Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


-modda. Vazirliklar va idoralarning fuqaro muhofazasi


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet307/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

9-modda. Vazirliklar va idoralarning fuqaro muhofazasi 
sohasidagi vakolatlari 
Vazirliklar va idoralar: 
fuqaro muhofazasining tegishli rejalarini ishlab chiqadilar va 
ularning amalga oshirilishiga rahbarliк qiladilar; 
xodimlar zamonaviy qirg’in vositalaridan himoyalanish usullariga 
va urush davri sharoitidagi harakatlarga tayyorlanishi va o`rgatilishini 
tashkil etadilar
zamonaviy qirg’in vositalari taqdid solganda va qo`llanilganda 
tarmoq xodimlarini muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshiradilar
urush davrida tarmoq va xalq xo`jaligi ob`ektlari barqaror ishlashini 
ta`minlash tadbirlarini ishlaб chiqadilar va amalga oshiradilar; 
tashkilotlarni xavfsiz zonalarga evakuatsiya qilish rejalari ishlab 


591 
chiqilishi va amalga oshirilishinи tashkil etadilar; 
fuqaro muhofazasi moddiy-texnika, tibbiy va boshqa xil vositalar 
zaxiralarini yaratadilar hamda ularning to`planishi, sahlanishi, yangilab 
borilishi va qo`llanishga shay holatda saqlab turilishi ustidan nazoratni 
amalga oshiradilar; 
tarmoq fuqaro muhofazasi ahvoli to`g’risida belgilangan tartibda 
axborot taqdim etadilar; 
fuqaro muhofazasi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlari 
bilan o`zaro hamkorlik qiladilar; 
xabar berish tizimini, umumiy va yakka muhofazalanish vositalarini 
vujudga keltiradilar hamda ularni doimiy shay holatda saqlaydilar
fuqaro muhofazasining holatini nazorat qilib boradilar; 
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar. 
10-modda.Mahalliy davlat hokimiyati organlarining fuqaro 
muhofazasi sohasidagi vakolatlari 
Mahalliy davlat hokimiyati organlari: 
fuqaro muhofazasi rejalarini ishlab chiqadilar va ularning tegishli 
hududda amalga oshirilishigа rahbarlik qiladilar; 
tegishli hududdagi tashkilotlar, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish 
organlari tomonidan fuqaro muhofazasi tadbirlarining bajarilishini tashkil 
etadilar va nazorat qilib boradilar
fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalari tayyorlanishini hamda shay 
holatda saqlab turilishini ta`minlaydilar; 
tashkilotlar rahbarlari va aholining zamonaviy qirg’in vositalari 
qo`llanilgan paytdagi himoyalanish usullariga o`rgatilishini tashkil 
etadilar; 
zamonaviy qirg’in vositalari qo`llanilgan sharoitda aholi hayot 
faoliyatining ta`minlanishini kafolatlovchi fuqaro muhofazasiga oid mol-
mulk, moddiy-texnika, oziq-ovqat, tibbiy va boshqa xil zaxiralar 
hajmlarini belgilaydilar hamda ularning to`planishi, saqlanishi, yangilab 
borilishi va shay holatda saqlab turilishi uchun javob beradilar
urush davrida, idoraviy bo`ysunuvidan qat'i nazar, tashkilotlarning 
barqaror ishlashini ta`minlash tadbirlarini tashkil etadilar va amalga 
oshiradilar; 
fuqaro muhofazasi sohasida axborotlar yig’ish va almashinishni, 
shuningdek zamonaviy qirg’in vositalarining qo`llanilish taqdidi yoki 


592 
qo`llanilganligi to`g’risida aholini o`z vaqtida xabardor qilinishini 
ta`minlaydilar; 
aholini evakuatsiya qilish va bo`lib-bo`lib joylashtirishga, uning 
xavfsiz zonalarga o`rnashib olishigа tayyorgarlik ko`rish hamda shu 
ishlarni tashkil etish, davolash muassasalari va boshqa tashkilotlaр ishini 
yo`lga qo`yish tadbirlarini amalga oshiradilar; 
qutqaruv va boshqa kechiktirib bo`lmaydigan ishlarni tashkil 
etadilar va amalga oshiradilar, o`z tasarruflaridagi hududda jamoat tartibi 
saqlanishini ta`minlaydilar; 
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling