XVI.4. Momaqaldiroq, chaqmoq, do'l, qurg'oqchilik va
boshqa tabiat hodisalari
Momaqaldiroq—quyuq yomg'ir bulutlari va bulutlar bilan yer
o'rtasida hosil bo'ladigan katta elektr zaryadlarining to'qinishi natijasida
chaqmoq chaqib, guldirash bilan o'tadigan tabiat hodisasi hisoblanadi.
Bunda kuchli jala quyishi kuzatiladi, ko'pincha do'l yog'ishi mumkin,
bunda shamolning katta kuch bilan esishi bo'ron, quturgan bo'ron va
aylanma bo'ronlarni hosil qiladiki, bular suv toshqinlariga va sellar
kelishiga sababchi bo'ladi. Momaqaldiroqlar paydo bo'lishi birinchidan,
quruqiiklar ustida suzayotgan bulutlar va yer o'rtasida konveksiya asosida,
ko'pincha peshindan keyingi vaqtlarda va ikkinchisi atmosfera
frontlarining issiq va sovuq frontlar qo'shilgan vaqtda, aksariyat kechalari
hosil bo'lishi mumkin. Buning birinchisini massa ichkarisida hosil
bo'ladigan, ikkinchisini bulutlar qo'shilishidan hosil bo'lganlari frontal
momaqaldiroqlar deb yuritiladi.
Mornaqaldiroqlar 7—15 km balandlikda yig'ilgan quyuq bulutlar
qatlamida, uning harorati —15—20 °C dan kam bo'lgan holatda vujudga
keladi. Bu bulutlar nihoyatda sovigan tomchilar va muz kristallaridan
tashkil topgan bo'ladi. Momaqaldiroq hosil qiluvchi bulutlarda jamlangan
potensial energiya 1013—1014 J ni, ya'ni megatonnali termoyadro
portlashidan hosil bo'ladigan energiyaga teng bo'ladi. Chaqmoqlar
chaqishini ta'minlayotgan bulutlarda yig'ilgan elektr zaryadlari 10—100
Kl ga teng bo'lib 1— 10 km masofaga cho'zilgan bo'ladi va bu zaiyadlar
hosil qilgan tok kuchi 10—100 A ga boradi. Momaqaldiroq hosil qiluvchi
bulut markazidagi elektr kuchlanishi (1—3)xl05 V/m dan ham ortiq bo'lib,
bulutning elektr o'tkazuvchanligi, atrofdagi atmosferaga nisbatan 100
310
marta katta bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |