Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


XVII.7. Sanoat korxonalarini loyihalash va qurishda yong'inga


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

XVII.7. Sanoat korxonalarini loyihalash va qurishda yong'inga 
qarshi kurash tadbirlari 
Agar 
sanoat 
korxonalarini 
loyihalash 
va 
qurishda, 
unda 
bajariladigan ishlarning mohiyatidan kelib chiqadigan talablardan, unga 
texnik mustahkamlik, sanitariya-gigienia va iqtisodiy talablardan tashqari, 
unga yong'in xavfi va yong'inga qarshi tura olish talablari ham qo'yiladi. 
KMK 2.01.02-92 ga asosan hamma qurilish konstruksiyalari yonishi 
bo'yicha uch gruppaga bo'linadi.
Yonmaydigan konstruksiyalar—bularga katta harorat ta'sirida yoki 
alanga ta'sirida yonib, kulga yoki ko'mirga aylanmaydigan qurilish 
konstruksiyalari kiradi (masalan, metall konstruksiyalar va mineral 
materiallar). 
Qiyin yonadigan konstruksiyalar—bunga katta harorat yoki ku-chli 
alanga doimiy ta'sir etganda tutab yonadigan, alanga ta'siri yo'qolishi bilan 
uchadigan sanoat konstruksiyalari kiradi (o'tga qarshi vositalar bilan 
ishlov berilgan yog'och konstalksiyalar va sanoat chiqindilardan 
tayyorlangan—yarim 
organik 
va 
yarim 
mineral 
mod-dalardan 
tayyorlangan konstruksiyalar). 
Yonadigan konstruksiyalar—bularga alanga yoki katta harorat 
yondiruvchi vosita bo'lib, keyin alanga olib ketilgandan keyin ham 
yonishda davom etadigan sanoat konstruksiyalari kiradi (yog'och 
materiallar, qurilishda ishlatiladigan turli-tuman plastmassa materi-allari). 
Bino 
qurilishida 
ishlatiladigan 
qurilish 
konstruksiyalarining 
yong'inga chidamliligini yoki yonishi ularning qanday materialdan 
tayyorlanganligiga to'g'ridan-to'g'ri bog'liq bo'ladi. Ammo ba'zi bir 
hollardan konstruksiyalarning o'tga chidamligiga uning tarkibiga kiradigan 
materiallarning o'tga chidamligiga nisbatan ko'proq bo'lishi mumkin 
(Masalan, issiq saqlovchi izolatsiya vositalarini metall tunuka bilan 
qoplab, uning o'tga chidamligini oshirish mumkin). 
Yong'in sharoitida qurilish konstmksiyalariga katta harorat ta'siridan 
tashqari boshqa kuchlar ham ta'sir ko'rsatadi. Masalan, konstruksiyaning 
o'z og'irligi, u ko'tarib turgan umumiy og'irlikdan tashqari yana 
qo'shimcha statik va dinamik kuchlar ta'sir ko'rsatishi mumkin, bu 
sochilayotgan suvning, yig'ilayotgan va bosim tushayot-gan bino 
qismlarining og'irligi va hokazo. Shuning uchun ham bun-day kuchlar 
ta'sirida konstruksiyalar egilishi, bukilishi va mustah-kamligini yo'qotib, 
ko'tarish qobiliyatiga putur etishi mumkin. 
Bundan tashqari yong'in vaqtida qurilish konstruksiyalari xavfli 


353 
darajadagi katta haroratda qizishi, erib yoki kuyib ketishi, shuningdek, 
yoriqlar hosil bo'lishi mumkin, bu yoriqlar orqali yong'inning qo'shni 
xonalarga tarqalish xavfi kuchayib ketadi. Shuning uchun ham sanoat 
konstruksiyalarining ma'lum muddat o'tgach chidash berish holatlari 
belgilanadi va bu ishlatish imkoniyati sifatida o'tga chidamlilik deb 
yuritiladi. 
Material va konstruksiyalarning o'tga chidamliligi o'tga chidamlilik 
chegarasi bilan belgilanadi. O'tga chidamlilik chegarasi asosan tajriba yo'li 
bilan aniqlanadi. Tajriba usulini qo'llanganda asosan maxsus stendlardan 
foydalaniladi. Sinalayotgan konstruksiya sinash qurilmasiga o'rnatilib uni 
ma'lum vaqtgacha, yong'in vaqtida hosil bo'lishi mumkin bo'lgan 
haroratda qizdiriladi. Qizdirish davomida qurilish konstruksiyasida ba'zi 
bir o'zgarishlar ro'y berishi mumkin: 
1) konstruksiyada yoriq va teshiklar hosil bo'lishi mumkin. Bu 
teshik va yoriqlar orqali yong'in mahsulotlari muhofazalanayotgan 
tomonga o'tib ketishi xavfi tug'iladi;
2) 
qizdirilayotgan 
konstruksiya 
yuzasining 
qarama-qarshi 
tomonidagi yuzaning deyarli hammasi IbO °C gacha qizisa yoki qizdirish 
boshlangan haroratga nisbatan ba'zi bir nuqtalarda 190 °C harorat hosil 
bo'lsa 
va 
qizdirish 
boshlangandagi 
haroratdan 
qat'i 
nazar 220 °C harorat hosil bo'lsa; 
3) konstruksiya o'z ko'tarish qobiliyatini yo'qotib buzilib tushsa, 
unda bu konstruksiya o'z o'tga chidamlilik darajasiga yetdi deb 
hisoblanadi. 
O'tga chidamlilik chegarasi soatlarda belgilanadi. Mana shu o'tga 
chidamlilik chegara soatlarning kattaligiga qarab sanoat quri-lishi 
konstruksiyalarining o'tga chidamlilik darajasi belgilanadi. Bu darajalar 
rim raqamlarida I, II, III, IV, V deb belgilanadi. I darajadagi o'tga 
chidamlilikka ega bo'lgan binolarning asosiy devorlari zinapoya 
maydonlari va kolonnalarining o'tga chidamlilik chegarasi 2,5 soatdan 
kam bo'lmasligi, tashqi devor va oraliq devorlar 0,5 soatdan kam 
bo'lmasligi kerak. II darajadagi binolar esa yuqoridagi ko'rsatkichlar 2,1 va 
0,25 soatlarni tashkil qilishi kerak. 
V darajadagi binolar uchun esa o'tga chidamlilikning minimal 
miqdori belgilanmaydi. 
Qurilish konstruksiyalarining o'tga chidamlilik darajasini oshirish 
imkoniyatlari 
mavjud. 
Maslan, 
metall 
konstruksiyalarning 
o'tga 
chidamlilik darajasi nihoyatda past bo'lib, taxminin 15—20 minut ichida 
o'z ko'tarish qobiliyatini yo'qotib, egilib bukilib ketadi. Agar bu 


354 
konstruksiyani o'tga chidamli bo'yoqlar bilan moylasak uning o'tga 
chidamliligi birmuncha ortishi, alebastr yoki sement aralashmalari bilan 
suvasak uning o'tga chidamliligini 1 soatga yetkazishimiz mumkin. Agar 
metalldan qilingan kolonnalarni gips plitalar bilan qoplasak, plitalar 
qalinligini 6 sm dan kam bo'lmasa, unda bu kolonnalarning o'tga 
chidamlilik chegarasi 3 soatga yetadi. 
Yog'ch konstruksiyalarning o'tga chidamligini oshirish muhim 
ahamiyatga ega, chunki yog'och konstruksiyalarni 270—280 °C gacha 
qizdirganda ular yonib ketadi. Agar yog'ochdan qilingan konstruksiyalar 
yaxshilab suvalsa, ularning o'tga chidamliligi ortadi. Suvoq qilish uchun 
asbosement va gips aralashmalaridan foydala-nish mumkin. Suvoqning 
qalinligi 20 mm bo'lganda yogoch kons-truksiyasining o'tga chidamliligi 
20—25 minutga yetishi mumkin. 
Yog'och konstmksiyalarning o'tga chidamliligini oshirishda antipirin 
deb ataluvchi moddani yog'och konstmksiya ustiga sepish yoki shimdirish 
yaxshi natija beradi. Antipirin kimyoviy birikma bo'lib, yog'och tarkibiga 
singib borishi natijasida uning yonishini qiyinlashtiradi. Agar yog'och 
materialiga antipirin 75 kg/m miqdorida shimdirilsa, yaxshi natijaga 
erishiladi. Bunday shimdirish, chuqur shimdirish deb ataladi va maxsus 
moslamalarda amalga oshiriladi. 
Bundan tashqari antipiilnni yuzani ishlov berish yo'li bilan ham 
shimdirish mumkin. Bunda antipirin tejaladi, chunki 1 m yuzaga 100 g 
antipirin tuzi sarflanadi. Bunday ishlov berishlar yog'och konstruksi-yasini 
butunlay yonmaydigan qilolmasa ham yonishini birmuncha qiy-
inlashtirish hisobiga o'tga chidamliligini oshiradi. Bundan tashqari yog'och 
konstruksiyalariga yong'inga qarshi bo'yoqlar bilan ishlov berish ham 
birmuncha ijobiy natijalar beradi.  

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling