357
chiqib ketishlari zarur.
KMK 2.01.02-92 ga asosan sanoat korxonalaridan tashqariga chiqib
ketish yo'llari, koridorlari va qavatlaridan tushish yo'llari hisoblab
chiqiladi.
Evakuatsiya yo'llarining eni I m dan, eshiklarning eni 0,8, bo'yi 2 m
dan kam bo'lmasligi kerak. Evakuatsiya yo'llari bo'lgan koridorlar,
zinapoyalar odamlar soniga qarab hisoblanadi.
Sanoat korxonalarini loyihalashda odamlarni
evakuatsiya qilishga
mo'ljallangan zinapoyalar va ularni joylashtirish mo'ljallangan kataklar
uchun ma'luni tartibda talablar qo'yiladi. Masalan, zinapoya o'rnatilgan
kataklarda tutun to'planmaydigan bo'lishi, ya'ni
tutunni chiqarib yuborish
uchun tashqi tomoni ochiq yoki havoni chiqarib yuborishni ta'minlovchi
texnik vositalarga ega bo'lishi kerak. Yoki zina kataklari ichkari tomonda
yong'in bo'lishi mumkin bo'lgan binodan ajratilgan bo'lib, tashqi tomondan
yoritiladigan bo'lishi mumkin. Butunlay katak bilan to'silmagan
zinapoyalardan ham foydalanish imkoniyati bor,
bu zinapoyalar tashqi
ochiq tomonda bo'lsa, evakuatsiya imkoniyati yanada ortadi. Har xil
balandlikdagi binolar uchun yong'inga qarshi narvonlar o'rnatilishi kerak.
Evakuatsiya yo'llarining hisobi, shu joydagi
barcha ishchilarning
chiqib ketishi uchun kerak bo'ladigan vaqtni belgilash bilan amalga
oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: