Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

 20-jadval 
Nomi 
Davlat, 
rayon 
Diametr, 
km 
Tushgan 
vaqti, 
yil. 


299 
Manikuag
an 
Kliruoter 
Rishat 
Transvaal
Popigay 
Boltishev 
Rotmistro

Kaluga
Yanis'yarv 
Tungus 
Kanada
Kanada 
Mavritaniv

Janubiy 
Afrika
Sibir, 
Popigay
daryosi 
rayoni
Kirovograd 
oblasti 
Kirovograd 
oblasti 
Kaluga
shahari, 
rayoni 
Estoniya
Sibir 
65 
35 
50 

100 
25 
215 
15 

Aniq emas 
Aniq emas
Aniq emas
Aniq emas 
28 mln. 
70 mln 
70 mln 
400 mln 
700 mln 
93 
Zilzilalar nihoyatda og'ir, halokatli va fojiali oqibatlarga olib 
keladiki, buning natijasida atom portlashlaridan bir necha marta katta 
bo'lgan voyronagarchilik yuzaga keladi. Bu vayronagarchiliklar 
oqibatlarini quyidagicha tavsiflash mumkin: 
Turar joy binolarining buzilib va to'ntarilib ketishi natijasida bino 
vayronalari ostida qolgan odamlar halok bo'ladi. Ma'lumki, odamlar yer 
qimirlashdan emas, yer qimirlashi natijasida buzilib ketgan binolar 
parchalari ostida qolib ketganligi uchun halok bo'ladi. 
Zilzilalar shaharlar yoki katta-katta qishloqlarni o'z ichiga olgan
bo'lsa, unda portlashlar va yong'inlar kelib chiqishiga sababchi 
bo'ladi. ularning asosiy sababi shahar va qishloqlardagi elektr 
tarmoqlarining ishdan chiqishi natijasida ko'p yerlarda qisqa tutashuvlar 
bo'lishi va bu shahar va qishloqlardagi gaz taqsimlash va gaz berish 
trubalarining ishdan chiqishi natijasida to'planib qolgan gazlar elektr 
uchqunlari ta'sirida portlashga muvofiq muhit yaratadi. Agar shaharda 
ko'plab yengil alangalanuvchi moddalar saqlanayotgan bo’lsa, uning 
oqibati dahshatliroq bo'lishi mumkin; 
Katta kuchdagi zilzilalar natijasida yer yorilishi va yer siljishlari 
natijasida butun boshli qishloqlar va shahar rayonlari yer ostida yoki 


300 
vayronalar ostida qolib ketishi mumkin. 
Aholi yashash maskanlari yaqinida daryolar, kanallar, ko'llar va
boshqa suv inshootlari bo'lsa, ularning buzilib ketishi, 
daryolarning o'z o'zanini o'zgartirishi natijasida u maskanlarni suv bosib 
ketish xavfi paydo bo'ladi. 
Bulardan tashqari dunyoning boshqa hududlarida bo'ladigan tabiiy 
ofatlar, masalan, vulqonlar otilishi nitijasida miriglab aholi yashaydigan 
hududlarda vulqon otilishidan hosil bo'lgan zaharli tutun bosib ketishi va 
bu tutunlar birnecha kunlab tarqalmasligi natijasida odamlarning halokatli 
holatlari kuzatilgan. Bundan tashqari vulqonlar otilganda katta miqdordagi 
kul va qurum otilib chiqadi, bu qurum bir necha o'nlab gektar maydonlarni 
bosib ketishi mumkin. Bu qurum va ko'llar qum bilan aralashgan holatda 
bo'lishi unimli yerlarni ishdan chiqaradi va bular tarkibida chiqayotgan 
lavalar tog' yon bag'riga joylashgan obod maskanlarni yondirib kultepaga 
aylantiradi. 
Dengiz va okeanlar yaqinida joylashgan aholiga suv toshqinlari va 
katta kuchdagi dovullar va sunami kabi ofatlarga dosh berishga to'g'ri 
keladi. 
Bu keltirib o'tilgan voqealar odamlarning ruhiy holatida salbiy ta'sir 
ko'rsatadi. Natijada, odamlarda mhiy tushkunlik, qo'rquv paydo bo'ladi va 
ba'zi bir holatlarda ruhiy kasalliklar kelib chiqishiga olib keladi. 
Odatda, zilzilalar to'satdan boshlanadi. Bunda odamlarda qo'rquv 
hissi sarosimalikka olib keladi. Sarosimaga tushgan odamlar baravariga 
xonalardan yoki binolardan chiqib ketish joylariga intiladi va bu intilish 
birdaniga vujudga kelganligi sababli odamlar ko'proq to'planadigan 
binolarda chiqish joylarida ur-yiqit boshlanadi va bu yerda bir odam 
ikkinchisiga yo'l berish kerakligi haqida umuman o'ylamaydi va har kim 
uchun o'z hayotini qutqarish birinchi darajali ishga aylanadi. Bu esa 
qo'shimcha fojialar kelib chiqishiga sababchi bo'ladi. 
Shuning uchun zilzila xavfi bo'lgan hududlarda odamlarni oldindan 
ogohlantirish xizmatini tashkil qilish va sarosimalikning oldini olishga 
qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish muhim hisoblanadi. Bunday 
joylarda, shuningdek, odamlarni uydan chiqib ketgandan keyin uyga tezda 
qaytib kirish imkoniyati bo'lmaydi; bunga birinchidan, qo'rquv hissi 
xalaqit bersa, ikkinchidan, uning qaytadigan uyi vayronaga aylangan 
bo'lishi ham mumkin. Shuning uchun bunday hududlardan palata 
shaharchalari qurish uchun yetarli palatkalar va ularni hayot faoliyati 
izdan 
chiqmasligini 
oldini 
olishga 
qaratilgan chora-tadbirlar, oziq-ovqat va ichimlik suvi bilan ta'minlash 


301 
masalalari oldindan tayyorlab qo'yilgan bo'lishi kerak. Bu hududda 
joylashgan sanoat korxonalari va energetika tarmoqlarini ishini avariyani 
oldini olishga qaratilgan avtomatlashtirilgan tizimlar yordamida energiya 
tarmog'ini o'chirishni ta'minlovchi vositalar oldindan tayyorlab qo'yilgan 
bo'lishi kerak. 
Aytilganlardan ko'rinib turibdiki, zilzila xavfi bo'lgan rayonlarda 
zilzila bo"lish vaqtini oldindan bilish va uning bo'lishini aholiga o'z 
vaqtida yetkazish va zilzila vaqtida u yerdan chiqib ketish imkoniyati 
bo'lmagan taqdirda sarosimaga tushmasdan sovuqqonlik bilan harakat 
qilish, ya'ni eshiklar oralig'iga yoki mustahkam va baquwat mebellar 
bo'lsa, ularning tagida zilzila oqibatlarini va tugallanishini kutib turish 
zilziladan omon saqlanishning asosiy yo'li hisoblanadi. 
Hozirgi vaqtda dunyodagi hamma seysmik xavfli rayonlar, hattoki, 
qaysi joyda necha ballgacha zilzila bo'lishi mumkinligini belgilagan holda 
aniqlash imkoniyati bor. Hamma zilzila xavfi bo'lgan hududlarga ega 
bo'lgan davlatlarning hammasida seysmik stansiyalar va seysmologiya 
ilmiy tadqiqot markazlari va laboratoriyalari ishlab turibdi. Bu stansiya va 
laboratoriyalar bir-birlari bilan mustahkam aloqa bog'lagan va bir-birlari 
bilan axborot almashish imkoniyatlari yo'lga qo'yilgan. Bu ma'lumotlarni 
internet tizimi orqali olish va uzatish imkoniyatlari mavjud. 
Bu stansiyalar va institutlarning asosiy vazifalari-zilzilani aniq 
bo'lishi mumkin bo'lgan vaqtini iloji boricha aniqlikda oldindan ilmiy 
asoslarda asoslab bashorat qilish va uni o'sha zilzila bo'ladigan hudud 
aholisini zilzila xavfidan ogoh qilish bilan ularning hayotini saqlab 
qolishdir. Bu borada birmuncha ishlar amalga oshirilgan bo'lsada, 
masalan, zilzila bo'lishi mumkin bo'lgan joyni aniq aytib berish va uni 
bo'lishi mumkin bo'lgan vaqtini taxminiy aytish imkoniyatlari bo'lsada, 
uni vaqtini aniq aytish imkoniyati yo'q. 
Zilzilalar bo'lish vaqtini an'anaviy metodlar bilan, masalan, suv osti 
suvlarining tarkibini aniqlash va suvlar tarkibidagi radon miqdorini 
belgilash va boshqa tajribalar yo'li bilan, ya'ni ilgarigi zilzilalarning 
davriyligi va boshqa xususiy belgilar: zilzila bo'ladigan hududlarda 
hayvonlarning besaramjonligi, yowoyi hayvonlarning u yerdan uzoqroqqa 
qochishga intilishi va boshqa belgilardan yer silkinishini bashorat qilish 
mumkin. 
Zilzila bo'lgan hududda birinchi navbatda vayronaga aylangan, 
yarim vayron bo'lgan, bosib qolgan va yonayotgan binolar ostidan 
zararlanganlarni qutqanb olish, ularga birinchi yordam ko'rsatish, 
yonayotgan 
binolarda 
o't 
o'chirish 
ishlarini 
amalga 
oshirish, 


302 
zararlanganlarni suv bilan ta'minlash, oziq-ovqat mahsulotlari va kiyim-
kechaklar bilan ta'minlash, o'tish yo'llarini buzilgan binolar bo'laklaridan 
tozalash, ba'zi bir yarim buzilgan binolarning odamlar hayotiga xavf 
solayotgan 
qismlarini 
buzib 
tashlash, 
avtotransport 
vositalari 
harakatlanishi kerak bolgan zonalarda tiklash-ta'mirlash ishlarini amalga 
oshirish, elektr va gaz tarmoqlarida yuz bergan zararlarni aniqlash va 
vaqtincha bo'lsa ham, ularni o'chirib yong'in va portlash xavfmi oldini 
olish, yaroqsiz holga kelgan va ta'mirlash imkoniyati bo'lmagan binolarni 
butunlay buzib tashlash, sog' qolgan binolarda ularning mustahkamligini 
tekshirgandan keyin ularning hayot faoliyatini ta'minlaydigan xo'jaliklari 
elektr va gaz ta'minoti tizimini zararlanmaganligiga ishonch hosil 
qilgandan keyin ularga zararlanganlarni vaqtincha joylash, yaqin o'rtada 
joy tanlab unga hamma boshpanasiz qolganlarni palatkali lager tashkil 
qilib joylashtirish va boshqa ishlar amalga oshiriladi. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling