Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


XVII.4. Qattiq, moddalarning yonish va yong'inga


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

XVII.4. Qattiq, moddalarning yonish va yong'inga 
xavflilik xususiyatlari 
Qattiq jismlarning yonish xususiyati deganda, uning qizdirish 
natijasida parchalanib, yonuvchi gazsimon va bug'simon moddalar hosil 
qilishi tushuniladi. Yonuvchi moddalarning mana shu parcha-lanish holati 
ularning uchuvchi qismi deb ataladi. Uchuvchi qismning yonish 


346 
qonuniyatini o'rganishda, ularga gazsimon moddalarning yonish 
qonuniyatlarini qo'llash mumkin. Masalan, quruq moddalami qizdirib 
haydash yo'li bilan gazga aylantirish mumkin. Haydashdan keyin hosil 
bo'lgan yoki qolgan qoldiq koks qoldig'i deb yuritiladi. Koks qoldig'ining 
yonish jarayoni gazsimon moddalarning yonish jarayonidan birmuncha 
farq qilsada, ammo o'z-o'zidan alangalanishning issiqlik nazariyasini bu 
koks qoldiqning yonish jarayonini tushuntirish uchun qo'llash mumkin. 
Qattiq moddalarning yong'inga xavflik xususiyatlari 1 kg qattiq 
modda yonganda ajralib chiqadigan issiqlik miqdori, o'z-o'zidan 
alangalanish yonib bitish tezligi va material yuzasida yonishning tarqalishi 
bilan ifodalaniladi. 
Qattiq jismlarning yonish harorati yonganda hosil bo'ladigan issiqlik 
miqdori va yonish zonasiga kelayotgan havo miqdoriga bogliq. 1 kg qattiq 
yoki suyuq yoqilg'i yonishi uchun kerak bo'ladigan havo miqdorini 
quyidagicha hisoblash mumkin. Ma'lumki, har qanday yonuvchi modda 
tarkibida uglerod, oltin-gugurt, vodorod va kislorod bo'ladi. Mana shu 
moddalar tarkibidan kelib chiqib, 1 kg jismning yonishi uchun 
sarflanadigan havo miqdorini hisoblab chiqish mumkin. 
V
0

23
1
(2,67C + S + 8H -0), 
bunda, S, S, N, O—yonuvchi moddada uglerod, oltingugurt, 
vodorod va kislorodning og'irligiga nisbatan miqdori; son koeffitsiyentlar, 
1 kg har bir komponentning to'liq yonishi uchun sarflnadigan kislorodning 
miqdori; 2—3 soni, havodagi kislorodning foizda ifodalangan qiymati. 
Haqiqatda esa yonish va qizish natijasida, qattiq jismlarning yonishi 
uchun havo almashish konveksiya hodisasiga ko'ra, yonish zonasiga 
nazariy jihatdan kerak bo'ladigan havoga nisbatan ko'proq havo oqimi 
keladi. Haqiqatda sarflangan havo miqdorini, nazariy jihatdan hisoblangan 
havo miqdoriga nisbati ortiqcha havo koeffitsiyenti deb yuritiladi. Yong'in 
vaqtida bu koeffitsiyent diapazoni nihoyatda katta bo'lib, 2-20 gacha 
o'zgaradi. Yetarli bo'lmagan havo muhitida yonish toliq bo'lmaydi. Bunda 
hosil bo'lgan yong'in mahsulotlari (SO, qurum, spirtlar) yana yonish 
qobiliyatiga ega bo'ladi. Bunday mahsulotlar oz miqdorda bo'lsa-da, tutun 
tarkibida ham bo'ladi. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling