Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd
XVI.7. Kimyoviy xavf manbalari
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
hayotfaoliyatixavfsizligi
XVI.7. Kimyoviy xavf manbalari
Kimyoviy xavf manbalari sifatida xalq xo'jaligida yoki sanoat texnologiyalarining ehtiyoji uchun har xil zaharli moddalardan foydalaniladigan yoki xuddi shunday moddalarni ishlab chiqariladigan yoki shunday moddalarni ma'lum maqsadlarda saqlaydigan yoki ularni bir joydan ikkinchi joyga transport vositalari yordamida ko'chiriladigan vositalar qaraladi. Chunki bunday hollarda bu zaharli moddalarning har xil favqulodda holatlar natijasida to'kilishi yoki portlash natijasida atrofga tarqalib ketishi yoinki tabiiy ofatlar natijasida ularni saqlayotgan idishlarining zich yopilganligi buzilish va boshqa juda ko'p sabablarga ko'ra atrofga tarqab ketishi o'sha joyda ishlayotganlar va yashayotganlar hayotiga xavf tug'dirishi shubhasiz. Zilzilalar haqida statistika ma'lumotlari 26-jadval Kuchi Yiliga zilzilalar soni Ta'sir qilish radiusi, km Bo'lishi mumkin bo'lgan natijalar Rixte r bo'yi cha 12ball i shkal a bo'yic ha 4 gach a IV-V 8000 0-15 Vayronaliklar kuzatilmaydi 330 4-6 VI- VII 900 5-30 Binolarda yoriqlar paydo bo'ladi, halokatga uchraganlar yo'q 6,1-7 III-IX 140 20-80 Binolar qisman vayron bo'lgan, halokatga uchraganlar bor 7,1- 8,0 X-XI 15 50-120 Binolar ommaviy vayron bo'lgan, qurbon bo'lganlar ko'pchilikni tashkil qiladi 8,0 XI- XII 1 80-160 Shaharlar butunlay vayron bo'lgan. Halokatga uchrash ommaviy, milliy ofat Hozirgi vaqtda xalq xo'jaligida ishlatiladigan kimyoviy moddalarning ko'pchiligi zaharli moddalar hisoblanadi. Sanoatdar ishlatilib kelinayotgan, shuningdek, qishloq xo'jaligi va uy-ro'zg'or ishlarida foydalaniladigan millionlab kimyoviy birikmalarda 500 dan ortig'i zaharlilik darajasi yuqori hisoblanadi. Kimyoviy xavf manbalariga quyidagilar kiritiladi: — kimyo sanoatining korxonalari vaneftni qayta ishlash sanoati korxonalari; — oziq-ovqat, go'sht-sut sanoati korxonalari, sovitish kombinatlari, oziq-ovqatlarni saqlash uchun ammiak yordamida sovitish vositalariga ega bo'lgan korxonalar; — suv tozalash va boshqa tozalash maqsadida xlordan foydalaniladigan tozalash korxonalari; — zaharli moddalar ortilgan vagonlami ma'lum muddatgacha saqlab turish joylarga ega bo'lgan temir yo'l bekatlari; — zaharli moddalarni tushirish yoki boshqa transport vositasiga ortish moslamalari bo'lgan temir yo'l bekatlari; — zaharli moddalar, zaharli kimyoviy birikmalar, kimyoviy dizinfeksiya va boshqa maqsadlarda foydalaniladigan zaharli moddalarni tarqatish va saqlash omborlari. Kimyoviy moddalarning tashqi muhitga tarqalish yo'llari asosan transport vositalarining avariyalari, sanoatda bo'lishi mumkin bo'lgan avariyalar, tabiiy ofatlar natijasida bo'lishi mumkin. Sanotda bo'ladigan avariyalarning aksariyati transportirovka va saqlash qoidalarining buzilishi, xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilmaslik, zaharli moddani ishlatayotgan agregatning ishdan chiqishi, zich yopilganligining buzilishi, truboprovodlarni ishdan chiqishi, tashish vositalarining va saqlash 331 idishlarining zich yopilganligining buzilishi va shuningdek, saqlash miqdorining me'yoridan oshib ketishi bo'lishi mumkin. Bir kecha-kunduz davomida dunyoda kamida 20 ta kimyoviy avariyalar qayd qilinadi. O'zbekiston hududida bo'lgan avariyalar e'lon qilinmaganligini hisobga olib dunyoning boshqa davlatlarida bo'lgan kimyoviy avariyalar haqida misol keltiramiz. — 1961-yil 22-iyulda Rossiyaning Dzerjinsk shaharida xlor o'tkazgichning yorilib ketishi natijasida u yerdagi kimyo zavodi hududi zararlandi va 44 kishi har xil darajada zaharlandi; — 1983-yil 15-noyabrda Kemerova shaharidagi kimyo zavodida 60 tonnali sisternadagi xlor to'kilishi, xlor buluti butun korxonani egalladi (5 ming m 2 ) va bundan 26 kishi halok bo'ldi birmuncha kishilar har xil darajadagi zaharlanishga duchor bo'ldilar; — 1985-yili Hindistonning Bxopal «Yunion karbit» korxonasida bo'lgan portlash natijasida 45 tonna metilizotsianitning atrofga tarqalishi 3000 kishi hayotiga zomin bo'ldi va 300 ming dan ortiq kishi kuchli zaharlanish oldi. Adabiyotlarda ta'kidlanishicha dunyoning turli burchaklarida shunga o'xshash kombinatlar 1000 dan ortiq ekanligi eslatiladi. G'arbiy Yevropada bunday korxonalar yuzlab sanaladi, masalan, Dyusseldorfda (FRG) minglab bochka sianid natriy saqlanmoqda (odamni o’lishi uchun 15 mg kifoya). Shunday qilib, kimyoviy moddalar qaysi maqsadlarda bunyod etilgan obyektlar bo'lishidan qati nazar avariya va favqulodda hodisa natijasida to'kilsa yoki atrof-muhitga tarqab ketish xavfi vujudga kelsa, unda o'sha yerda kimyoviy zararli moddalar o'chog'i paydo bo'ladi. Agar bu sanoat korxonasi bo'lsa, unda korxonaning butun hududi va shuning bilan birga unga yondash bo'lgan hududlar kimyoviy moddalar ta'siri ostida bo'lgan hududlarga aylanadi va agar bu yerda saqlanayotgan yoki ishlab chiqarilayotgan zaharli moddaning zaharlilik darajasi juda yuqori bo'lsa, bu hududda odamlarni ko'plab halokatga olib kelishi mumkin bo'lgan xavfli zona paydo boladi. Shundan kelib chiqib kimyoviy obyektlar xavflilik bo'yicha 4 ta darajaga bo'linadi: — agar zararlangan hududga 75000 dan ko'proq odam tushib qolishi mumkin bo'lsa — bu I daraja; — agar kimyoviy zararlangan hududga 40000—75000 gacha odam tushib qolish xavfi bo'lsa—bu II daraja; — 40000 dan kam odam tushishi mumkin bo'lsa—bu III daraja; — agar zararlangan zona korxona hududidan chetga chiqmasa— bu IV zona. 332 Kimyoviy moddalarning avariya natijasida ta'sir doirasini belgilashda, shuningdek, uning zaharlilik darajasini belgilash ham muhim. Zaharlilik darajasi bo'yicha 4 darajaga bo'linishini aytib o'tamiz. Biz buni atrof-muhitni bulg'ovchi omillar bo'limida ko'rib o'tgan edik. Kimyoviy zararlangan hududlarda zaharli moddalar holati har xil ko’rinishda: suyuq tomchi, bug'simon, aerozol va gaz holatidagi ko'rinishlarda bo'lishi mumkin. Kimyoviy moddalar atmosferaga chiqib ketgandan keyin o'zining kimyoviy va fizik xususiyatlariga binoan atmosfera havosida zararlangan bulutlar hosil qiladi. Bu bulutlar tarkibida zaharli modda miqdori ko'p bolsa, unda u bulutsimon zararli modda yer yuzasi bo'ylab tarqala boshlaydi va asosan yer yuzasining pastlik va jarliklarida to'planadi va uzoq vaqtgacha o'z xavflilik holatini saqlab turadi. Agar zaharli modda konsentratsiyasi (zichligi) kam bo'lsa, u havo bilan qo'shilib atmosferaning yuqori qatlamlariga ko'tarilib, atmosfera tarkibiga singib ketadi. Zaharli moddalarning boshqa natijalari haqidagi fikr va mulohazalar oldingi boblarda berilgan tartiblarda (kislota yomg'irlari yoki kimyoviy moddalarning reaksiyaga kirishishi natijasida atmosfera havosi tarkibida kutilmagan moddalarning paydo bo'lib qolishi va hokazolar) bo'lishini aytib o'tamiz. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling