361
umumiy shamollatish sistemalari yordamida amalga oshiriladi.
Metallarga issiqlik ishlov berishda, qizdirish (yoki sovutish)
vannalaridan foydalaniladi. Bu vannalar
mineral moylar va qizdirib
suyultirilgan tuzlar bilan to'ldiriladi. Moyning harorati shu turdagi moy
uchun ruxsat etiladigan issiqlikdan oshib ketmasligi kerak. Moydan ajralib
chiqayotgan bug'lar mahalliy shamollatish vositasida chiqarib yuboriladi.
Tuz solingan vannalarni o’tga chidamli
materiallardan qilingan
to'siqlar bilan to'sib qo'yiladi. Suyultirilgan tuzli vannalarga soli-nayotgan
narsalar albatta, quruq bo'lishi shart. Chunki bu vannaga, hattoki, juda oz
miqdordagi namning tushishi poitlashga o'xshash keskin buklanishga olib
keladi. Vannadan to'kilayotgan suyultirilgan tuzning yong'inga olib
kelishining oldini olish zarur. Agar selitradan foydalanilayotgan bo'lsa,
uning harorati 520 °C dan oshib ketmasligi kerak, chunki, selitra 500 °C
da parchalanib, yong'inga olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: