Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

Ekspozitsiya miqdori — bu nurlanishning ionlashish xususiyatiga 
asoslangan bo'lib, ionlashish nurlanishi maydonining son miqdorini 
ko'rsatadi. Uning birligi rentgen (R) qabul qilingan. Bunda 1R nurlanishda 
1 sm3 havoda 2,08 x 109 juft ion hosil bo'ladigan holat tushiniladi. 
Xalqaro SI tizimida bu miqdor kulon/kilogramm (Kl/kg) tarzida qabul 
qilingan. 1 Kl/kg =3876 R. 
Yutilgan miqdor — nurlantirilayotgan moddaning ma'lum og'irlik 
birligida yutilgan energiya miqdori. Yutilgan miqdorning maxsus o'lchov 
birligi sifatida Irad qabul qilingan. Xalqaro SI tizimida 1 Grey (Gr) qabul 
qilingan. 1 Gr= 100 rad. Ekvivalent miqdor-o'lchov birligi ber. Har qanday 
ionlanuvchi nurlanishning surunkali nurlantirishda 1 rad rentgen yoki 
gamma nurlanishlari biologik effektini beradigan birligi 1 ber birlik 
sifatida qabul qilinadi. Xalqaro SI tizimida ekvivalent miqdor birligi 
Zivert (Zv). 1 Zv 100 ber. 
Inson organizmi doimo kosmik nurlanishlar, tabiatda uchraydigan 
va havo, tuproq va organizm hujayralarning o'zida bo'lgan radioaktiv 
moddalar ta'sirida bo'ladi. Tabiiy nurla-nishlarning hamma manbalaridan 
ajraladigan nurlanishlar darajasi umuman o'rtacha yiliga 100 mber, ayrim 
hududlarda 1000 mber gacha borishi mumkin. 
Zamonaviy sharoitlarda bu miqdor chegarasida saqlanib qolish 
imkoniyati karnayib bormoqda. Chunki uncha ko'p bo'lmagan radioaktiv 
moddalar bilan ishlaganda ham radiatsiya nurlanishi olish xavfi katta 
bo'ladi. Lekin shuni ham ta'kidlash kerakki, O'zbekiston Respublikasi 
hududida atom elektr stansiyalari qurilmagan. Bu, albatta avariya 
sharoitini inkor qilishi mumkin. Lekin shuni ham unutmaslik kerakki
bizda radioaktiv moddalar qazib olish konlari mavjud, demak, bu 
moddalar qazib olinadi va boyitilib tayyor mahsulot holatiga keltiriladi va 
uni bir joydan ikkinchi joyga ko'chirish ishlari bajariladi va ba'zi hollarda 
uni ma'lum vaqt saqlab turish kerak bo'ladi. Bu ishlarda qatnashayotgan 
odamlarni va bu ishlar bajarilayotgan joylar yaqinida yashayotganlarning 
hayotiga xavf tug'dirilishi tabiiy hoi hisoblanadi. Bundan tashqari 
respublikamiz hududida yadro reaktorlari ham bor. Shuning uchun ham 
radioaktiv moddalar bilan ishlaganda va umumiy hududlar uchun 
ionlovchi nurlanishlarning ish joylaridagi yo'l qo'yiladigan miqdori va 
umumiy hududlar uchun yo'l qo'yiladigan miqdorlar belgilab qo'yilgan. 
Ionlovchi nurlanish bo'lishi mumkin bo'lgan sanoat korxonalari va ilmiy-
tekshirish ishlarini bajarayotgan ishchilar va ilmiy-texnik xodimlar uchun 
uning tanasi nurlanishi umumiy yo'l qo'yiladigan miqdori (YQM), bu 
miqdordagi nurlanish unga uzoq vaqt davomida ta'sir qilishi natijasida 


336 
uning sog'lig'i va qon hosil qilish hamda qon aylanish jarayonlarini 
buzmasligini hisobga olgan holda, bu miqdor yiliga 5 ber dan oshmasligi 
kerak deb belgilangan. Umumjahon radiatsiyadan muhofazalash 
komissiyasi (URMK) tavsiyasiga asosan avariya vaqtida YQM 25 ber 
miqdorda kasbiy surunkali nurlanishda esa, 5 ber miqdorda va boshqa 
aholi uchun bundan ocn marta kam miqdorni tavsiya qiladi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


337 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
XVII bob.YONG'INNI OLDINI OLISHGA 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling