Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd
-modda. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
hayotfaoliyatixavfsizligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-modda. Fuqaro muhofazasi sohasidagi maxsus vakolatli 590 davlat boshqaruv organi
7-modda. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
fuqaro muhofazasi sohasidagi vakolatlari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: fuqaro muhofazasi sohasida yagona davlat siyosati o`tkazilishini ta`minlaydi; O`zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi rejasini tasdiqlaydi; fuqaro muhofazasini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yo`nalishlarini, ularning moliyaviy va moddiy-texnika ta`minoti tartibini tasdiqlaydi; tinchlik davrida va urush davrida davlat iqtisodiyoti faoliyat ko`rsatishi barqarorligini ta`minlash tadbirlari ishlab chiqilishiga va o`tkazilishiga rahbarlik qiladi; hududlarni ularda yashayotgan aholi soniga va davlat iqtisodiyotida muhim rol o`ynovchi yoki aholi xavfsizligiga ta`sir ko`rsatuvchi tashkilotlar mavjudligiga ko`ra fuqaro muhofazasi bo`yIcha guruhlarga, shuningdek, tashkilotlarni davlat iqtisodiyotidagi roli yoki aholi xavfsizligiga ta`siriga ko`ra fuqaro muhofazasi bo`yicha toifalarga kiritish tartibini belgilaydi; fuqaro muhofazasi tizimini urush davri sharoitiga o`tkazish, evakuatsiya tadbirlarini amalga oshirish tartibini belgilaydi; himoya inshootlarini va fuqaro muhofazasi boshqa ob`ektlarini barpo etish tartibini, shuningdek yakkа muhofazalanish vositalari, moddiy-texnika, oziq-ovqat, tibbiy va boshqa xil vositalar zaxiralarini to`plash, saqlash va ulardan foydalanish shartlarini belgilaydi; davlat organlari va tashkilotlarning fuqaro muhofazasi sohasidagi faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 8-modda. Fuqaro muhofazasi sohasidagi maxsus vakolatli 590 davlat boshqaruv organi Fuqaro muhofazasi sohasidagi maxsus vakolatli davlat boshqaruv organi O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligidir. O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi: fuqaro muhofazasini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yo`nalishlarini ishlab chiqadi; o`z vakolati doirasida davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun bajarilishi majburiy bo`lgan qarorlar qabul qiladi; O`zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi rejasi loyihasini ishlab chiqadi; harbiy qismlar va fuqaro muhofazasi tuzilmalari boshqarilishini tashkil etadi; fuqaro muhofazasi ehtiyojlarini ko`zlab zarur qurol-aslaqalar, texnika, muhofazalanish vositalari va boshqa moddiy-texnika vositalari etkazib berilishi uchun davlat buyurtmasi loyihasini shakllantiradi; xabar berishni tashkil etish va fuqaro muhofazasi tizimini shay holatga keltirish bo`yicha direktiv hujjatlar ishlab chiqadi; fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalarining jangovarlik hamda safarbarlik tayyorgarligini ta`minlaydi; shaxsiy tarkib va aholi fuqaro muhofazasi sohasida o`rgatilishini tashkil etadi; fuqaro muhofazasi tadbirlari bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling