Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


XVII.20. Maxsus kimyoviy vositalar yordamida o'chirish


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

XVII.20. Maxsus kimyoviy vositalar yordamida o'chirish 
Yonuvchi metallarni o'chirish juda mushkul ish. Bunday yonuvchi 
metallar qatoriga kaliy, natriy, litiy, sirkoniy, magniy va boshqalarni 
kiritish mumkin. SC>2 magniyning yonishini tezlashtirib yuboradi. 
Yonayotgan metallga suv sepib o'chirmoqchi bo'lsangiz, unda portlash 
ro'y berib, metall parchalari ancha uzoq masofalarga tarqalib, yonish 
zonasini kengaytirib yuboradi. Hattoki, qumq qum ham yonayotgan metall 
ta'siriga tushib qolishi va qumning parcha-lanishi kuzatiladi. Bunda sof 
kremniy birikmalari hosil boladi. Kremniy namlikni o'ziga tortib, 
reaksiyaga kirishadi, natijada yonuvchi va zaharli kremniy oksidi hosil 
bo'ladi. Shuning uchun bunday metallarni o'chirishda maxsus kimyoviy 
kukunlardan foydalaniladi. Asosan kukunsimon grafit, Na2CO3,MgCO
3

MgO
2
va ulaming aralashmalari, shuningdek, suyultirilgan inert gazlardan 
foydalanish mumkin. 
XVII.21. Avtomatik o't o'chirish vositalari 


374 
Avtomatik o't o'chirish tizimiga sprinkler qurilmalari kiradi. 
Sprinklerlar asosan yong'in xavfi yuqori bo'lgan sanoat korxonalariga 
o'rnatiladi. 
Mashinasozlik 
korxonalari 
yong'inga 
uncha 
xavfli 
bolmaganligi sababli, unga sprinkler qurilmalari o'rnatilmaydi. 
Sprinkler qurilmalari o'rnatiladigan xonalarga yoki sexlarga bosim 
ostida suv o'tkazuvchi quvurlar o'tkaziladi va bu quvurlarga sprinkler 
boshchalari o'rnatiladi. Mabodo yong'in sodir bo'lsa, issiqlik ta'sirida 
sprinkler ishga tushadi, ya'ni suv chiqish teshigi ochilib, suv sepa 
boshlaydi. Uning suv chiqarish teshigidan ma'lum masofada o'rnatilgan 
doira shaklidagi to'siq suvni keng ko'lamda sachrashini ta'minlaydi; Har 
bir sprinkler boshchasi 6-9 m
2
maydonga suv sachratib, o't o'chirishni 
ta'minlaydi. Bunday qurilmalar o'rnatilgan korxonalarda sodir bo'lgan 
yong'inlarning 90 foizi shu qurilmalar o't o’chirish komandalari kelgunda 
qadar o'chirishga ulgurgani aniqlangan. Sprinkler qurilmasining asosiy 
ishchi qismi sprinkler boshchasi hisoblanadi. Uning bir tomoni rezbali 
qilib tayyorlangan. Shu tomonini suv o'tkazuvchi quvurga burab o'rnatib 
qo'yiladi. Uning ikkinchi tomoniga bronzadan qilingan halqa, halqa 
tutqichi oxiriga esa deflektor o'rnatilgan. U sprinkler bosh-chasi teshigidan 
chiqadigan suvga to'siq vazifasini bajaradi. Suv deflektorga urilib bar 
tornonga yoyilib sochiladi. Bronza halqa sprinkler boshchasiga yupqa 
metalldan qilingan diafragmani qisib turadi. Diafragma o'rtasida teshik 
qolib, u shisha klapan bilan berkitilgan. Bu klapanni yiipqa plastinka 
ushlab turadi. Plastinka asosi halqa bilan yengil eruvchan modda 
yordamida yopishtirib qo'yilgan. Yengil eruvchan moddaning eruvchanligi 
sharoitga moslab tanlanishi mumkin. Agar bino ichidagi havo harorati 
ko'tarilsa, unda yengil eruvchan modda erib ketadi va bu diafragma 
teshigini berkitib turgan shisha klapanning tushib ketishiga sababchi 
bo'ladi. Shundan keyin sprinkler boshchasi ma'lum maydon bo'ylab suv 
sepa boshlaydi. 
Sprinkler tizimiga keltirilgan suv ma'lum qurilmalar orqali
o'tganligi sababli, bu qurilmalar yong'in chiqqanini bildiruvchi sirena bilan 
signal beradi. 
Sprinkler qurilmalari bilan bir qatorda drencher qurilmalaridan ham 
keng foydalaniladi. Drencher qurilmalarining sprinklerdan asosiy farqi
shuki, unda yengil eruvchan qulfli qurilma o'rnatilmaydi. Ularni
ishlatish asosan suv o'tkazish kranlarini ochish yo'li bilan amalga 
oshiriladi. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling