Buyuk Temur haqida g’arb tarixshunoslari kitoblaridan


Download 1.7 Mb.
Sana12.03.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1265580
Bog'liq
amir temur haqida g\'arb adabiyotlaridan qisqacha


Buyuk Temur haqida g’arb tarixshunoslari kitoblaridan
Qisqacha…
Bu yil sohibqiron Amir Temur ning 687 yilligi nishonlanadi.shu bois bu maqolani taqdim etmoqdman. 1-qism
Amir Temur- bu shaxs yillar davomida tarixchilarni,sharqshunoslarni qiziqtirib kelgan.Uning qudratli davlatni qanday boshqargani,janglardagi muaffaqqiyatlari haqidagi haqidagi bilimlar nafaqat sharqning balki yevropa umuman,g’arb tarixshunoslarini qiziqtirib kelgan va kelmoqda.
Sohibqiron butun saltanatni va qo’shinini shariyat ahkomlariga tayanib boshqargan.Bu shaxs haqida juda ko’plab tanqidiy mish mishlar mavjud,lekin bular asossiz bo’lib xalqimiz ongiga chor Rossiyasining tasiri.Bu siymo muqaddas Qur’on kitobini yod olgan va hatto buni 10 yoshida amalga oshirgan.Uning ilk ustozi Alibek ismli kishi,bo’lib undan alifbo, yozish,chizishni o’rganadi.Shundan so’ng otasi Temur Tarag’ay uni Shayx Shamsiddin ismli muallimga shogird qilib beradi,u yerda Qur’on ta’limini oladi.Oradan 3 yil o’tib Amir Temur ‘Xofiz’-(Qur’onni yoddan o’quvchi) unvonini oladi.
Amir Temur jangovorlik salohiyatini asta oshira boshlaydi.Bunda unga Samar Tarxon ustozlik qilib ikki qo’lda ham birdek jang qilishi uchun o’z bilimlarini o’rgatadi,darvoqe bu insonni Sohibqiron umrini oxirigacha duo qilib,unga hamdu sanolar aytadi.Chunki u bunday qobiliyatni shakllantirmaganda kim bilsin olamlarni titratgan buyuk Temur bo’lmas edi. Ot chopish,qilichbozlik,kamondan o’q uzish ko’nikmalarini o’rganadi.Shu o’rinda sohibqiron ikki qo’lda jang qila olgan kam sonli buyuk sarkardalardan biri bo’lgan.Undan avvalgi bunday qobiliyat egasini bilamiz bu Xolid Ibn Valid (r.a.).
Yana bir ma’lumot- hayotida bir voqeadan so’ng Amir Temur hech qachon hoyu havas,sharob va ayollarga berilmagan.Doim shahardan tashqarida cho’ldagi qarorgohida umrini o’tkazgan,zarurat tug’ilmasa shaharga kirmagan.Hijriy 770 yildan 777-yilgacha(milodiy 1368-1375-yilgacha) saroyda yashab,hayotini betashvish ya’ni,ayollari,joriyalari,bilan kunini deyarli harbiy mashqlarsiz o’tkazadi,sirasini aytganda hech qanday jangovor yurish amalga oshirmaydi.Kunlardan bir kuni xonasida chang bosib qolgan qilichini ko’rib qoladi,qo’liga olib o’ynatib ko’radi,aytadiki< Bu qilich meni qo’limga og’irlik qilmas edi nahotki men shunchalar tubanlik botqog’iga botgan bo’lsam,men betashvish o’tgan 7 yilim uchun afsusdaman*>deya o’zining maqsad va qarashlarini o’zgartiradi.Shundan so’ng aslo bunday hayotga bosh qo’shmaydi.Zero ayshu ishrat, sharob,bazmu jamshid yigit kishini kuchini sindiradi Uning zafarli yurishlari ana o’sha voqeadan keyin boshlanib,avval O’rta Osiyo,Janubiy Osiyo,Xazar dengizi (hozirgi- Kaspiy dengizi) atrofidagi Yaqin Sharq mamlakatlarini egallaydi.
*-Marsel Brion kitobida Amir Temurning solnomachisi haqida ma’lumot keltirilgan ismi-Nizomiddin
Tuzuvchi;G’iyosbek Maxammadjonov Toshkent Tibbiyot Akademiyasi 1-kurs talabasi
Adabiyotlar;Marsel Brion< Menkim sohibqiron- jahongir Temur> Lyusen Keren

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling