1-amaliy ish mavzu: Metall kesuvchi dastgohlarning asosiy turlari, asosiy qismlari. Ishning maqsadi


Download 38 Kb.
Sana14.10.2023
Hajmi38 Kb.
#1703251
Bog'liq
1-amaliy ish


1-AMALIY ISH


MAVZU: Metall kesuvchi dastgohlarning asosiy turlari, asosiy qismlari.
Ishning maqsadi: Metall kesuvchi dastgohlarining asosiy turlari to‘g‘risida ma’lumotlar yig‘ish, asosiy qismlarini o‘rganish.
Kerakli jihozlar: plakat, qog‘oz, karton, qaychi, qalam, chizg‘ich, tabiiy ashyolar va hokazo.
Nazariy qism:
Metallarni kesib ishlash turlari. Metall (zagatovka)ning talab qilingan shaklga, o’lchamga keltirish va sirtining tozaligiga erishish uchun tegishli kesuvchi asboblardan foydalaniladi. Metallarni kesib ishlashning asosiy turlari jumlasiga yonish, randalash, o’yish, parmalash, frezalash va jilvirlash kiradi.
Asosiy metal kesuvchi dastgohlar va ularda bajariladigan ishlar
Zagatovkaga kesuvchi asbob yordamida ishlov berishda uni yo’nib kerakli shaklga va talab qilinadigan aniqlik darajasiga keltiruvchi mashina metal kesuvchi dastgoh deyiladi.
Metal kesuvchi dastgohlar eksperimental ilmiy- tadqiqot instituti tasnifiga ko’ra, turkumlab ishlab chiqarilayotgan barcha dastgohlar to’qqizta guruhga bo’linadi. Har qaysi guruh, o’z navbatida, dastgohlarning bir necha turini o’z ichiga oladi. Ko’p hollarda metal kesuvchi dastgohlar turli belgilariga qarab quyidagicha tasniflanadi:
1. Ixtisoslashtirilish darajasi bo’yicha universal dastgohlar, ular xilma-xil detallar ishlashda har xil jarayonlarni bajaradi. Ishlarning , ko’p turlarini bajarishda foydalaniladigan dastgohlar keng universal dastgohlar deb ataladi.
2. Shakllari bir-biriga o’xshash , ammo o’lchamlari har xil detallar ishlash uchun mo’ljallangan ixtisoslashtirilgan dastgohlar.
3.Keng nomenklaturadagi detallarda ma’lumjarayonlarnigina bajarish uchun mo’ljallangan keng vazifali dastgohlar .
4. Faqat bir tur-o’lchamdagi dellar ishlash uchun ishlash uchun mo’ljallangan maxsus dastgohlar.
5. Avtomatlashtirish darajasiga ko’ra qo’l bilan boshqariladigan yarim avtomat, avtomatik liniyalar (zagatovkalarni avtomatik ravishda dastgohdan dastgohga o’tkazuvchi tizim).
6. Dastgohlar massasiga ko’ra yengil (10 kN gacha), o’rtacha(100 kN gacha),va og’ir(1MN dan ortiq) dastgohlarga bo’linadi. Og’ir dastgohlar, o’z navbatida , yirik(100-300kN), og’ir (300-1000 kN) va juda ogir (unikal) (1000 kN dan og’ir) dastgohlarga bo’linadi.
7. Aniqlik darajasi bo’yicha dastgohlar 5 sinfga bo’linadi. N sinf-normal aniqlikdagi dastgohlar; bu sinfga universal dastgohlarning ko’pchiligi kiradi. L sinf –oshirilgan aniqlikdagi dastgohlar; ayni dastgohlar normal aniqlikdagi dastgohlar asosida tayyorlanadi. Ammo dastgohda muhim detallarni tayyorlashda yig’ish hamda rostlash sifatiga nisbatan yuqori talablar qo’yiladi. V sinf- yuqori aniqlikdagi dastgohlar; dastgohlarning yuqori aniqligiga ayrim uzellarning maxsus tuzilishi, detallarning tayyorlanishiga , uzellarini va butun dastgohni yig’ish hamda rostlash sifatiga nisbatan yuqori talablar qo’yilishi hisobiga erishiladi. A sinf- juda yuqori aniqlikdagi dastgohlar; bunday dastgohlar tayyorlashda V sinf dastgohlari tayyorlashdagiga qaraganda ham qattiqroq talablar qo’yiladi. S sinf- A va V sinf dastgohlari detallarining aniqligini belgilovchi detallar tayyorlash mo’ljallangan nihoyatda aniq dastgohlar; boshqacha qilib aytganda, master- dastgohlar. V, A va S sinf dastgohlari tegishli aniqlikni ta’minlash uchun ular harorati va namligi avtomatik ravishda o’zgarmas qilib turiladigan holda ishlatiladi.
Dastgohlarning texnologik belgilari va ishlatiladigan asboblariga qarab tokarlik, parmalash, yo’nish , jilvirlash, randalash, pardozlash, tish va rezba ochish, frezalash, o’yish dastgohlariga bo’linadi.
Hamma mavjud metall kesuvchi dastgolar 9 guriuhga bo’linib, har bir guruh esa, o’z navbatida, 9 turdan iborat boladi. Bularga dastgohlarning vazifasi, avtomatlashtirilish darajasi va boshqa ko’rsatkichlarini ifodalaydigan hamda metall kesish korxonalarida eng ko’p ishlatiladigan dastgohlarni kiritish mumkin.

Ishni bajarish tartibi:
1. Metall kesuvchi dastgohlarning asosiy turlari to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar.
2. Metall kesuvchi dastgohlarning asosiy qismlari va xususiyatlari.
3. Metall kesuvchi dastgohlarning asosiy turlari va qismlari bilan ishlash, buyumlar tayyorlash.
4. Olingan natijalar to‘g‘risida yozma hisobot tayyorlash.
5. Texnologik xarita tuzish.
Nazorat savollari
1. Metall kesuvchi dastgohlarining qanday asosiy turlari mavjud?
2. Metall kesuvchi dastgohlarining asosiy qismlarini tushuntirib bering?
3. Metall kesuvchi dastgohlarning asosiy turlari va qismlari xususiyatlari jarayonini ayting?
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1. А.С.Искандаров «Материалларни кесиб ишлаш, кесувчи асбоблар ва станоклар» (Ўқув қўлланма). Т.: «Фан ва технология» 2004 й.
2. В.А.Мирбобоев « Конструкцион материаллар технологияси» (Дарслик). Т.: «Ўзбекистон» 2004 й.
3. К.Б.Усмонов “Металл кесиш асослари”.-Т.: “Ўқитувчи” 2004 й.
4. В.Н.Долгунин, П.А.Иванов, В.А.Пронин ,,Методи научно–технического творчества” ФГБОУ ВПО,,ТГТУ” 2014 йил.
5. А.И.Воробеов, С.А.Лиманский “Техник конструкциялаш ва моделлар ясаш” Т. “Ўқитувчи ” 1992 йил
6. Д.Д.Зупарова, Н.Н.Каримова ”Дизайн тарихи” 2015 йил
Ахborot manbaalari
www.tdpu.uz
www.pedagog.uz
www.ziyonet.uz
www.edu.uz
Download 38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling