarning 
qulashi natijasida ko'plab qurbonlar berilishi aniq. Buni 1966-yilgi 
Toshkentda bo'lgan zilzila oqibatlarini tahlil qilingan ma'lumotlardan ham 
ko'rsa bo'ladi. Bu yerda qulagan binolarning deyarli hamrnasi zilzilaga 
bardoshliligi! hisobga olinmasdan qurilgan eski shahar atrofidagi eski 
binolar edi. Qisman zilzilaga bardoshliligi oshirilgan eski ota-
bobolarimizdan qolgan sinch devorli binolarning zilzila o'chog'i bo'lgan 
tumanda ham o'z barqarorligini yo'qotmagani ma'lum. Demak, binolarni 
zilzilaga bardoshliligini oshirish zilzila oqibatlarini kamaytirishning asosiy 
omili hisoblanadi. Bunga misol tariqasida zilzilaga bardoshliligi oshirilgan 
Yaponiyadagi ko'pgina osmono'par binolar zilzilaga bardosh berganini va 
talofotlar kamayganini ko'rsatish mumkin. Shuni ham ta'kidlash kerakki, 
bunday vositalar bizda qabul qilingan shkala bo'yicha 9 baldan ortiq 
bo'lmagan zilzilalar uchun belgilangan chora-tadbirlar hisoblanadi. Rixter 
shkalasi bo'yicha 9 balli zilzilaga hech qanday bino bardosh bera olmasligi 


319 
aniq. Olimlarning bashoratiga qaraganda bizning hududimizda bo'ladigan 
yer qimirlashlar oddiy o'zimizda qabul qilingan 12 balli shkala bo'yicha 8 
balldan oshmasligi ta'kidlanadi. 
Tabiiy ofatlardan saqlanishda turlicha usullardan foydalaniladi. 
Dunyoning ko'plab hududlarida kuzatiladigan tabiiy ofatlar bizning 
Respublikamizda deyarli uchramaydi. Masalan, Rossiya Federatsiyasi 
ko'pgina hududlarida bo'ladigan suv toshqinlari, ayniqsa, bahor faslida 
kuzatiladigan muz ko'chishi bilan bo'ladigan toshqinlar ahyon-ahyonda 
tog'li hududlarda kuzatilsa ham unday holat doimiy emas. Shuning uchun 
biz diqqat-e'tiborni hududimizda sodir bo'lishi aniq va doimiy bo'ladigan 
tabiiy ofatlar sirasiga kiradigan zilzilalar va yong'inlar haqida 
sumumiy ma'lumotlar bilan tanishib chiqamiz. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling