Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet310/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

fuqaroligi 
bo`lmagan 
shaxslarning fuqaro muhofazasi sohasidagi huquq va majburiyatlari 
O`zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi 
bo`lmagan shaxslar fuqaro muhofazasi sohasida O`zbekiston Respublikasi 
fuqarolari bilan teng huquqlarga ega bo`ladilar va majburiyatlarni 
bajaradilar. 
16-modda.Aholi va mutaxassislarni fuqaro muhofazasi sohasida 
tayyorlash 
Umumta`lim maktablari, akademik litseylar, kasb-xunar kollejlari, 
oliy o`quv yurtlari, ishlab chiqarish ва yashash joylarda aholini fuqaro 
muhofazasi sohasida o`rgatish umumiy va majburiydir. 
Fuqaro muhofazasi sohasida rahbarlar va mutaxassislarni tayyorlash 
va qayta tayyorlash malaka oshirish muassasalari, maxsus o`quv-uslubiyot 
markazlarida, kurslarda, shuningdek ish joyida amalga oshiriladi. 
Fuqaro muhofazasi sohasidagi bilimlarni targ’ib etish davlat 
organlari, shuningdek odamlarni muhofaza qilish va qutqarish borasidagi 
tegishli jamoat birlashmalari tomonidan ta`minlanadi. Bilimlarni targ’ib 
etish uchun ommaviy axborot vositalaridan foydalanish mumkin. 
IV. FUQARO MUHOFAZASI XIZMATLARI VA KUCHLARI 
17-modda.Fuqaro muhofazasi xizmatlari 
Fuqaro muhofazasi maxsus tadbirlari bajarilishini ta`minlash hamda 
ushbu maqsadlarda kuch va vositalarni tayyorlash uchun respublika, 
viloyat, tuman, shahar, shuningdek ob`ekt fuqaro muhofazasi xizmatlari 
tashkil etiladi. 
Fuqaro muhofazasi xizmatlarining ro`yxati, shuningdek ular 
to`g’risidagi nizomlar O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan tasdiqlanadi. 
18-modda.Fuqaro muhofazasi kuchlarining tarkibi 
Fuqaro muhofazasi kuchlari fuqaro muhofazasi qo`shinlari 
tuzilmalaridan tarkib topadi. 
Fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalari tarkibi, uning tarkibiy 
tuzilishi, shuningdek, fuqaro muhofazasi tuzilmalari faoliyatining boshqa 


595 
masalalari O`zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi boshlig’i 
tomonidan belgilab qo`yiladi. 
Fuqaro muhofazasi vazifalarini hal etish uchun qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 
qutqaruv tuzilmalari, qismlari va bo`linmalari ham jalb etilishi mumkin. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling