Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd
Odam faoliyati natijasida kelib chiqadigan favqulodda
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
hayotfaoliyatixavfsizligi
Odam faoliyati natijasida kelib chiqadigan favqulodda
hodisalar. Transport vositalarida: avtomobil va temir yo'l halokatlari, havo yo'llarida boladigan halokatlar, suv yo'llaridagi halokatlar. Ishlab chiqarish korxonalarida bo'ladigan xavfli vaziyatlar: — mexanik energiya bo'shalishidan kelib chiqadigan xavfli omillar: portlashlar, mexanizmlar agregatlarning va kommunikatsiyalarnig, shuningdek, binolar konstruksiyalarining zararlanishi yoki butunlay buzulib ketishi; gidrodinamikaga asoslangan xavfli omillar (plotinalarning portlash natijasida buzilishi hisobiga u yerda yig'ilgan suvlarning qishloqlar va aholi yashash punktlarini bosib ketishi); plotinalarning suv ko'payib ketishi hisobiga suv toshib ketishi va bu bilan quyida joylashgan serhosil yerlarning yuvib ketilishi yoki suv oqimi bilan serhosil yerlarga keraksiz tog' jinslarining surib kelinishi va bu bilan kattagina yer hududini ishdan chiqarish; — issiqlik energiyasi bo'shalishidan kelib chiqadigan xavfli omillar: texnologik jihozlar va binolarda yong'inlar va portlashlar; yengil alangalanuvchi, yonuvchi, portlovchi moddalarni saqlash va qazib chiqarish joylarida yong'inlar bo'lishi; transport vositalarida yong'inlar chiqishi; aholi yashash, madaniy-maishiy binolarda yong'inlar chiqishi; — radiatsiya energiyasi bo'shalishidan kelib chiqadigan xavfli omillar: atom elektr stansiyalari va atom energiyasini o'rganish ilmiy texnika qurilmalarida avariya bo'lishi birmuncha miqdordagi radioaktiv moddani chiqarib yuborishi yoki chiqarib yuborish xavfi tug'ilishi; yadro energiyasi vositalari o'rnatilgan yoki tashilayotgan transport va kosmik vositalarida avariyalar natijasida; yadro qurollari saqlanish joylaridagi 324 avariyalar; radioaktiv moddalarni yo'qotib qo'yish; — kimyo energiyasining bo'shalishidan kelib chiqadigan xavfli omillar: kuchli ta'sir qiluvchi zaharli moddalar tashilayotganda va ishlatilayotganda yoki saqlanayotganda avariya natijasida to'kilib ketishi; kuchli ta'sir qiluvchi zaharli modda tashish transportida avariya natijasida to'kilishi; kuchli ta'sir qiluvchi zaharli moddalarning kimyoviy reaksiyalar vaqtida boshlangan avariya natijasida hosil bo'lishi; kimyoviy qurollar saqlanish joylaridagi avariyalar; — bakteriologiyalar tarqalib ketishi: suv ta'minoti va kanalizatsiya obyeklarining ishlatish qoidalarining buzilishi; oziq-ovqat sanoati korxonalarida texnologiyaning buzilishi; sanitariya epidemologiya (mikrobiologiya) korxonalarida ish tartibining buzilish. Maxsus xavfli omillar: — yuqumli kasalliklar: xavfli va ma'lum bo'lmagan yuqumli kasalliklar paydo bo'lishi; katta guruh odamlarga kasal yuqishi; epidemiya; hayvonlar kasalliklari tarqalishi; katta miqdordagi zararkunandalar paydo bo'lishi. Ijtimoiy xavfli omillar: — urushlar—ham maxsus, ham ijtimoiy xavfli omillarga kiritiladi; — harbiy harakatlar, terrorchilik, ommaviy tartibsizliklar, aroqxo'rlik, giyohvandlik va boshqalar. Statistika ma'lumotlari. Tabiiy ofatlar ichida eng ko'p tarqalgani (taxminan 90%) quyidagi to'rt turi hisoblanadi: suv toshqinlari—40%, dovullar—20%, zilzilalar va qurg'oqchilik —15% dan. Keltirilgan foiz ko'rsatgichlar hamma joyda xuddi shu miqdordagi va xuddi shu turdagi favqulodda hodisalar bo'ladi deb bo'lmaydi. Chunki yer yuzining shunday joylari ham uchraydiki u yerlarda u yoki bu tabiiy ofat va favqulodda hodisa umuman bo'lmasligi mumkin. Shuning uchun ham har bir viloyat yoki respublika uchun faqat shu joyning o'zigagina xos bo'lgan favqulodda hodisalar va tabiiy ofatlarning ko'p yillik kuzatishlar natijasida olingan statistika ma'lumotlaridan foydalanib xulosa chiqarish mumkin. 22-jadval Ofatlar turi AQSh Dunyonin g qolgan davlatlari da Umumiy miqdori Tabiiy ofatlar (1938-1977-yillardagi statistika ma'lumotlari) Suv toshqinlari 1,12 7,03 8,15 Bo'ronlar 0,70 4,50 5,20 325 Zilzilalar 0,10 4,12 7,22 Tornado 1,98 - - Meteoritlar 0,0001 - - Texnogen ofatlar (1959— 1978-yillar bo'yicha statistika ma'lumotlari) Aviatsiya 5,05 18,25 23,30 Avtomobil transporti 1,20 16,80 18 Suv transportlari 1,95 13,10 15,05 Yong'inlar va portlashlar 3,60 9,45 13,05 Temir yo'l transporti 0,35 9,0 9,35 Shaxtalar 0,75 5,30 6,05 Plotinalar 0,14 0,45 0,59 Amerika Qo'shma Shtatlarida olib borilgan tadqiqotlar asosida tabiiy va texnogen fojialar haqidagi umumiy ma'lumotlar bor va bu fojialarni butun dunyo bo'yicha bo'layotgan xuddi shunday voqealar bilan solishtirilgan ma'lumotlar ham mavjud. Bunda halokatli fojia sifatida Butun dunyo Sog'liqni saqlash tashkiloti tomonidan qabul qilingan talabga muvofiq 10 dan ortiq kishining halokati bilan yakunlangan favqulodda hodisalar sanaladi. Yuqorida keltirib o'tilgan jadvaldan ko'rinib turibdiki, tabiiy va texnogen ofatlarning umumiy nisbati 1:4. Tabiiy ofatlar orasida, shuningdek, Rossiya mutaxassislarining fikrlari bo'yicha ham birinchi o'rinni suv toshqinlari (8,15%) egallaydi undan keyin zilzilalar (7,22%), bo'ronlar (5,20%). Texnogen ofatlar orasida umuman harakatlanish vositalari, ya'ni aviatsiya, atomobil, suv transportlari va temir yo'l transportlarida (65,7%) uchrashi keltiriladi. Rossiya grajdan muhofazasi va favqulodda hodisalar ilmiy tekshirish instituti ma'lumotlariga asosan Rossiya hududidagi asosiy yirik favqulodda hodisalar natijalari quyidagi jadvalda keltiriladi. 23-jadval Yillar Favqulodda hodisalar soni Zarar ko'r- ganlar soni, ming kishi xalok bo'lganl ar Hamma si Texnoge n ofatlar Tabiiy ofatlar 326 1991 334 209 125 25 236 1992 1015 769 246 68 947 1993 1027 905 122 18 1320 1994 1322 1097 225 51 672 1995 1369 1088 281 57 4679 1996 1349 1034 315 20 2120 1997 1665 1174 360 83 1735 Umum qabul qilingan qoidalarga asosan ofatlar og'irlilik darajasiga qarab quyidagicha sinflanadi: — kichik ofatlar, bunda halok bo'lganlar va jarohatlanganlar soni 25—100 kishi, kasalxonaga yotishi kerak bo'lganlar soni 10—50 kishi. — o'rtacha, bunda halok bo'lganlar va jarohatlanganlar soni 101 — 1000 kishi, kasalxonaga yotqizilishi kerak bo'lganlar soni 51—250 kishi. — katta, bunda halok bo'lganlar va jarohatlanganlar soni 1000 dan ortiq va kasalxonaga yotqizilishi kerak bo'lganlar soni 250 kishidan ortiq. Shundan kelib chiqib, dunyodagi XX asr davomida yuz bergan eng yirik ofatlarni keltirib o'tish foydadan holi bo'lmaydi, chunki o'quvchilar ongida yirik ofatlar tasawurini hosil qilish o'zimizdaham shunday holat yuz berganda unga qarshi kurashish chora- tadbirlarini puxta o'ylab olib borishlariga zamin yaratadi. Yana shuni ham ta'kidlash joizki, tabiiy ofatlarni bo'lishi mumkin yoki mumkin emasligini oldindan aytib berish imkoniyati hozircha yo'q. Hozirgi yaqin davrlarda bo'lib o'tgan tabiiy ofatlarni ko'pchiligini yer yuzasining asrning oxirgi yillarida isiganligi va bu ekologiya muvozanatini buzilganligi bilan bog'liqligini ta'kidlovchi olimlar safi ortib bormoqda. Ulaniing fikrlarini inkor qilmagan holda, shuni ham ta'kidlash joizki, hozirgi zamon taraqqiyoti va dunyo hamjamiyatining sa'y-harakati qay darajada bo'lishidan qat'i nazar rivojlanish darajasi energiya ishlab chiqarish hisobiga o'sishi muqarrar va bu muqarrarlik ekologiyani yaxshilash hisobiga amalga oshirilishi mumkin deb hisoblash ham safsatabozlikdan boshqa narsa emas. Shunday ekan hamma mamlakatlar va davlatlar ekologiyaga e'tibor beradi deb aytish qiyin. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling