599
ularning jangovarlik qobiliyati, jangovar va safarbarlik tayyorgarligi
O`zbekiston Respublikasiga qarshi qaratilgan
harbiy iqvogarliklarning
payini qirqishni va tajovuzlarni daf etishni ta`minlaydigan darajada
bo`lishini;
mudofaa va harbiy qurilishga doir masalalarni qonun yo`li bilan
tartibga solib borishni o`z ichiga oladi.
3-modda. O`zbekiston Respublikasining mudofaa to`g’risidagi
qonunlari
O`zbekiston Respublikasining mudofaa to`g’risidagi qonunlari
ushbu qonundan hamda unga muvofiq chiqariladigan O`zbekiston
Respublikasining boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
4-modda.
O`zbekiston
Respublikasi
Oliy
Kengashining
vakolatlari
O`zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi:
mudofaa,
harbiy qurilish, harbiy xizmatchilar va ularning oila
a`zolarini ijtimoiy-huquqiy jihatdan himoya qilish masalalariga doir
qonunlar haqiqatda bajarilishi ustidan parlament nazoratini amalga
oshiradi;
Mudofaa
kontseptsiyasini,
harbiy
qasamyodni,
O`zbekiston
Respublikasi Prezidentining taqdimiga muvofiq O`zbekiston Respublikasi
Mudofaa
vazirini;
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining safarbar etish va
safarbarlikdan bo`shatish to`g’risidagi, qurolli hujum qilingan taqdirda
harbiy holat e`lon hilish haqidagi, urush holati e`lon qilish to`g’risidagi,
harbiy harakatlar to`xtatilgach
sulh tuzish xususidagi, tinchlik va
xavfsizlikni saqlash bo`yicha xalqaро shartnomalarga doir majburiyatlarni
bajarish zarur bo`lib holganda Qurolli Kuchlarni qo`llash to`g’risidagi,
shuningdek respublika manfaatlari uchun boshqa vazifalarni hal etishga
doir farmonlarini tasdiqlaydi;
O`zbekiston Respublikasining harbiy
masalalarga doir xalqaro
shartnomalarini ratifikatsiya qiladи va bekor qiladi;
Qurolli Kuchlarning Bosh Qo`mondoniga oliy harbiy unvon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: