Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

Qurg'oqchilik — O'zbekiston Respublikasi deyarli hamma 
hududlari uchun qurg'oqchilik xavfl doimo mavjud bo'lgan va hozirgi 
kunda ham bunday ofat Respublikamizning bir necha viloyatlariga tahdid 
solmoqda. Qurg'oqchilikning bahorgi, yozgi va kuzgi turlari bo'ladi. 
Qurg'oqchilikning bahorgi turi uzoq vaqt davomida yomg'ir 
yog'masligi va bahorning nihoyatda issiq kelishi natijasida yerda,ayniqsa, 
sug'orilmaydigan lalmikor yerlarda yerning suvi qochishi va qurib ketishi 
natijasida ekilgan ekinlar qurib qoladi va u yerdan hattoki, xashak olish 
imkoniyati ham yo'qoladi. 
Respublikamizda qurg'oqchilikka qarshi kurashning samarali 
usullari ishlab chiqilgan. Buni bizdagi sug'oriladigan yerlarni ko'payib 
borayotganligidan va ba'zi bir hududlarda qurg'oqchilik sezilarli zarar 
yetkazishi mumkin bo'lgan hududlarda yer osti suvlaridan foydalanish 
chora-tadbirlari ko’ilmoqda. O'zbekiston Respublikasi hududida joriy 
etilgan va etilayotgan suv yig'ish inshootlari va suv yig'ish havzalari 
qishloq xo'jaligida uzulishlar bo'lmasligini ta'minlashi mumkin. 
Hozirgi kunda qurg'oqchilikdan Orol bo'yida joylashgan hududlar 
aziyat chekmoqda. U yerdagi odamlarni ichimlik suvi va boshqa oziq-
ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash masalalari davlat miqyosida hal 
qilinmoqda va bu tez kunda hal qilinishi kerak bo'lgan muammolar 
qatorida turibdi. 
Tabiat ofatlaridan biri deb sanaladigan favqulodda hodisalardan 
yana biri bahor va kuz oylarida kunning keskin sovib ketishini ham 
kiritish mumkin. Kuzgi havoning keskin sovub ketishi ekilgan ekinlarni 
saramjonlab olish imkoniyatidan mahrum qilishi mumkin. 
Tog'li hududlarda o'pirilishlar, siljishlar va sel oqimlari. Tog'li 
rayonlarda o'pirilib tushish, qor va yer o'pirilishi natijasida ma'lum joylarni 


313 
bosib qolishi va tog'dagi ba'zi bir tepaliklar o'z-o'zidan surilib siljib ketish 
hollari tez-tez uchrab turadi. Bunday voqealar, agar yirik o'pirilishlar 
bo'lsa u avtomobil yo'llarini, temir yo'llarni, agar aholi yashaydigan 
qishloqlar va turar joylar yaqin bo'lsa, ularni bosib qolishi, o'rmonlarni 
vayron qilishi, suv yo'llarini to'sib qo'yishi natijasida bir necha kun yoki 
oy davomida yig'ilgan suv keyin o'ziga yocl ochib, yaqin joylashgan 
joylarni suv bosishi halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Demak, 
bunday hodisalar masshtabi katta va natijasi halokatli bo'lishi mumkinligi 
ko'rinib turibdi. 
Bunday hodisalar tog'larda 7 va undan katta balldagi zilzilalar 
oqibatida tik qoyalargina emas, balki tik tepaliklar ularning gorizont bilan 
bo'lgan burchagi 45—50° ni tashkil qilgan bo'lsa, o'pirilib ketishi 
kuzatilgan. Masalan, 1911-yilda Pomirda kuzatilgan kuchli zilzila 
natijasida o'pirilgan qoya Murg'ob daryosini to'sib qo'ygan va unda hosil 
bo'lgan Sarez ko'lining suvi 500 m ga ko'tarilgan. Tog'larda sel kelishi eng 
xavfli tabiiy ofatlardan biri hisoblanadi. Sellar o'z yo'lidagi toshlar 
tuproqlar va boshqa narsalarni yuvib oqizib ketganligi sababli ularning 
miqdori va ta'sir kuchi yanada ortib ketadi. Tog’ qiyaligi ularga tezlikni 
ta'minlashga yordam beradi. Tog' qiyaligi qancha katta bo'lsa, uning tezlik 
kuchi shuncha katta bo'ladi. Agar mabodo sel qoyalarni bog'ning baland 
cho'qqilaridan yuvib tushish imkoniyatiga ega bo'lsa, uning yo'lida 
uchragan, hattoki, kichikroq qoyalarni ham o'rnidan qo'zg'atib yoki 
qo'porib 
olib 
ketishi 
mumkin. 
Sunday 
holatlar 
transport 
kommunikatsiyalari va aholi yashash joylarida nihoyatda katta zarar 
yetkazadi. 
Agar toglarda kuchli yomg'ir yog'ayotgan bo'lsa, yana kunlar issiq 
bo'lib qorlar ham erib qo'shilsa, unda tog' tepalarida suv to'planishi 
vujudga keladi va bu tog'larni suv bosishiga olib keladi. Bunda tog'larning 
yuqori qismida bo'lgan, qoyalar bilan o'ralgan va ko'p joylari muz bilan 
o'ralgan tekisliklarni yig'ilgan suv to'ldiradi hamda muz bilan o'ralgan 
ko'llar hosil bo'lishi mumkin. Agar kunlar yana sovib ketsa, bu ko'llar 
muzlab zararsiz holga kelishi mumkin. Agar mabodo kun isib suvlarni 
ushlab turgan muz qatlami erib ketsa, unda falokatli suv oqimi vujudga 
keladi va bir necha vaqtdan buyon yig'ilib yotgan suv vodiylarga qarab 
yo'nalishi va sellar bilan qo'shilib falokatli suv va sel oqimlariga aylanishi 
mumkin. Bunday muzlarning erib muz ko'llari hosil qilgan holatlar uchrab 
turadi va ular morenalar deb ataladi. 
Sel oqimlari paydo bo'lishi mumkin 
bo'lgan rayonlar 
Qozog'istonda, Kavkaz orti mamlakatlarida, Qrimda, Oltoy O'lkasida, 


314 
O'rta Osiyo, Karpat orti, Sharqiy Sibir va boshqa ko'plab mamlakatlarda 
tez-tez bo'lib turadi. 
Qadimda sellar haqiqatan ham juda katta zarar yetkazgan. Hozirgi 
vaqtda bunday sellarning zararli mavqei birmuncha pasaydi. Chunki 
hoziigi vaqtda, ayniqsa, O'rta Osiyo davlatlarida deyarli hamma sel kelishi 
mumkin bo’lgan hududlarda uning vodiylaiga zarar yetkazmaydigan 
tartibda maxsus suv yig'ish omborlari, suv yo’lini to'suvchi to'g'onlar, 
dambalar va suvning miqdorini cheklashga mo'ljallangan suv o'tkazish 
vositalari qurilgan. Tog' yon bag'rilariga esa sel yuvishi mumkin bo'lgan 
tepaliklarni daraxtlar ekib suv yo'lida uning yuvib ketishi mumkin bo'lgan 
tuproqlar mustahkamlanmoqda va shuning uchun ixota daraxtzorlari 
tashkil qilinmoqda. Bundan tashqari sel kelganda uning zararini 
kamavtirish maqsadida yangi sun'iy kanallar yordamida uni maxsus suv 
omborlariga yuborish choralari ko'rilmoqdaki, bularning ijobiy natija 
berishi tabiiy. 
Ammo bu ishlarni amalga oshirish juda katta moddiy 
mablag'lar bilan birga katta miqdordagi ishchi kuchlari bo'lishini talab 
qiladi. Shuni ham ta'kidlash kerakki, O'zbekiston Respublikasi hududidagi 
ko'plab sel kelish yo'llari to'silgan va xavfli uchastkalar xavfsizlik chora-
tadbirlari bilan ta'minlangan bo'lishidan qat'i nazar, tabiatning shunaqa 
injiqliklari bo'ladiki, u kutilmagan boshqa biror yerdan xavfsiz deb o'ylab 
yurilgan joyda to'satdan xavf paydo bo'lib qolishi mumkin. Bunday 
hollarda favqulodda hodisalar xodimlarining birinchi vazifasi u yerdagi sel 
yuvib ketishi mumkin bo'lgan joylarda dambalar va to'siqlar tashkil qilish, 
tabiiy to'siqlarni mustahkamlash, sellarning oqimlari aholi yashash 
joylariga yetib bormasligini ta'minlovchi chora-tadbirlarni amalga 
oshirishlari kerak. Undan keyin sel oqibatlarini tugatishga qaratilgan 
ishlarni bajaradilar. 
Joylardagi hokimlik organlari tomonidan tashkil qilinadigan tabiiy 
ofatlarga qarshi kurash komissiyasi ilmiy muassasalar bilan hamkorlikda 
bo'lishi mumkin bolgan sel xavfini oldindan belgilash va uning 
harakatlanishi mumkin bo'lgan yo'llarini aniqlash, buni o'sha joylardagi 
aholini xabardor qilish va shuning bilan birga, agar aholi ko’chirilishi 
ko'zda tutilgan bo’lsa, aholini ko'chish uchun yig'ilish joylarini belgilash 
va uni aholiga ma'lum qilish, ko'chirish uchun kerak bo'ladigan transport 
vositalarini tayyorlash va ularning to'planish joylaridan aholini xabardor 
qilish vazifalari qo'yiladi. 
Xuddi shu sel xavfi bilan birgalikda tog'lardagi o'pirilishlar tog' 
tepaliklarining surilishi qoyalarning ag'darilib tushish voqealari ham 


315 
seining umumiy oqibatlarining bir qismi sanaladi. Bu tabiiy ofatlar 
oqibatlarini tugatishda birinchi navbatda odamlar va uy hayvonlarini 
xavfli joydan olib chiqib ketish kerak. Undan keyin injenerlik qutqarish 
ishlari boshlanadi va bunda buzilgan vayron bo'lgan uylarning ichidagi 
jabrlanganlar qutqariladi, bosib qolgan binolar ichida qolib ketganlar 
texnikalar yordamida izlab topiladi. Shundan keyin jabrlanganlar ichimlik 
suvi va oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek, kiyim-bosh bilan 
ta'minlanadi. Undan keyingi vazifa avtomobillarning kelish yo'llari va 
mavjud bo'lsa temir yo'llar holati tiklanadi. Keyingi ishlar sirasiga bosib 
qolishi, yiqilib zarar keltirishi mumkin bolgan binolar buzib tashlanadi
ko'chalarni to'sib qo'ygan, buzilib ketgan qurilish konstruksiyalari surib 
chetga chiqarib tashlanadi va ichkari tomonlarga o'tish mumkin bo'lgan 
yo'llar tartibga keltiriladi. Kommunal xo'jalik ishlari va energiyaning 
vaqtincha ta'minoti tiklanadi. 
Keyingi qilinishi kerak bo'lgan ishlar sirasiga baxtsizlik yuz bergan 
rayonda sog’ qolgan obyektlar va turar joylarning umumiy ahvoli ko'zdan 
kechiriladi. Odamlar hayotiga keyinchalak buzilishi natijasida zarar 
yetkazishi mumkin bo'lgan binolar, ya'ni bir tomoni o'pirilib ketgan yoki 
fundamentining bir tomoni cho'kkan va ba'zi bir notabiiy qiyshaygan 
binolar butunlay buzib tashlanadi. Qolganlari ichidan yaroqlilari va 
birmuncha mustahkamlash vositalarini qo'llash yo'li bilan tartibga keltirish 
imkoniyati bo'lgan binolarni tartibga keltirilib aholining ma'lum qismini 
shu yerdagi uy-joy bilan ta'minlanadi, qolganlari esa vaqtincha palatka va 
vagonchalarga joylashtiriladi, ularda hayot faoliyati olib borish 
imkoniyatini beradigan vositalar bilan ta'minlanadi. Bular elektr, gaz, suv 
va oziq-ovqat bilan ta'minlash masalalari hal qilinadi. Shuningdek, shu 
hududda joylashgan ishlab chiqarish sanoat korxonalarining ishlatish 
imkoniyatlari ko'rib chiqiladi va ularni ishlatish imkoniyati bo'lsa, u 
yerdagilarni ish bilan ta'minlash masalalari hal qilinadi. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling