Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


V. FUQARO MUHOFAZASINI MOLIYAVIY TA`MINLASH


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet312/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

V. FUQARO MUHOFAZASINI MOLIYAVIY TA`MINLASH. 
FUQARO MUHOFAZASI OB`EKTLARI VA MOL-MULKI 
21-modda. Fuqaro muhofazasini moliyalash 
Fuqaro muhofazasini moliyalash vazirliklar, idoralar va ular 
tasarrufidagi 
byudjetdagi 
tashkilotlarda, 
viloyatlar, 
tumanlar 
va 
shaharlarda tegishincha respublika yoki mahalliy byudjet mablag’lari 
hisobidan, tashkilotlarda esa - o`z mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi. 
Fuqaro muhofazasini moliyalash ijtimoiy fondlarning mablag’lari, 
fuqarolarning ixtiyoriy badallari va boshqa manbalar hisobidan amalga 
oshirilishi mumkin. 
22-modda.Fuqaro muhofazasi qo`shinlarining asosiy fondlari 
Harbiy shaharchalarning turar joylari va imoratlari, fuqaro 
muhofazasi harbiy qismlarining o`quv-moddiy bazasi ob`ektlari, moddiy 
va texnik vositalari davlat mulki bo`lib, fuqaro muhofazasi qo`shinlarining 
asosiy fondlarini tashkil etadi. Fuqaro muhofazasi qo`shinlari ko`rsatib 
o`tilgan va o`zlariga ajratilgan boshqa mol-mulkka nisbatan tezkor 
boshqaruv huquqidan foydalanadilar. 
Fuqaro muhofazasi qo`shinlarini joylashtirish va ularning doimiy 
faoliyati uchun er uchastkalari, joylar, omborlar va boshqa ob`ektlar 
tegishli davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan ularga 
doimiy yoki vaqtinchalik foydalanish uchun beriladi. 
23-modda.Fuqaro muhofazasi ob`ektlari va mol-mulki 
Fuqaro muhofazasi ob`ektlari va mol-mulki jumlasiga quyidagilar 
kiradi: 
- davlat hokimiyat va boshqaruv organlarining himoya inshootlari 
hamda er usti binolari kompleksiga ega bo`lgan boshqaruv punktlari; 
- fuqaro muhofazasining alohida va tutash qurilgan himoyalanish, 
radiatsiyadan saqlanish joylari; 
- mol-mulk va texnika saqlanadigan omborxona binolari; 
yakka muhofazalanish vositalari, radiatsion, kimyoviy qidiruv va 
dozimetrik nazorat priborlari; 


597 
- aloqa va xabar berish vositalari
- davlat mulki bo`lgan, shuningdek fuqaro muhofazasi maqsadida 
foydalanish uchun tashkilotlarning mablag’lari hisobiga yaratilgan yoki 
sotib olingan boshqa moddiy-texnika vositalari. 
Fuqaro muhofazasi tadbirlarini ta`minlash uchun davlat hokimiyati 
va boshqaruv organlari, tashkilotlar tomonidan fuqaro muhofazasi mol-
mulki zaxiralari yaratiladi. 
Tashkilotlarning boshqaruv tarkibiy tuzilmalari va xo`jalik yuritish 
faoliyati shakllari o`zgargan taqdirda, ular zimmasida fuqaro muhofazasi 
ob`ektlari 
va 
mol-mulkidan 
belgilangan 
maqsadda 
foydalanish, 
shuningdek bunday ob`ektlar hamda mol-mulklarni hosil etish va to`plash 
topshiriqlari qolaveradi. 
Fuqaro muhofazasi ob`ektlarini barpo etish va mol-mulkidan 
foydalanish tartibi O`zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
O`zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV 
Toshkent shahri, 
2000 yil 26 may, 
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling