XIV. 2. Mehnatni muhofaza qilish bo'yicha davlat nazorat
tashirilotlari va jamoat nazorati
Mehnatni muhofaza qilish qoidalari va normalari, shuningdek,
mehnat qilish qonunlarining bajarilishini ta'minlovchi umumiy va maxsus
davlat nazorat tashkilotlari mavjud.
Hamma vazirliklar, birlashmalar va sanoat korxonalarida mehnat
qonunlarining aniq bajarilishini O'zbekiston Respublika pro-kuraturasi
kuzatadi.
Prokuratura
mahkamalari
qonunlarning
buzil-masligini
mehnatkashlarning arzlari asosida yoki koncona va ayrim shaxslarning
signallari
asosida,
mehnatni
muhofaza
qilish
talablarini
bajarilayotganligini tekshirish yo'li bilan amalga oshiradilar.
Prokuratura umumiy nazorat tartibida tekshirish natijalaridan sanoat
korxonalari rahbar xodimlarini xabardor qiladi va buzilgan mehnat qilish
qoidalari buzilishini tezda bartaraf qilishni talab qiladi, rahbar xodimlarga
ma'muriy chora ko'rilishini talab qilib yuqori rahbar xodimlaiga murojaat
etadi. Agar jinoyat sodir bo'lganligi aniqlansa (xavfsizlik texnikasi qoidasi
jinoiy ravishda buzilgan bo'lsa), rahbar xodimlarni jinoiy javobgarlikka
tortadi. O'lim sodir bo'lgan, og'ir va bir guruh, (bir necha kishi) bilan
baxtsiz hodisaga uchragan holatlarda prokuratura mustaqil tekshirish
o'tkazadi.
Mehnat
qonuniyatlari
buzilmasligining
umumiy
nazoratini
mehnatkashlar deputatlari kengashi va ularning ijroiya qo'mitalari ham
amalga oshiradi.
Mehnatni muhofaza qilish bo'yicha maxsus davlat nazorati
tashkilotlariga quyidagilar kiradi:
1. Kasaba uyushmasining texnik nazorati.
2. O'zbekiston Respublikasining sanoatda xavfsiz ish olib
borish va kon nazorati.
3. Sanitar nazorati.
4. Eneigetika nazorati.
5.Yong'inga qarshi kurash nazorati.
260
6. Jamoat nazorati.
Do'stlaringiz bilan baham: |