Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
hayotfaoliyatixavfsizligi
327 XX asrda bo'lgan yirik tabiiy ofatlar 24-jadval Ofatlar turi Halokatga uchraganlar soni Ofat bo'lgan joy va yili Vulqon otilishi 30000 Martinika oroli, 1902-y. Yer yuzasi surilishi 3000 Italiya, 1962-y. Suv bosishi 800000 Bengal ko'rfazi orollari 1970-y. To'fonlar 207000 Pokiston, 1970-y. Zilzilalar 650000 Xitoy, 1976-y. Sel 29000 Kolumbiya, 1985-y. Do'1 346 Hindiston, 1988-y. O'rama bo'ron 1300 Bangladesh, 1989-y Chaqmoq chaqishi 21 Zimbabve, 1975-y. Texnogen ofatlarda bo'lishi mumkin bo'lgan halokatlarning tavsiflari (oxirgi yillar adabiyotlarida berilgan ma'lumotlar) 25-jadval Ofat keltiruvchi texnogen vositalar O'rtacha miqdori O'lganlar va jarohat-langanlar nisbati Aviatsiya 10-100 10:1 Avtomobillar 10 gacha 1:5 Suv transporti 10-100 — Temir yo'l transport! 10-100 1:10 Katta korxonalarda portlashlar 10-100 1:10 Binolardagi yong'inlar 10-100 1:10, 1:20 328 Zahafli moddalar bilan avariyalar 10-100 1:50 Shaxtalarda portlashlar 10 tagacha 1:5 Yana shuni ham ta'kidlash kerakki, tabiiy ofatlar keltirishi mumkin bo'lgan zarar va halokatli holatlar masshtabini ham oldindan aytish yoki bashorat qilish imkoniyati yo'q. Shuning uchun ham liar qanday tabiiy ofatlar oqibatlarini keyingi aniqlashlar bilan tartibga keltiriladi. Shuning uchun ham bar qanday tabiiy ofatning oqibatlarini e'lon qilinganda unda oldingi olingan ma'lumotlar haqiqiy deb emas, balki boshlang'ich ma'lumot sifatida qabul qilinishi kerak. Texnogen ofatlar haqidagi statistika ma'lumotlarini 26-jadvalda keltirilgan. Bu yerda keltirilgan miqdorlar bitta transport vositasida yuz bergan ofatlar sifatida yo'l transport avariyalari uchun keltirilgan. Shuni ham aytib o'tish kerakki, texnogen ofatlar ancha kichkina bo'lib ko'rinishiga qaramay hozirgi zamon transport vositalarining ko'plab avariyaga uchrayotganligini hisobga olinganda, bu eng ko'p halokatli qurbonlarga olib kelayotgan ofatlar ekanini unutmaslik kerak. Bizning respublikamiz uchun tabiiy ofatlarning ko'p turlari an'anaviy bo'lmasada, uning eng katta xavf solayotgan zilzilalarni hisobga olishga to'g'ri keladi. Zilzilalar oldindan bashorat qilish qiyin bo'lgan tabiiy ofatlar sirasiga kiradi. Bizning respublikamiz mana shu tabiiy ofat eng ko'p uchrashi mumkin bo'lgan hududga joylashgan. Yuqorida aytib o'tganimizdek, zilzilalarni bashorat qilish va o'rganish institutlarining ko'pligi va bu muammoni ofrganayotgan davlatlar buning uchun istagancha mablag' ajratish irtikoniyatiga ega bo'lgan davlatlar (masalan, Yaponiya) bo'lsada, lekin zilzilalarni oldindan belgilash va aniq bo'lish vaqtini e'lon qilish va bu bilan minglab odamlarni halokatdan saqlab qolish imkoniyati hozircha yo'q. Zilzilalar to'satdan va nihoyatda qisqa muddatda yuz berganligi sababli uning halokatli ta'siri ayanchli bo'ladi. Ya'ni bir necha sekund davomida minglab kishilar vayronalar ostida qolishi va halokatga duchor bo'lishi mumkin. Adabiyotlarda keltirilishicha faqat bir marta 1963-yili Xitoydazilzila vaqtini oldindan aytib berish imkoniyati boMgan va faqatgina 1300 kishi zilzila oqibatida halok bo'lgan, agar ogohlantirilmaganda o'n minglab kishi zilzila qurboni bo'lishi mumkin edi. Umumiy yer sharining o'ndan bir qismi zilzila xavfi bo'lgan hududlar hisoblanadi. Bizga ma'lum bo'lgan XIX—XX asrda eng yirik va vayronagarchilikka sabab bo'lgan zilzilalarni 329 keltirib o'tamiz. Olma-Otada 1887 va 1911-yillarda, Andijonda 1902-yili, Dushanba-1903-yili, Farg'ona-1907 va 1946-yillar, Ashxabod-1929 va 1948-yillar, Toshkent-1966-yil, Leninakan-1988-yil va Neftegorsk-1989- yillarda bo'lgan Zilzilalar yuqorida nomi zikr etilgan shaharlarni vayronaga aylantirib ko'plab odamlarning hayotiga zomin bo'lgan. YUNESKO tashkilotining axborotiga qaraganda oxirgi o'n yilliklar ichida zilzila oqibatida halok bo'lganlar soni 1 mln kishidan oshib ketgan. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling