O‘rta Osiyoda yaratilgan turkiy qo‘lyozmalar reja
Download 34.7 Kb.
|
O‘rta Osiyoda yaratilgan turkiy qo‘lyozmalar REJA. Turkiy qo‘lyozmalar haqida. Turkiy tilda bitilgan ilk qo‘lyozmalar. Temuriylar davri va Shayboniyxon davri qo‘lyozmalari. XVII-XIX asr qo‘lyozmalari. «Muqaddimatul-adab», «Qissasul-anbiyo» Xiva tarixshunoslari Turkiy qo‘lyozmalar haqida. Turkiy qo‘lyozmalar juda katta geografik hududda yaratilgan va ko‘chirilgan. Bular: O‘rta Osiyo, G‘arbiy Sibir, Ular, Volga bo‘yi, Shimoliy Kavkaz, Kavkaz orti o‘lkalari, Qrim, Turkiya, Eron, Afg‘oniston, Pokiston, Hindiston, Kashmir, Misr, Iroq, Suriya, Bolgariya, Ruminiya, Yugaslaviya o‘lkalaridir. Va bu qo‘lyozmalar juda ko‘p turkiy tillarda, tatar, qrimtatar, bashqird, qozoq, va boshqa tillarda yaratilgan. O‘rta Osiyo qo‘lyozmalari haqida gapirar ekanmiz, yana shuni ununtmasligimiz kerakki, O‘rta Osiyoning chegarasi doimo o‘zgarib turgan. Temuriylar davrida Xirot ham shu rayonga tegishli bo‘lsa, Boburiylar davriga kelib, Hindistonning shimoliy qismi ham regionga qarashli bo‘lgan. Turkiy tilda bitilgan ilk qo‘lyozmalar. Turkiy tilda arab grafikasida bitilgan turkiy, qo‘lyozmalarning eng qadimiysi XI asrga mansub bo‘lib, u Yusuf Xos Xojibning «Qutadg‘u bilig» asaridir. U 1069-1070 (462 hijriy) da yozilgan. Uning bizgacha yetib kelgan eng qadimiy qo‘lyozmasi XIII asrda bitilgan. Undan keyingi qo‘lyozma Mahmud Qoshg‘ariyning «Dеvoni lug‘otit-turk» asaridir. U 1073-1074 (466 hijriy) da yozilgan. Uning eng qadimgi qo‘lyozmasi 1266 (664 hijriy). Turkiy tilda eng ko‘p qo‘lyozma bitilgan davr XVIII-XIX asrdir. XI-XIII asrlarda esa ular barmoq bilan sanarli edi. Buning sababi: turkiy qo‘lyozmaning ko‘pi yo‘qolib ketgan yoki u davrda asosan arab va fors tillaridagina qo‘lyozmalar yaratilgan. O‘rta Osiyodagi ilk qo‘lyozmalar Ahmad Yassaviyning «Hikmat»laridir. (1166 yilda-562 hijriyda vafot etgan). She’riy uslubda yozilgan bu hikmatlar o‘sha davrdayoq devon shakliga keltirilgan va turkiyzabon aholi o‘rtasida keng tarqalgan. Mashhur Xorazmlik faqix va filolog olim Muhammad ibn Umar Zamahshariy (1143 yilda-538 hijriyda vafot etgan). Xorazm shohi Otsizning buyurtmasi bilan «Muqaddimat-ul adab» asarini yozgan. Bu asar arabcha-turkiycha lug‘at va turkiy tilning gramatikasiga bag‘ishlangan. Bu asar bir necha marta ko‘chirib yozilgan. Uning eng qadimgisi 1492 yilda 989 hijriy. Buxoroda ko‘chirilgan. Shuningdek u Samarqand va Toshkentda ham ko‘chirib yozilgan. XII asr oxiri, XIII asr boshlarida yashagan mutasavvuf shoir Sulaymon Boqirg‘oniy yoki Hakim ota Xorazmning Baqirg‘on degan joyida yashagan. U birinchi diniy mazmundagi qasidalar yozgan. «Boqirg‘on kitobi», «Maryam kitobi», «Oxir zamon kitobi» shular jumlasidandir. Bular qo‘lyozma shaklida keng tarqalgan va ommabop kitoblardan hisoblangan. XII-XIII asrlarda Qarshida Qur’onga turkiy tilda tafsir yozilgan. U shartli ravishda «Qur’onning O‘rta Osiyo tafsiri» deb ataladi (asli nomi va muallifi no’malum). 1212-1213 yillar-609 hijriy) Ali ismli shaxs Xorazmda «Qissayi Yusuf» asarini yozgan va qo‘lyozma shaklida o‘qilgan. 1220 yilda Xorazm mug‘illar tomonidan bosib olingan. Bu davrda Xorazmning Raboti O‘g‘uz degan joyida Nasriddin Burxoniddin (u qozi bo‘lgan) «Qissasul anbiyo» asarini yozgan. U o‘sha davrda Raboti O‘g‘uzning hokimi bo‘lgan Nasriddin Toq Bug‘aga tortiq qilish uchun 1310-1311 (710 hijriy) yillarda yozilgan. Bu asar aholi orasida «Qissasi Rabg‘uuziy» nomi bilan mashhur bo‘lgan. Bu davrda Xorazmda shoir Qutb «Xusrav va Shirin» she’riy dostonini yozgan. Ho‘jabek Xorazmiy degan shoir «Muhabbatnoma» she’riy asarini yozgan. Har ikki asar qo‘lyozma shaklida el orasida mashhur bo‘lgan. Temuriylar va Shayboniyxon davri qo‘lyozmalari. Temuriylar davriga kelib O‘rta Osiyoning madaniy markazlari Samarqand bilan Xirot edi. Bu shaharlarda fanlarni o‘rgatishga, she’riyatga va san’atga ko‘proq e’tibor qaratilgan edi. Bu davrdagi shoirlardan XIV asr oxiri-XV asr boshlarida yashagan Xo‘jandiy, XV asr birinchi yarmida yashagan Sakkokiy, Lutfiy (1366-1465), Atoyi (XV asr)larni eslab o‘rish kerak. Sulton Husayin Boyqaro hukmronlik qilgan davrga kelib (1469-1506), she’riyat o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga yetishgan edi. Bu esa, mashhur shoirimiz mutafakkir Alisher Navoiy ijodi bilan bog‘liq edi. Navoiydan tashqari Husayin Boyqaroning o‘zidan tortib, Durbek va boshqa juda ko‘p shoirlar yetishib chiqqan edilar. Bu davrda juda ko‘p forsiy zabon she’riy asarlar turkiy tilda qayta ishlanib, turkiy adabiyot boyitilgan. Bunday badiiy adabiyot namunalaridan tashqari Navoiy 1481-1482 (886 hijriy) yilda «Vaqfiya» asarini yozgan va bunda o‘ziga qarashli bo‘lgan yer-mulkni Xirotdagi Ixlosiyya masjidiga vaqf qilib berish masalasi ko‘tarilgan. 1488-1489 (894 hijriy) yillarda Xurosonda yashab xukmronlik qilgan podshohlarning tarixiga bag‘ishlangan «Tarixi mulki Ajam» nasriy asarini yozgan. Bu asarning barchasi qo‘lyozma shaklida vujudga kelgan. tarixdan ma’lumki, XVI asrda O‘rta Osiyoni Shayboniylar sulolasi boshqargan. Ularning poytaxti ham Samarqand shahri edi. Bu sulolaning asoschisi bo‘lgan Shayboniyxonning o‘zi ham shoir bo‘lgan (1506-1510) va o‘sha davrdagi olim va shoirlarga homiylik qilgan. Uning saroyida «Shayboniynoma» asarining muallifi Muhammad Solih (1534-941 hijriy) yilda favot etgan. Shuningdek, «Tavorixi guzida Nusratnoma» nomli tarixiy asar muallifi (ismi no’malum) ham saroyda yashagan. Bu asar 1502-1503 (908 hijriy) yilda yozilgan. Bu davrda Binoiy isimli shoir yashagan. U forsiyzabon she’rlar yozgan va «Ajoyib-ul mahluqot» nomli asarini forsiydan turkiyga tarjima qilgan. 1525 (931 hijriy) yilda musulmon hukmronlarning umumiy tarixini yorituvchi «Zabdatul-asar» nomli ilmiy kitobi vujudga kelgan. Uning muallifi Nasrulloiy ismli tarixshunosdir. XVI asrda Bobur Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos soldi. Boburning o‘zi bu davrda «Boburnoma» nomli memuaridan tashqari aruz janriga bag‘ishlangan «Mubayyin» nomli risolasini yozgan. Boburiylarning saroyida Baramxon ismli turkman shoiri yashagan. (1561 da vafot etgan). Uning o‘g‘li Abdurahim Mirzo ham shoir bo‘lgan va «Boburnoma»ni fors tiliga tarjima qilgan. XVII-XIX asr qo‘lyozmalari. XVII-XVIII asrga kelib, O‘rta Osiyoning madaniy markazlari sifiga Buxoro va Xiva shaharlari ham qo‘shildi. Buxoroda Imomqulixon (1640 yilda vafot etgan), Subxonqulixon (1702 yilda vafot etgan), Qulsharif (1692 yilda vafot etgan), So‘fi Olloyor (1721 yilda vafot etgan), Saykaliy (1797 yilda vafot etgan), Turdi (1700 yilda vafot etgan), Obidiy (1828 yilda vafot etgan) kabi shoirlar yashab ijod etishgan. Xivada esa, turkman qabila boshliqlarining iltimosiga ko‘ra 1661 yilda «Shajarayi tarokima» asarini va «Shajarayi turk» asarlarini yozgan Abulg‘ozi Bahodirxon, Hasanquli Axsaniy (XVII asr) yashagan. XVIII asr oxirida ismi noma’lum bir tarixshunos Shayboniyning qilgan yurishlariga bag‘ishlangan «Shayboniynoma» asarini yozgan. XIX asrda Xivada podshoh saroyida bir qator tarixshunoslar, shoirlar, tarjimonlar yashashgan. Masalan, shoir Munis (1778-1829) va uning jiyani Ogahiy (1809-1874) dunyo yaratilgandan beri 1825 yilgacha hukmronlik qilgan xonlarning tarixini yorituvchi «Firdavsul iqbol» asarini yozishgan. Keyinchalik Ogahiy xonlarning topshirig‘i bilan bir qator salnomalr yaratgan: 1825-1843 yillarga doir «Riyozud-davla» solnomasini, 1843-1846 yillarga doir «Zubdatul-tavorix» solnomasini , 1845-1855 yillar voqeasiga doir «Jamiu voqioti sultoniy» solnomasini, 1855-1864 yillarga doir «Gulshani davlat» solnomasini, 1864-1873 yillarga doir «Shohiul-iqbol» solnomasini yozgan. Eshmurod Al-Alaviy ismli mudarris 1804 yildan 1864 yilgacha davom ettirgan inoqlar sulolasi hukmronligiga bag‘ishlangan «Tarixi Sayyid Muhammadxoniy» (1861 yilda) va «Tarixchayi Muhammad Yoqubxo‘ja» tarixiy asarini (1863-1864 yillarda) yozgan. Bundan tashqari Xivada Komil Xorazmiy (1825-1899), Feruz (Muhammad Rahimxon-II) (hukmronlik yillari 1865-1910) yashab ijod etganlar. XIX asr boshlariga kelib, Qo‘qon ham madaniy markazlar safiga qo‘shildi. Bu yerda Amir Umarxon (1810-1822) boshchiligida fazliy Namangoniy, Guoxaniy, Xozik, Maxmur, Muqimiy, Fitrat, Xamza kabi shoirlar yetishib chiqdi. XX asr boshlarida esa Rojiy (1908 yilda vafot etgan), Kameb (1922 yilda vafot etgan), Mirza (1922 yilda vafot etgan) kabi shoirlar yashab ijod etishgan. Bulardan tashqari bir qator ilmiy asarlar fors tilidan turkiy tilga tarjima qilingan. Jumladan: Tarixiy asarlardan Mirxondning (XV asr) «Ravtus-safo» asari, uni XIX asr o‘rtalarida Rojiy nomli shaxs tarjima qilgan, Mexdixonning (XVIII asr) «Durrayi Nodiriy» asari, uni Muhammad Nazar va Ogahiy (XIX asr) tarjima qilishgan. Muhammad Xakimning «Muntaxabut-tavorix» asari. Uni XIX asrning ikkinchi yarmida ismi noma’lum shaxs tarjima qilgan. Tasavvufga oid 1696-1697 yillarda Muhammad Sodiq Yangixisoriy tomonidan yozilgan «Jomiul-makomot» asari, uni Abulboqi ibn Baxouddin ibn Maxdumi A’zam tarjima qilgan. Shuningdek, Vosifiyning «Badoyiul-vaqoyi» nomli memuar asari (XVI asr) Dilovar ismli shaxs tomonidan tarjima qilingan. Albalxiyning geografiyaga oid «Majmaul-g‘aroyib» asari (1566-1567 yil). Muhammad Xusayin Mahdum tomonidan tarjima qilingan. Bundan tashqari Amir Temurning biografiyasiga oid «Tuzuki Temuriy» asari ham fors tilidan 1835-1836 yillarda Xotifquli ismli shaxs tomonidan turkiy tiliga tarjima qilingan. O‘rta Osiyodagi kutubxonalar haqida: O‘rta Osiyo hududida juda boy saroy va shaxsiy kutubxonalar qadimdan mavjud bo‘lgan. XI-XIII asrlarda Samarqandda anchagina kutubxonalar shakllangan edi. XII asrda Marvda Somoniylar sulolasining kutubxonasi mavjud bo‘lgan. XIII asrdan boshlab Rashididdin ismli shaxsning kutubxonasida (1247-1318) qo‘lyozma kitoblarni bitadigan xattot va boshqa ustalarning ustaxonasi ham mavjud bo‘lgan. Buxoroda XV asr boshlarida Muhammad Fors tomonidan asos solingan (1419 yilda vafot etgan) kutubxona mavjud bo‘lgan. XV asr boshlarida Samarqand Amir Temur tashkil etgan va keyinchalik nevarasi Ulug‘bekka o‘tgan kutubxona vujudga kelgan. Xirotda Boysunqur mirzo saroyi kutubxonasini tashkil etgan (1433 yilda vafot etgan). U yerda Alisher Navoiyning ham shaxsiy kutubxonasi mavjud edi. XVII asrda Buxoroda Ashtarxoniylar sulolasiga mansub shoxlardan Abdulazizxon (1645-1680), va uning inisi Subxonqulixon (1680-1702) qo‘lyozmalarini jamlab kutubxona tashkil etishgan. XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshlarida Xivada Muhammad Rahimxon-II ning kutubxonasi ishlab turgan. XX asr boshlarida bir necha shaxsiy kutubxonalar: jumladan, Buxoroda Validovlarning kutubxonasi, Toshkentda Jo‘rabekning kutubxonasi va hokazo. Boburiylar davrida (XVI-XVII asrlar) O‘rta Osiyo bilan Hindiston o‘rtasida madaniy aloqalar kuchaygan edi. Hindistonga Farg‘ona vodiysidan, Samarqand, Buxoro va boshqa shaharlardan yirik shoirlar, olimlar, tabiblar, xattotlar, me’morlar, naqqoshlar taklif qilingan edi. Shuning uchun Hindiston kutubxonalarida ham bir qator turkiy qo‘lyozmalar to‘plangan. Masalan, «Buxoronoma»ning Haydarobod nushasi, Kalkutta nushasi, Boburning XVIII asrda tuzilgan uchta devoni, Boburning aruzga oid risolasining fors tiliga tarjimasi (uni XVIII asrda Azfariy Qoraxoniy Madrasasida tarjima qilingan). Haydar Xorazmiy, Durbek, Lutfiy, Zebunisobegimlarning she’rlari qo‘lyozmalari hozirgacha Hindiston kutubxonalarida saqlanmoqda. XIV asrda Xorazmdan Sherozga ketib qolgan Abdurahim ismli shoirning to‘plami-u Sherozda mashhur shoir Xofiz Xorazmiy bilan tanishgan va o‘ziga ham Xofiz deb taxallus tanlagan. U keyinchalik Xofiz Xorazmiy nomi bilan mashhur bo‘lgan. Shu shoirning yagona she’riy to‘plami ham Hindistonda saqlanmoqda. XV asr o‘zbek shoiri Said Qosimiyning «Majmaul-axbor», «Gulshani roz», «Ilohiynoma» kabi didaktik asarlari 1634 yilda ko‘chirilgan nushasi ham Hindistondan o‘rin topgan. Shuningdek, Ulug‘bekning, Ali Qushchining, Ibn Sinoning, Abdurahmon Jomiyning arab tilida yozgan asarlari ham Hindiston kutubxonalarida saqlanmoqda. Hindistonning Rampur shahrida Turkman shoiri Bayramxonning, Boburning o‘g‘li Kamronning yozgan lirik she’rlari bilan bitta qilib devon qilingan qo‘lyozmasi hozircha saqsanmoqda. 5.«Muqaddimatul-adab»/ Zamaxshariyning xorazmshoh Alouddavla Abulmuzaffar Otsizga bag’ishlab yozilgan «Muqaddimat ul-adab» asari alohida ahamiyatga egadir.Shuni ta’kidlash kerakki, xorazmshohlar davrida ilm-fan, madaniyat ancha taraqqiy qilgan edi. Hukmdorlar, ayniqsa, xorazmshoh Otsiz olimlar, shoiru adiblarga hurmat bilan qarar, o’zi ham iste’dodli, ma’rifatparvar, adabiyotga qiziqqan, bilimdon odam edi. Uning davrida ilm-fan taraqqiyoti yo’lida bir qancha xayrli ishlar amalga oshirilgan. Shu sababdan bo’lsa kerak, Zamaxshariy «Muqaddimat ul-adab»ni uning nomiga bag’ishlab yozgan. Asar besh katta qismga bo’lingan bo’lib — otlar, fe’llar, bog’lovchilar, ot o’zgarishlari va fe’l o’zgarishlari haqida bahs yuritadi. Asar 1137 yillari yozib tugallangan. Zamaxshariy o’z asarida o’sha davr arab tilining iste’molda bo’lgan barcha so’zlari, iboralarini qamrashga intilgan, ularning etimologiyasiga katta e’tibor qilgan. Shu boisdan ham Zamaxshariyning bu yirik asarini mazkur yo’nalishdagi dastlabki asarlardan deyishga haqlimiz. «Muqaddimat ul-adab» arabchadan fors, chig’atoy, mo’g’ul va turk tillariga tarjima qilingan. Manbalarda ta’kidlanishicha, asarning chig’atoy tilidagi tarjimasi Zamaxshariyning o’zi tomonidan amalga oshirilgan. Zotan xorazmshoh Otsizning tushunishi uchun asarning arabcha matni bilan birgalikda chig’atoy tilidagi tarjimasi ham yaratilgan, deb bilish o’rinlidir. «Muqaddimat ul-adab» yaratilgan davridan boshlab bir necha asrlar davomida olimlar, tadqiqotchilar diqqatini o’ziga tortib kelayotir. U birinchi marta 1706 yili Xo’ja Is’hoq Afandi tomonidan usmonli turk tiliga tarjima etilgan. So’ngra Ovro’poning bir qancha tillariga (frantsuz, nemis) o’girilgan. 6.«Qissasul-anbiyo»/Bular asardagi 72 bob qissalarda o’z ifodasuni topgan. Bu qissalarning hajmi turlicha. Masalan “Qissasi Yusuf” salkam yuz sahifadan iborat bo’lsa “Lut” haqidagi qissa bir necha sahifadan iborat. Qissalarning ko’pi hayot va qahramon haqidagi muayyan xabar bilan boshlanadi. So’ng she’riy madh, keyin asosiy voqealar bayoni keladi.Ba’zi qissalar ichida yana mustaqil hikoya, rivoyat va naqllari ham bor, Masalan Yusuf qissasida bir necha hikoya, latifa, bayt, g’azal va boshqa janr namunalari uchraydi, ammo ular asarda olg’a surilgan asosiy g’oyaviy-badiiy maqsad bilan yaxlitlikni tashkil etadi. Misol sifatida “Dovud haqida” gi qissa bilan tanishish mumkin. Qissa Dovudning ta’rifi bilan boshlanadi. So’ng she’riy tavsif beriladi. Undan keyin Dovud payg’ambar haqidagi umumiy tasavvurlar bayon etiladi. “Dovud Yalavoch (payg’ambar) bani Isroildan erdi. O’n qarindosh erdilar. Otalari Isho otlig’ Dovud qomug’idan (barchasidan) kichik erdi. Tun-kun yig’layur erdi ibodat ichinda1” Ko’rinib turganidek Rabg’uziy nasrda nihoyatda soda, lo’nda, tushunarli ta’sirchan ifodalarni topa olgan. Shuning uchun ham bu asar asrlar davomida qo’ldan tushmay o’qildi. Dovud bilan bog’liq hikoyalarda adib adolat va zulm, hunar egalari, ota-ona farzandlar munosabati singari muommolarga asosiy e’tiborni qaratgan. “Aytmishlar, Dovud yalavoch tunla o’zin belgusiz qilib raiyatlardin so’rar erdikim, podshoh sizing birla netag muomala qilur ? Aytur erdilar: yavloq “juda odil turur” Bir kecha andog’ so’zlayurda Mavlo Taollo bir farishtani izdi (jo’natdi) bir qurtqa (kampir) surati uza. Andin so’radi: “Podshohingiz netag turur, o’ntasi (shunisi) bor, kishilar molin yeyur” Dovud duo qildi: Iyo (egamey), menga bir harf hunar o’rgatgil. Aning birla qazg’achiligi (Nasibamni) yeyayin. Xalq mani so’zlamasunlar Mavlo taolo bir taqachilik san’atin anta o’gratuv berdi. Aymishlar Temur Dovud ilkinda mumtek yumshar erdi. Netakkim xamir o’zgalar ilkinda” Halollikka o’z mehnati bilan kun ko’rishga boshqalarga zulm qilmaslikka undash hikoyaning asosiy maqsadidir. O’zbek nasrida ilk marotaba diologlar, Rabg’uziy tomonidan keng qo’llangan Ana shu diologlar vositasida asosiy g’oyaviy maqsad yorqin va ta’sirchan ifodalangan. Rabg’uziy hikoyalarida insonparvarlik, yurtparvarlik insonni komillikka ko’tarish AHLOQIY poklik, ma’naviy barkamollik sari undash g’oyalari yetakchilik qiladi. Ular orasida til odobi qalb pokligi ham alohida o’rin tutadi. Bu jihatdan “Luqmon va uning xojasi” hikoyati ibratlidir. “Luqmong’a xojasi aydi:”Borg’il bir qo’y bo’gizlab etindin qayu yaxshiroq ersa menga kelturgil. Qo’yni bo’g’izladi, tili birla yurakni olib keldi. Xojasi so’radi-“bularni naluk (nima uchun ) kelturding?” Aydi: “qo’yda tildin, yurakdin yaxshiroq yo’qdur. Agar yovuzroq ersa tildin yurakdin yovuzroq yo’q.” Tilga e’tibor berish, har bir aytiladigan so’z mas’uliyatini ta’kidlash, hikoyadagi g’oyaviy niyatdir. Bu yerda donolik hozirjavoblik ulug’langan. Hikoyalarda xalq og’aki ijodining ta’siri ham yorqin seziladi. Xususan, latifa janriga xos belgilar hikoyaga ko’chib o’tgan. Suhbatning diolog asosida olib borilishi soddalik hozirjavoblik, donishmandlik topqirlik fazilatlarining ustuvorligi, ifodalarning qisqa aniq lo’ndaligi, og’zaki ijoddan ta’sirlanish natijasidir. Rabg’uziy hikoyalarining asosini ko’pincha real hayotiy voqea hodisalar tashkil etadi. Ularni ifodalash uchun mifologik, afsonaviy –hayoliy yoki hayotiy mantiq taqozo etadigan bayon uslubi tanlab olinadi. Masalan, insonlarning mast holda yurishini umuman o’tkir ichimliklar ichishini qoralash maqsadi uchun “Uzum hikoyati” berilgan. Undagi asosiy qahramon Shaytondir . U to’g’ridan-to’g’ri Shaytoni mal’undir“-,deb ta’riflanadi. “Mal’un” –la’natlangan haydalgan demak. Ana shu uzumning urug’ini o’g’irlagan . Bu hol oshkora bo’lib qolgach, uni Nuh payg’ambar huzuriga olib kelishadi. Shayton aybini bo’yniga oladiyu, lekin urug’ni qaytarib berishdan oldin uni uch marta sug’orishga imkon so’raydi. Bu ish uchun rozilik oladi. Chog’ir ichkilikning paydo bo’lishini shu tarzda shayton nomi bilan bog’lanadi. Chog’ir ichgan odamning holati ham nihoyatda ta’sirchan o’xshatishlar bilan tasvirlanadi. Buning uchun tulki yo’lbars, to’ng’iz obrazlaridan foydalangan. Hikoyada Nuh payg’ambarning ulug’ligini ko’rsatuvchi dalillar ham keltirgan. Xususan, shinni va sirkaning paydo bo’lishi bevosita ana shu payg’ambar faoliyati bilan bog’liq.Rabg’uziy hikoyalarida qadimiy mifologik tasavvurlarning ildizlari ham ko’zga tashlanadi.Ma’lumki1, miflarda dunyoviy hodisalarning paydo bo’lishi, ularning ilohiyot bilan aloqasi o’ziga xos tarzda izoh va isbot etiladi. Bu jihatdan “Ilon va qarlug’och” hikoyati xarakterlidir. Unda mushuk bilan sichqon, ilon bilan baqa, ilon bilan qarlug’och hamda ari, inson, qushlar va boshqa hayvonot olami orasidagi o’ziga xos munosabatlar izohlanadi, badiiy tadqiq etiladi. Namrud haqidagi hikoyatda inson hayolotining imkonlari madh etiladi. Unda Namrudning osmon mamlakatiga chiqishi tasvirlangan. Hikoyada o’sha davr kishilarining osmon haqidagi tasvirlari ham ifodasini topgan. Ayni paytda hikoya mazmuni badiiy jihatdan to’la asoslangan va shuning uchun ham kishida zavq uyg’otadi. Shu bilan birga hikoyada shuhratparastlik takabburlik kabi illatlar qattiq qoralanadi. Erishgan muvaffaqiyatlardan boshi aylanib qolgan Namrud hech kimni pisand qilmaydigan kimsaga aylanadi, hatto xudoni ham tan olmaydi.Oqibatda u qattiq jazolanadi, o’g’ir dardga chalinib xor-zorlikda halok bo’ladi. Bu ibratli hikoya har qanday o’quvchiga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Rabg’uziy qissalari va hikoyalarida axloqiy- ta’limiy qarashlarni targ’ib qilish yetakchi o’rin tutadi. Deyarli har bir hikoyada shunday qarashlar aks etgan. Sulaymon – Dovud payg’ambarning o’n ikkinchi kenja o’g’li. U ham boshqa akalariday olim faqih oqil yigit edi. Dovudning podshohligi unga meros qoldi. Ammo otasiga o’xshab o’z hunarini hech qo’ymas edi. U tol novdalarini yig’ib savat to’qib sotardi. O’zbek adabiyotidagi payg’ambarlar tasvirida Dovud va Sulaymon nomi ko’p uchrab turadi. Ayniqsa, “Taxti Sulaymon” iborasi ko’p qo’llanadi. Rabg’uziyning yozishicha: “Taxti bir yig’och yer ichinda erdi. Ul taxtni oltun, kumush birla qilmish erdi. Sulaymonni chumolilar podshosi bilan suhbati hikoyasi katta ma’rifiy va axloqiy-ta’limiy ahamiyatga bog’liq hodisa hisoblanadi. Unda kishilik jamiyatiga xos bo’lgan ayrim illat va kamchiliklar ustida so’z boradi. Hikoyada Sulaymon katta mavqega ega bo’lgan manman, kibrli, manfaatdor hukmdor sifatida gavdalanadi. Aksincha, qarinchqa chumolilar podshosi dono, tadbirkor, xalq g’amini yeydigan hukmdor sifatida gavdalanadi. Chumolilar podshosi sifatida Sulaymonni izza qilish tasviri kishini qiziqishini uyg’otadi. Rabg’uziy shaxs kamoloti faqat shaxs jismoniy sifatlar bilan belgilanmasligini buning uchun aqliy ma’naviy belgilar mezon bo’lishini ta’kidlaydi. Nosiruddin Rabg’uziy mahoratli nosirgina emas nozikta’b shoir hamdir. 7 Хiva хоnligi tariхini o`rganishda bеvоsita хоrijiy tadqiqоtlarga, хоrazmlik mahalliy muarriхlarning tariхiy qo`lyozma asarlariga murоjaat qilamiz. To`rt yuz yillik tariхga ega Хiva хоnligining ijtimоiy-iqtisоdiy, siyosiy va madaniy hayotini o`rganish хоnlik tariхshunоsligi bilan bоg’liq. XIX asrning ikkinchi yarmi XX asrning bоshi ya’ni Muhammad Rahimхоn sоniy Fеruz hukmrоnligi davri turli tadqiqоtlar оrqali talqin etilgan. Хоnlik tariхi ma’lum sabablarga ko`ra Хivada bo`lgan rus va ingliz sharqshunоslari, хоrij оlimlari asarlarida ham ma’lumоtlar kеltirilgan. XIX asr – XX asrning bоshlarida O`rta Оsiyoga, jumladan Хiva хоnligiga turli yillarda kеlgan sayyohlar, оlimlar, harbiylar va bоshqa davlat vakillarining yozgan asarlari, mamlakatning o`sha davr tariхi, хo`jaligi, ijtimоiy-siyosiy va madaniy hayotini o`rganishda asоsiy manba bo`lib хizmat qiladi. 1950 yillarning охirida O`zR FA sharqshunоslik institutining ilmiy хоdimlari Yu.A.Zavadоvskiy, D.G.Vоrоnоvskiy, V.L.Vоrоnina, A.M.Bеlеnitskiy, "Science and Education" Scientific Journal September 2020 / Volume 1 Issue 6 www.openscience.uz 153 A.N.Nikitinlar хоnlik tariхining ajralmas qismi bo`lgan Хiva epigrafikasini o`rganib, ba’zi yodgоrliklardagi yozuvlarni o`rganib chiqdilar. Хоrazm hududi hunarmandchiligi bo`yicha A.Yu.Yakubоvskiy, S.P.Tоlstоv, N.N.Vakturskaya, V.N.Yagоdin, Yu.A.Rapоpоrtlar ish оlib bоrdilar. [1] Bular qatоrida N.Muravyov, M.Ivanin, L.Sоbоlеv, L.Kоstеnkо, A.Kun, N.Vеsеlоvskiy, G.Danilеvskiy, D.Gladishеv, Х.Vambеri, V.Vеlyaminоv-Zеrnоv, A.Kaulbars, A.Shilе, Е.Jеlyabujskiy, A.Samоylоvich, Grishfеld kabi оlim va sayyohlarning esdalik va asarlarini tilga оlish mumkin [2]. Yuqоrida nоmlari kеltirilgan mualliflarning asarlarida Хiva хоnligining ijtimоiy-siyosiy hayotdagi o`zgarishlar, iqtisоdiy hayot, davlat bоshqaruvi, sоliq va majburiyatlar, ma’naviy va madaniy hayot haqida ma’lumоtlar kеltiriladi. Rus sharqshunоsligida Хiva хоnligining siyosiy tariхi, ijtimоiy – iqtisоdiy munоsabatlari, ma’muriy va davlat tuzilishi va bоshqa masalalar хоlisоna o`rganilmadi. Rus sharqshunоslari asarlarida bu masala bo`yicha bayon etilgan fikrlariga e’tirоz bildirish mumkin. Ayniqsa G.Danilеvskiy, N.Muravyov, A.Sоbоlеv, N.Vеsеlоvskiy asarlarida Хiva хоni sarоy amaldоrlari ta’sirida bo`lib, хоnlikda ma’muriy bo`linish bo`lmagan, sarоyda hеch qanday kеngash faоliyat ko`rsatmagan, хоnlikda harbiy-fеоdal tuzum qarоr tоpgan, dеgan salbiy fikrlarni bayon qilganlar. Хiva tariхchilari Munis, Оgahiy va Bayoniy asarlarida hamda Хiva хоnlari arхiv hujjatlaridagi ma’lumоtlar Хiva хоni Muhammad Rahimхоn I (1806-1825) davridayoq davlat bоshqaruvining ma’muriy-hududiy, mоliyaviy, harbiy va diniyma’rifiy nеgizlari yaratilganligini, bu esa o`z navbatida, Хоrazmda davlatchilik rivоjida muhim bоsqich bo`lganini tasdiqlaydi. L.Kоstеnkо, A.Kaulbars, A.Shilе, Е.Jеlyabujskiy, Grishfеld kabi mualliflarning asarlari XIX asr охiri – ХХ asr bоshlarida Хiva хоnligi ahоlisi, etnik tarkibi, asоsiy mashg’ulоtlari, хоnlikda yashagan хalqlar va ijtimоiy–siyosiy, madaniy muhit haqidagi ma’lumоtlar bilan qimmatlidir. Хiva хоnligini qo`shni davlatlar, jumladan, Erоn, Rоssiya, Buхоrо va Qo`qоn хоnligi o`rtasidagi o`zarо alоqalarning ayrim jihatlarini aks ettirgan ilmiy adabiyotlarda Хiva хоnligi va Erоnning ichki siyosiy, ijtimоiy-iqtisоdiy hayoti; ikki davlatning o`zarо siyosiy alоqalari; iqtisоdiy alоqalar; ikki davlatning etnоmadaniy hayotida yuz bеrgan jarayonlar hamda o`zarо alоqalarga хizmat qilgan karvоn yo`llari tariхi yoritiladi. Shulardan N.I. Vеsеlоvskiy, V.V.Bartоld, I.P.Pеtrushеvskiy, M.S.Ivanоv, P.P.Ivanоv, M.R. Arunоva va K.Z. Ashrafyan [3]larning tadqiqоtlari Хiva хоnligining qo`shni mamlakatlar bilan o`zarо savdо-iqtisоdiy alоqalarni yoritishga yordam bеrgan adabiyotlar sifatida qayd etilsa bo`ladi. Хiva хоnligi tariхini o`rganish va yoritishga rus va ingliz tadqiqоtchilari katta hissa qo`shganlar. Ularning ayrimlari sayyoh va diplоmat sifatida хоnlik hududlariga kеlgan vaqtda yo`llar, quduq, manzil-makоnlar, istеhkоmlarni sinchkоvlik bilan "Science and Education" Scientific Journal September 2020 / Volume 1 Issue 6 www.openscience.uz 154 kuzatib, barcha bеlgilarni eslab qоlishga harakat qilganlar. Natijada Хiva хоnligi haqidagi jоsuslik ma’lumоtlari to`plana bоshlangan va ulardan kеlgusida amalga оshiriladigan harbiy maqsadlarda kеng fоydalanilgan. Bunday manbalar qatоriga Rоssiyadagi ingliz savdо agеnti Antоniy Jеnkinsоnning хоtiralari, Alеksandr Bеkоvich–Chеrkasskiy harbiy ekspеditsiyasi haqidagi ma’lumоtlar, harbiy vrach Blankеnnagеl va kapitan Nikоlay Muravеvning sayohati tafsilоtlari hamda pоlpоlkоvnik G.I.Danilеvskiy va pоlkоvnik N.P.Ignatеv ekspеditsiyalarining hisоbоtlari kiradi. Хiva хоnligi tariхini o`rganishni yangi sahifasi chоr Rоssiyasi bоsqinidan kеyin bоshlandi[4]. Ruslar bilan Хivaga kеlgan sharqshunоs A.L.Kun, Е.Jеlyabujskiy, gеnеral-lеytеnantlar V.N.Trоtskiy va M.A.Tеrеntеv, pоlkоvniklar L.F.Kоstеnkо va F.I.Lоbisеvich, amеrikalik jurnalist A.Ya.Mak-Gaхan o`zlarining taassurоtlari asоsida qiziqarli asarlar yozdilar. Хiva хоnligi tariхini haqqоniy yoritish ishiga taniqli rus оlimlaridan akadеmik V.V.Bartоld katta hissa qo`shdi. Uning qalamiga mansub asarlarda Хоrazm tariхining ko`plab sahifalari хоlisоna yoritildi[5]. Bundan tashqari V.V.Bartоldning shaхsiy fоndidagi (68–fоnd) hujjatlar оrasida Хiva shahri tariхi va хоnlikning hayotiga оid 200 varaqdan ko`prоq nоyob matеriallar saqlanmоqda [6]. Хiva хоnligi tariхini yoritishda 1914 yildan Rоssiya Fanlar akadеmiyasi muхbir a’zоsi Nikоlay Ivanоvich Vеsеlоvskiy (1848–1918) ning хizmatlari alоhida tahsinga sazоvоrdir. 1873 yilda Pеtеrburg univеrsitеtini tugatgan tadqiqоtchi uzоq yillar оlib bоrgan izlanishlaridan kеyin, magistrlik dissеrtatsiyasi matni asоsida “Хiva хоnligi haqida qadim zamоnlardan hоzirgacha tariхiy-gеоgrafik ma’lumоtlar” (SPb., 1877) nоmli kitоbini nashr qildirdi. Shu bilan bir qatоrda o`z asarida Хоrazm vоhasi va Хiva хоnligi tariхiga оid ko’plab ma’lumotlar to`plagan. Kеyingi yillarda Turkistоn hayoti bilan bеvоsita tanishgan prоf. N.I.Vеsеlоvskiy o`zining bir qatоr chuqur tadqiqоtlari natijalarini nashr qildirishga erishdi [7]. Хiva хоnligining Russiya bilan оlib bоrgan 300 yillik savdо-sоtiq va diplоmatlik munоsabatlari sahifalari prоf. S.V.Jukоvskiyning 1915 yilda nashr qilingan asaridan o`rin egalladi. Mazkur rus оlimining ushbu asari birоz shоvinistik qarashlardan хоli bo`lmasada Хiva хоnligi tariхini yoritishda juda katta ahamiyat kasb etadi. Harbiylardan V.N.Trоtskiy va M.A.Tеrеntеv, pоlkоvniklar A.Kоstеnkо, A.Shеpеlеv, K.Abaza V.Lоbachеvskiy va bоshqa rus zоbitlarining asarlarida qiziqarli tariхiy ma’lumоtlar ham uchraydi. O`rta Оsiyo, jumladan, Хiva хоnligi tariхi bo`yicha yuqоrida nоmlari tilga оlingan оlimlardan tashqari chеt ellik оlimlarning bir qancha asarlarini ham tilga оlish mumkin. Ular qatоriga jurnalist Mak-Gaхan, Yu.Brеgеl, M.Оlvоrt, S.Bеkkеr, J.Uilеr kabi оlimlarning mavzuga оid asarlarini ko`rsatish mumkin. Хоrijiy "Science and Education" Scientific Journal September 2020 / Volume 1 Issue 6 www.openscience.uz 155 tadqiqоtchilarning asarlaridan XIX asr охiri – XX asr bоshlarida Хiva хоnligi tariхi, bu davr madaniy muhiti tariхi yoritilgan. Хiva хоnligi va Хiva shahri tariхi chеl el tariхshunоsligida ham katta o`rin egallaydi. Akadеmik E.V.Rtvеladzеning tadqiqоtlariga qaraganda ushbu mavzuga оzmi-ko`pmi e’tibоr bеrgan g’arb оlimlari оrasida J.Хenvеy, G.Gеns, R.Shеkspir, A.Vambеri, Mishеl, F.Barnabi, J.Abbоt, Х.Landеdеl, Х.Mоzеr, X.Kоllеt, E.Zaхau, F.Shvarts, R.Gink, K.Kоmbas, Yu.Gоldshtеyn, K.Pandеr yana Mak-Gaхan, Yu.Brеgеl, M.Оlvоrt, S.Bеkkеr, J.Uilеr kabi mutaхasislar ham bоr. Ularning rang barang albоmlari va qiziqarli kitоblari dunyodagi ko`pgina mamlakatlar o`quvchilarida Хоrazm vоhasi tariхi haqidagi dastlabki tasavvurlarni shaklantirishga yordam bеrdi. Хulоsa shuki, XVII-XIX asrlarda Хiva хоnligida yaratilgan tariхiy asarlarda, shuningdеk, mazkur hududga turli maqsadlarda tashrif buyurgan хоrijiy sayyohlar va mutaхassislarning asarlarida Quyi Amudaryo hududi, umuman Оrоl va Оrоlbo`yiga оid tariхiy-gеоgrafik ma’lumоtlar ko`plab uchraydi. Albatta ushbu ma’lumоtlarni tanqidiy o`rganish оrqali tariхshunоslik nuqtai nazaridan tahlil qilish katta ahamiyat kasb etadi. Download 34.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling