605
butun hududida harbiy holat joriy etiladi.
Oliy Bosh ko`mondonning vazifalari harbiy holat e`lon qilinishi
bilanoq O`zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklanadi. Uning
huzurida
Mudofaa Kengashi tuziladi, Kengash harbiy davrda Qurolli
Kuchlarga va xalq xo`jaligiga rahbarlik qiladi.
Harbiy holat tartibi qonunlar bilan belgilanadi.
15-modda. Safarbarlik
Urush holati e`lon qilinishi yoki harbiy holat
joriy etilishi bilanoq
Qurolli Kuchlarni safarbar etib joylarga tarqatish va iqtisodiyotni urush
davri ish tartibiga o`tkazish maqsadida umumiy
yoki qisman safarbarlik
e`lon qilinadi.
Safarbarlikni o`tkazish tartibi qonunlar bilan belgilanadi.
16-modda.Hududiy mudofaa
Hududiy mudofaa davlat chegaralarini, harbiy ob`ektlar va
inshootlarni dushman hujumidan himoya qilish, dushmanning desantchi va
qo`poruvchi
kuchlariga qarshi kurash, shuningdek harbiy holat tartibini
saqlab turish mahsadida tashkil etiladi va amalga oshiriladi.
Hududiy mudofaani ta`minlashga jalb
etilayotgan kuchlarning
vazifalari, ularni tashkil etish va hamkorlikda harakat qilish tartibi Qurolli
Kuchlarning safarbarlik rejasida belgilab qo`yiladi.
17-modda. Fuqarolar va mansabdor shaxslarning mudofaa
to`g’risidagi qonunlarni buzganlik uchun javobgarligi
Fuqarolar va mansabdor shaxslarning mudofaa to`g’risidagi
qonunlarni bajarmasligi amaldagi honunlarga muvofiq jinoiy, ma`muriy,
intizomiy javobgarlikka tortishga sabab bo`ladi.
O`zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992 yil 3 iyul,
641-XII-son
606
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING
QONUNI
Do'stlaringiz bilan baham: