Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd
-modda. Vazirliklar va idoralarning fuqaro muhofazasi
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
hayotfaoliyatixavfsizligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10-modda.Mahalliy davlat hokimiyati organlarining fuqaro muhofazasi sohasidagi vakolatlari
9-modda. Vazirliklar va idoralarning fuqaro muhofazasi
sohasidagi vakolatlari Vazirliklar va idoralar: fuqaro muhofazasining tegishli rejalarini ishlab chiqadilar va ularning amalga oshirilishiga rahbarliк qiladilar; xodimlar zamonaviy qirg’in vositalaridan himoyalanish usullariga va urush davri sharoitidagi harakatlarga tayyorlanishi va o`rgatilishini tashkil etadilar; zamonaviy qirg’in vositalari taqdid solganda va qo`llanilganda tarmoq xodimlarini muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshiradilar; urush davrida tarmoq va xalq xo`jaligi ob`ektlari barqaror ishlashini ta`minlash tadbirlarini ishlaб chiqadilar va amalga oshiradilar; tashkilotlarni xavfsiz zonalarga evakuatsiya qilish rejalari ishlab 591 chiqilishi va amalga oshirilishinи tashkil etadilar; fuqaro muhofazasi moddiy-texnika, tibbiy va boshqa xil vositalar zaxiralarini yaratadilar hamda ularning to`planishi, sahlanishi, yangilab borilishi va qo`llanishga shay holatda saqlab turilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar; tarmoq fuqaro muhofazasi ahvoli to`g’risida belgilangan tartibda axborot taqdim etadilar; fuqaro muhofazasi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan o`zaro hamkorlik qiladilar; xabar berish tizimini, umumiy va yakka muhofazalanish vositalarini vujudga keltiradilar hamda ularni doimiy shay holatda saqlaydilar; fuqaro muhofazasining holatini nazorat qilib boradilar; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar. 10-modda.Mahalliy davlat hokimiyati organlarining fuqaro muhofazasi sohasidagi vakolatlari Mahalliy davlat hokimiyati organlari: fuqaro muhofazasi rejalarini ishlab chiqadilar va ularning tegishli hududda amalga oshirilishigа rahbarlik qiladilar; tegishli hududdagi tashkilotlar, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari tomonidan fuqaro muhofazasi tadbirlarining bajarilishini tashkil etadilar va nazorat qilib boradilar; fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalari tayyorlanishini hamda shay holatda saqlab turilishini ta`minlaydilar; tashkilotlar rahbarlari va aholining zamonaviy qirg’in vositalari qo`llanilgan paytdagi himoyalanish usullariga o`rgatilishini tashkil etadilar; zamonaviy qirg’in vositalari qo`llanilgan sharoitda aholi hayot faoliyatining ta`minlanishini kafolatlovchi fuqaro muhofazasiga oid mol- mulk, moddiy-texnika, oziq-ovqat, tibbiy va boshqa xil zaxiralar hajmlarini belgilaydilar hamda ularning to`planishi, saqlanishi, yangilab borilishi va shay holatda saqlab turilishi uchun javob beradilar; urush davrida, idoraviy bo`ysunuvidan qat'i nazar, tashkilotlarning barqaror ishlashini ta`minlash tadbirlarini tashkil etadilar va amalga oshiradilar; fuqaro muhofazasi sohasida axborotlar yig’ish va almashinishni, shuningdek zamonaviy qirg’in vositalarining qo`llanilish taqdidi yoki 592 qo`llanilganligi to`g’risida aholini o`z vaqtida xabardor qilinishini ta`minlaydilar; aholini evakuatsiya qilish va bo`lib-bo`lib joylashtirishga, uning xavfsiz zonalarga o`rnashib olishigа tayyorgarlik ko`rish hamda shu ishlarni tashkil etish, davolash muassasalari va boshqa tashkilotlaр ishini yo`lga qo`yish tadbirlarini amalga oshiradilar; qutqaruv va boshqa kechiktirib bo`lmaydigan ishlarni tashkil etadilar va amalga oshiradilar, o`z tasarruflaridagi hududda jamoat tartibi saqlanishini ta`minlaydilar; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling