Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd
Qor bosish va qor ko'chishlar
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
hayotfaoliyatixavfsizligi
Qor bosish va qor ko'chishlar. O'zbekiston Respublikasi hudu-
dida birmuncha tog'li rayonlar mavjudligini aytib o'tgan edik. Bu rayonlarda kuchli qor bo'ronlari bo'lib turadi. Hozirgi vaqtda temir yo'llar va avtomobil yo'llarini Respublikamiz viloyatlarini bir-birlari bilan aioqasini mustahkamlash va yo'l chiqimlarini kamaytirish maqsadida, yo'llarni o'z yerlarimiz orqali boshqa davlatlar hududini kesmasdan o'tkazish chora-tadbirlari ko'rilmoqda. Bunda ko'pgina yo'llar tog'lar osha o'tganligi sababli bu yo'llarni qor bo'ronlari va qor ko'chkilaridan himoya qilish ehtiyoji tug'ilmoqda. Bunday hollarda avtomobil va temir yo'llarida xavfsizlikni 316 ta'minlash ikki usulda olib boriladi. Birinchisi, oldindan tayyorgarlik ko'rilib qor bosishi mumkin bo'lgan joylarga qordan to'sish vositalari o'rnatiladi va ikkinchisi, maxsus qorni vaqtida tozalab turish xizmati tashkil qilinadi. Bunda qor kurashning zamonaviy usullaridan: traktorlardan, avtomobillardan va boshqa kuchliroq vositalardan foydalaniladi. Qor bo’ronlari O'zbekiston hududida juda katta falokatlarga olib keladigan tabiiy ofat hisoblanmaydi. Tog'lardagi qor ko'chish hodisasi xavfliroq ofat hisoblanadi. Qor ko'chishi asosan tog' yon bag'rilarida qiyaliklar 45 va undan ortiq bo'lgan hollarda qor ko'p yog'ishi hisobiga cho'qqilarda paydo bo'lgan qorning pastga qarab siljishi tik qiyaliklarda juda dahshatli tus oladi, ya'ni yo'lidagi hamma qor to'plamlarini va uning ostida bo'lgan bo'shroq holatda bolgan toshlarni ham ko'chirib nihoyatda katta hajmga ega bo'lgan massa sifatida quyiga qarab harakatlana boshlaydi va uning harakat tezligi 90-100 km/soatni tashkil qiladi. Uning og'irligi va hajmi kattalashib ketganligi sababli, (ba'zi bir uncha katta bo'lmagan ko'chkilarning hajmi 20 ming m 3 bo'lishi aniqlangan, hattoki Kavkazdagi Ochapari daryosi vodiysida hajmi 2500 ming m 3 hajmdagi ko'chki bo'lganligi qayd qilingan), yo'lida uchragan bar qanday narsani voyron qilib yuboradi. Ularga qarshi kurashda ular yo'liga to'siqlar qo'yishdan tashqari qorning ko'chki hosil qiluvchi cho'qqilarda ko'payib ketmasligini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish kerak. Bunga o't ochar qurollar, masalan, to'plar yordamida sun'iy ko'chkilar hosil qilish yo'li bilan ko'chkini oldi olinadi. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling