Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


XVII.5. Changlarning yonishi va portlash xususiyatlari


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

XVII.5. Changlarning yonishi va portlash xususiyatlari 
Qattiq moddalaming maydalangan har xil kattalikdagi zarralari havo 
muhitida uzoq vaqt suzib yuradigan va birmuncha katta zichlikka ega 


347 
bo'lgan tumansimon muhitni vujudga keltiradi. Bunday mayda 
zarrachalarning ko'p miqdorda yig'ilib qolganda xuddi gaz va yonuvchi 
suyuqliklar bug'lari kabi portlash xususiyatiga ega bo'ladi. 
Odatda, havo tarkibidagi changlar miqdori g/m
3
yoki mg/m
3
birliklarda o'lchanadi. Ko'pgina yonuvchi moddalar changlarining 
portlashi uchun pastki zichlik miqdori juda katta birliklarni tashkil qiladi 
va bunday birlikdagi aralashma hosil qilishi qiyin (masalan, qand pudrasi, 
torf changi, bularning portlashi uchun quyi chega-radagi zichlik 1350 g/m
3
va 2200 g/m
3
),shuning bilan birga bunday changlarni portlatib yuborish 
uchun katta quvvatdagi yondiruvchi impuls zarur. 
Portlashning boshlang'ich fazasida havo tarkibidagi eng mayda 
zarralar alangalanadi va ularning ajratgan issig’ida kattaroq zarralar 
alangalanadi, shundan keyin zichligi yetarli bo'lsa, alangalanish hajmiy tus 
oladi va portlashga olib keladi. Shuning uchun ham zichlikning quyi 
chegarasi asosida changlarning yong'inga va portlashga xavfliligi 
aniqlanadi. Portlashga xavfli changlar toifasiga zichligi 65 g/m
3
gacha 
bo'lgan, alangalanish kuyi chegarasiga to'g'ri kelgan changlar kiritiladi 
(oltingugurt changi, un va boshqalar). Agar alan-galanishning quyi 
chegarasi 65 g/m
3
dan ortiq zichlikka to'g'ri kelsa, ular yong'inga xavfli 
changlar toifasiga mansub bo'ladi (tamaki, yogoch changi). 
XVII.6. Sanoat korxonalarining yong'inga va portlashga 
xavfi bo'yicha toifalari 
 
Har bir sanoat korxonasi uning ishlab chiqarish texnologiyasi, 
ishlatadigan xomashyosi chiqaradigan mahsuloti va joylashgan binosining 
konstruksiyasiga ko'ra yong'in chiqishga, portlashga va yong'in chiqqan 
taqdirda uning tarqalishiga, shuningdek, yong'inning asoratiga asoslangan 
holda yong'inga va portlashga xavflilik darajasi belgilanadi. 
Albatta, har bir sanoat korxonasida yong'in xavfi birinchi navbatda u 
yerda ishlatilayotgan xomashyoning va chiqarilayotgan mahsulotning 
yong'inga xavfliligi darajasi bilan o'lchanadi. 
Masalan, ishlab chiqarish korxonasi gazsimon yonuvchi moddalar 
ishlatsa, oladigan mahsuloti yengil alangalanuvchi suyuqliklar holatida 
bo'lsa, unda albatta yonmaydigan xomashyo ishlatilib, yonmaydigan 
mahsulot olayotgan korxonaga nisbatan yong'in chiqish ehtimoli ko'p, 
shuning bilan birga, bu korxonada yong'inni tarqalib ketishi osonlashadi 
va bu korxonada yong'indan ko'riladigan zarari albatta katta boladi. 
Shuning uchun ham sanoat korxonalarini kategoriyalarga ajratganda 


348 
ishlatilayotgan moddalarning fizika-kimyoviy xususiyatlari albatta 
hisobga olinadi. 
Mana shu xususiyatlarni hisobga olgan holda qurilish norma va 
qoidalari asosida hamma sanoat korxonalari, skladlar yong'in va 
portlashga xavfi bo'yicha beshta kategoriyaga bo'linadi. 
A toifa—yong'inga va portlashga xavfli sanoat korxonalari. Bularga 
suv, kislorod va bir-biri bilan birikishi natijasida portlashi va yonishi 
mumkin 
bo'lgan 
moddalarni 
ishlatiladigan 
sanoat 
korxonalari; 
alangalanish quyi chegarasi xonadagi havo hajmiga nisbatan 10 foiz 
miqdorni tashkil qilishi mumkin bo'lgan yonuvchi gazlar ishlatiladigan 
sanoat korxonalari; xona hajmiga nisbatan 5 foiz miqdorni tashkil qilishi 
mumkin bo'lgan va bug'larining alangalanish harorati 28 °C gacha bo'lgan 
suyuqliklar bilan ish olib boriladigan sanoat korxonalari. Bu toifaga 
oltingugurtli uglerod, efir, atseton va boshqa shunga o'xshash moddalar 
olinadigan sanoat korxonalari kiradi. 
B toifa—portlash va yong'inga xavfli toifadir. Bu toifaga quyi 
alangalanish chegarasi havo hajmiga nisbatan 10 foizdan ortiq bo'lgan 
yonuvchi gazlar bilan ish olib boriladigan, shuningdek, chaqnash harorati 
28 dan 61 °C gacha bo'lgan suyuqliklar hamda ishlab chiqarish jarayonida 
chaqnash haroratigacha yoki undan ortiq darajada qizdirilgan suyuqliklar 
bilan ishlaydigan va pastki alangalanish chegarasi 65 g/m
3
dan kichik 
bo'lgan chang va tolalar bo'lgan va mazkur gazlar, suyuqliklar va changlar 
xona 
hajmining 
5 foizdan ko'proq miqdorda to'planib, portlovchi aralashma hosil qilishi 
mumkin bo'lgan sanoat korxonalari kiradi. Mana shunday sanoat 
korxonalari sirasiga ammiak haydovchi compressor stansiyalari, detallarni 
kerosin bilan yuvib tozalash korxonalari mansubdir. 
D toifa—yong'inga xavfli toifa. Bu toifaga bug'larining chaqnash 
harorati 61 °C dan yuqori bo'lgan suyuqliklar, quyi alangalanish chegarasi 
65 g/m
3
dan ortiq bo'lgan yonuvchi changlar va tolalar, shuningdek, bir-
biri bilan, havodagi kislorod bilan va suv bilan birikkan holda yonuvchi 
moddalar va qattiq yonuvchi jismlar bilan ish olib boriladigan sanoat 
korxonalari kiradi. Ko'mir kukuni hosil qilish va yog'ochsozlik sanoat 
korxonalari shular jumlasidandir. 
E toifa—yong'inga xavfli toifa. Bu toifaga yonmaydigan jism va 
materiallarga, qizdirib, cho'g'lantirib va eritib ishlov beradigan va ishlov 
berish davomida nurli issiqlik, uchqun va alangalar chiqish mumkin 
bo'lgan, qattiq, suyuq va gazsimon moddalar yoqilg'i sifatida ishlatiladigan 
sanoat korxonalari kiradi. Qozonxonalar,eritish va quyish sexlari, marten 


349 
sexlari ana shu: toifadagi korxonalardandir. 
F toifa—yong'inga xavfsiz toifa. Bunga yonmaydigan jismlar va 
materiallarga sovuq ishlov beradigan sanoat korxonalari kiradi. 
Mashinasozlik sanoat korxonalari, qurilish sanoat korxonalari shular 
sirasiga kiradi.
Omborlar va ba'zi tashqariga o'rnatilgan hajmli idishlarni yong'inga 
hamda portlashga xavflik toifalari ularda saqlanayotgan moddalar turiga 
qarab u yoki bu toifaga kiritish mumkin. Odatda, omborlar-ning yong'inga 
va portlashga xavfligi uni loyihalash va ishga qabul qilish vaqtida har bir 
vazirlik tasdiqlagan ro'yxat bo'yicha aniqlanadi. 
Bundan tashqari ba'zi bir sanoat korxonalarini ularda ishlatilayotgan 
gaz, yengil alangalanuvchi suyuqlik va changlar tarkibiga qarab ham 
yong'inga xavflilik toifasini aniqlash mumkin. 
Shuningdek, yonuvchi gaz va suyuqliklar bilan bog'liq bo'lgan 
sanoat korxonalarining yong'inga xavflilik toifalarini belgilaganda xuddi 
shu moddalar sanoat korxonasi xonasi hajmining 5 foizdan ortiq qismida 
portlashga xavfli aralashma hosil qila oladimi-yo'qmi ekanligini aniqlash 
kerak. 
Portlashga xavfli aralashma miqdorini hisoblashda quyidagi 
mulohazalarga e'tibor beriladi: 
1) apparatlarning biridan avariya natijasida bino xonasiga xavfli 
moddaning katta miqdori to'kilishi mumkin; 
2) apparatdagi hamma modda tashqariga chiqariladi, bir qismi esa 
avariya tizimi orqali boshqa idishga o'tkazib yuboriladi;
3) ta'minlovchi trubalardan birida modda to'kilishi xavfi yuzaga 
keldi va bu oqimni to'xtatib qo'yish davrida ma'lum miqdorda to'kilishi 
mumkin, avtomatik ravishda to'xtatganda 2 min, qo'lda to'xtatganda 15 
min; 
4) to'kilgan suyuqlik yuzasida bug'lanish hosil bo'lishi mumkin. 
Bunday hollarda to'kilgan suyuqlik yuzasini hisoblaganda, agar 
ma'lumotnomalarda shunga tegishli ma'lumot yo'q bo’lsa, 1 m
2
yuzaga 1 1 
suyuqlik yoyiladi deb hisoblanadi; 
5) normal sharoitda idishlarning ochiq yuzalaridan va yangi 
bo'yalgan yuzalardan bug'lanishni e'tiborga olish lozim;
6) suyuqliklar va suyultirilgan gazlarning bug'lanish davrlari, shu 
suyuqlik va gaz to'la bug'lanishgacha o'tgan vaqt hisoblanadi, ammo bu 
vaqt 1 soatdan oshmasligi kerak; 
7) muhitda portlashga xavfli aralashma hosil bo'lishi aralashma
alangalanishining quyi chegarasiga qarab belgilanadi. Bu zapas 


350 
koeffitsiyenti 1,5 deb qabul qilinadi;
8) hamma hollarda sanoat korxonasi xonasining bo'sh hajmi, ya'ni 
mashina va mexanizmlar o'rnatilmagan hajmi hisobga olinadi yoki 
xonaning umumiy geometrik hajmining 80 foizi deb qabul qilinadi. 
Mashina va mexanizmlardan to'kilib, bug'lanish natijasida 
portlashga xavf tug'diradigan miqdor hosil qiladigan gaz aralashmasining 
alangalanishning quyi chegarasidagi hajmi quyidagi formula ordamida 
aniqlanadi: 
V
sm
=1.5G/C
qch
bunda, 
Cqch—modda 
alangalanishning 
quyi 
konsentratsiya 
chegarasi, g/m
3
; G—binoga tarqalib ketgan modda miqdori, g. 
G=G
a
+G
t
bunda, Ga—apparatdan to'kilgan modda miqdori, g; G
t
—trubopro-
voddan to'kilgan modda miqdori, g; 
Agar xona avariya shamollatish tizimiga ega bo'lsa va sistema puxta 
ishlovchi avtomat yurgizish tizimiga ega bo'lsa, unda xonaning bo'sh 
hajmini nt+1 marta ko'paytirib qabul qilinadi 
Bunda, n — avariya shamollatishi ta'minlayotgan havo almashish 
darajasi; t — avariya rejimining ishlash davri, soat. 
Sanoat korxonalarining gaz va suyuqlik bug'lar bo'yicha portlashga 
xavflilik toifalarini quyidagi tartibda aniqlanadi. 
1.Apparatdan 
to'kilib 
bug'lanish 
natijasida, 
1,5 
xavfsizlik 
koeffitsiyentini hisobga olgan holda alangalanishning quyi zichlik 
chegarasida portlash uchun xavfli hajmi aniqlanadi. 
2.Sanoat 
korxonasi 
xonasining 
mashina-mexanizmlar 
bilan 
to'ldirilmagan bo'sh hajmi aniqlanadi. 
3.Avariya shamollatish rejimi aniqlanadi.
4.Hisoblab topilgan portlovchi aralashma hajmini xonaning bo'sh 
hajmiga nisbatan to'ldirilish foizi aniqlanadi. 
5.Agar hisoblab topilgan gaz havo aralashmasi xona hajmining 5 
foizidan ko'p miqdorini egallasa, bunda bu sanoat korxonasi portlashga va 
yong'inga xavfli toifaga kiradi. 
6. Sanoat korxonasi xonasining 5 foizdan ortiq hajmini to'ldiradigan 
portlashga xavfli parning havo bilan aralasiimasini ta'minlaydigan 
suyuqlikning bug'lanish davrini aniqlaymiz;


351 

5%* 24VxCqch (k P 
m F), 
bunda, 24—bug'larning portlashga xavfli xona hajmining 5 foizni 
ta'minlash darajasini ko'rsatuvchi yig'indi koeflitsiyenti; Vx— xonaning 
jihozlardan bo'sh bo'lgan hajmi, m
3
; Cqch—moddaning alangalanish quyi 
konsentratsiya chegarasi; g/m
3
; k—suyuqlik yuzasidagi bug'lanishning 
borishiga ta'sir ko'rsatadigan harorat va havo harakatiga bog'liq bo'lgan 
koeffitsiyent. P—to'yingan bug'lar bosimi (suyuqlik yuzasidagi issiqlik 
bilan havo muhitining haroratidan o'rta arifmetik miqdor chiqarib 
tashlanadi), Pa; m—moddaning molekular og'irligi; F— suyuqlikning 
bug'lanish yuzasi m
2

Agar portlashga xavfli havoning par bilan aralashmasining xona 
hajmiga nisbatan 5 foiz miqdori, shamollatishning ishlashini hisobga 
olmasdan hisoblansa yoki shamollatish butunlay ishlamasa, unda suyuqlik 
yuzasining havo harakati yo'q hisoblanib, K=l qabul qilinadi. 
Avariya shamollatishi ishlagan holda, u ta'minlagan havo harakati 
tezligi hisobga olinadi va k miqdori ma'lumotnomadan olinadi. 
Agar xonada bir necha moddalardan tashkil topgan suyuqlik 
bug'lanishi mumkin bo'lsa, unda yuqoridagi hisoblar eng tez bug'lanuvchi 
modda asosida amalga oshiriladi. Bir necha suyuqliklardan tashkil topgan 
aralashmaning parlanish davrini aniqlaganda aralashma tarkibiga kirgan 
moddalaming miqdoriy bosimi qo'yiladi, aralashmaning alangalanish quyi 
chegarasi Sm (g/m
3
), Le-Shatele formulas! asosida aniqlanadi. 
C
m
= 100/(q
1
/C
1
+ q
2
/C
2
+ ... + q
i
/C
i
), 
bunda, q
1
, q
2
qi-aralashma moddalari har birining miqdori, hajmiga 
nisbatan foiz hisobida. C
1
, ... Ci—aralashmadagi har bir moddaning 
alangalanish chegaralari, g/m
3

Agar xonadagi portlashga xavfli aralashmaga xona hajmining 5 
foizini bir soatdan kam bo'lgan vaqtda to'ldirgan bo'lsa, bunday sanoat 
korxonasi yong'inga va portlashga xavfli toifaga kiradi. 
Agar aralashma miqdori portlashga va yong'inga xavfli bo'lgan 
xonaning 5 foizdan oitiq hajmini qoplashga yetarli bo'lgan miqdorga 
yetmasa yoki bu miqdorga yetish vaqti 1 soatdan ortiq vaqtga to'g'ri kelsa, 
unda bu sanoat korxonasining toifasini aniqlaganda moddaning xossasiga 
asosan, uning xonani qoplashini hisobga olgan holda, portlash xavfi yo'q 
hisoblanadi. 


352 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling