Toxir Malik va Tafakkur gulshani kitoblaridan. 1-savol: X -dunyoning bedor yuragi


Download 14.12 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi14.12 Kb.
#1417696
Bog'liq
Toxir Malik va Tafakkur gulshani kitoblaridan



Toxir Malik va Tafakkur gulshani kitoblaridan.
1-savol:X –dunyoning bedor yuragi.
Tinmay urib turar Qiyomatgacha.
Diqqat savol:X ni toping.
Javob:Ka’batullo
2-savol.U ning kaliti bilan ochildi dushmanlik eshiklari.U ni toping.
Javob:Ig’vo
3-savol.Chaqirilmagan mehmon-X,
Qo’ndi yu qiyg’os gullar labiga
Va quritdi bir o’pich bilan.
Diqqat savol.X bu nima???
Javob.Qor
4-savol.Bahorga ishongin ammo
Unutmagin ALFA ni.
Diqqat savol.ALFA bu nima??
Javob .Ayamajuz
5-savol.Eplolsang o’ldirgin X ni,
Go’daklik chog’ida,
Yo’qsa seni o’ldiradi u.
Diqqat savol.X ni toping.
Javob.Hasad
6-savol.U ning qo’lida shamshir
Basharni shoshiradi u
Baqo gulshan tomon.
Diqqqat savol.U ni toping.
Javob.Vaqt
7-savol.X – o’limning qilmishi uchun
Tiriklarga berilgan
Ayanchli I’nom.
Diqqat savol.X bu nima??
Javob .XOTIRA
8-savol.Ablaxlik qilmas sira,
X in xitobin
Tinglagan inson.
Diqqat savol.X ni toping.
Javob.YUragin.
9-savol.O’lim fojeami?yo’q
Fojeadir
X tark etsa seni.
Diqqat savol:X bu nima?
Javob:Iymon
10-savol:Yechmoq mushkul uchta jumboqni:
Biri-o’lim yana biri samo sirlari
U esa eng og’ir jumboq.
Diqqat savol:U ni 2 so’zda ayting.
Javob:Ayol muxabbati
11-savol:X nadir-
Qulmi yo xo’ja
Ozi-qul,ko’pi xo’jadir.
Diqqat savol.X ni toping??
Javob:Pul
12-savol.X va Y do’st bo’lgan ondan,
Shayton azoblanib dod sola boshlar.
Diqqat savol.X va Y ni toping.
Javob:Aql va yurak
13-savol.Yoqsang yoqib bo’lmas
Chopsang chopib bo’lmas
… … …
Diqqat savol.nuqtalar o’rnida qanday uch so’z yashiringan?
Javob.Tildan uchgan so’zlarni
14-savol.R.Emerson aytgan Bilim … uchun yaralgan.
Diqqat savol … o’rnidagi so’zni toping.
Javob.yoyish
Download 14.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling